Get Mystery Box with random crypto!

#shaxsiy #fikr Xullas sizga negativ taʼsir qiladigan xabarlar | Madina Mavlonova blogi

#shaxsiy #fikr

Xullas sizga negativ taʼsir qiladigan xabarlarni, yangiliklarni koʻrishni kamaytiring yoki umuman toʻxtating. Baxtsiz hodisalar, axlat maʼlumotlar, qandaydir jinoyatlar, kimdir boshqa kimdirni oʻldirib ketgan xabarlar, umuman olganda barcha shu kabi xabarlarni koʻrishni iloji boʻlsa toʻxtating!

Bunaqa baxtsizliklarning oxiri yoʻq, hammasini koʻrib chiqaversangiz kuni boʻyi kayfiyatingiz buzilgani qoladi. Muhim ishlaringizga diqqatingizni qarata olmay qolasiz.

Shunchaki bilingki dunyoda baxtsiz hodisalar boʻlmoqda va oʻzingizga shuningdek yaqinlaringizga ehtiyot boʻlib ularni asrang.