Get Mystery Box with random crypto!

Ushbu logoni narxi 100 000 so'm. Bu logoni 2019-yilda chizgand | Madina Mavlonova blogi

Ushbu logoni narxi 100 000 so'm. Bu logoni 2019-yilda chizgandim. O'sha paytda grafik dasturlarni mustaqil onlayn platformalardan o'rganib yurardim. Shu logo o'tganidan keyin, mijoz meni doimiy ishga taklif qilgan edi. Bu mening shahardagi birinchi ish joyim bo'lgan. Uydagilarim shaharda ishlashimga qarshi edilar, chunki uyim ish joyimdan deyarli 40km uzoqlikda edi, va ishga qatnashga har kuni 5 soat vaqt ketar edi.

Aynan shu ishim o'tganidan keyin va meni suhbatga chaqirishganidan keyin uydagilarni rozi qila olgandim. Shu bilan dizayn olamiga chuqurroq kirishimga yo'l ochilgan.

Meni ishga qabul qilishganida dizayn sohasini yaxshi tushunmasdim, qo'limdan keladigani grafik dasturlarni bilishim va o'z ustimda ishlashga tayyorligim edi. Aynan shu sabab ishga qabul qilishgan.