Get Mystery Box with random crypto!

Sherzod Mustafakulov

Telegram kanalining logotibi kurector — Sherzod Mustafakulov S
Telegram kanalining logotibi kurector — Sherzod Mustafakulov
Kanal manzili: @kurector
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 530
Kanalning ta’rifi

Qo'qon universiteti rektorining rasmiy sahifasi
Rektor qabulxonasi: @rektorqabulibot

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-04 15:26:14
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида мамлакатимиз ҳаёти учун муҳим масала - давлат хизматини ислоҳ қилиш бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказилмоқда

Айни пайтда давлат хизматида ёш кадрлар, яъни 40 ёшгача бўлган ходимлар улуши 61 фоизга етди (илгари 37 фоиз бўлган).

“Лекин, ҳали давлат хизмати чинакам халқни рози қиладиган тизимга айлангани йўқ”, деди Президент.

1 ноябрдан:

эски намунадаги “объективка”дан воз кечилиб, илғор IT-технологиялар асосида ходимнинг малакаси ва салоҳияти, эришган натижаларини баҳолайдиган тизимга ўтилади;

ходимни баҳолашда қайси олийгоҳни битиргани ёки қаерда ишлагани эмас, қандай билим-тажрибага эгалиги ва кўрсатган натижалари асосий мезон бўлиши шарт.

"Оддий қилиб айтганда, раҳбарликка таcодифан келиб қолишнинг олди олинади", деди Президент.

@KUrector
171 views12:26
Ochish/sharhlash
2022-08-03 16:23:35 Qo‘qon universitetida o‘tgan 2021-2022 o‘quv yili davomida ilmiy salohiyat va ta’lim sifatini oshirish, innovatsiyalarni keng tatbiq etish, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash, o‘quv jarayonini ish beruvchi talablariga moslashtirish hamda talabalarning o‘z ustida ishlashi uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘qon universiteti jamoasining erishgan yutuqlari;
istiqbolli xalqaro hamkorlik aloqalari;
ilmiy-akademik salohiyat ko‘rsatkichlari;
nufuzli delegatsiyalarning muhim tashriflari;
yoshlar ta’lim-tarbiyasi yo‘lidagi ibratli tashabbuslar - universitetda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bilan ushbu videolavha orqali tanishish mumkin




624 views13:23
Ochish/sharhlash
2022-08-03 16:23:23
Qo‘qon universitetining 2021-2022 o‘quv yilidagi faoliyati sarhisobi va yangi o‘quv yilida jamoa oldida turgan vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi

Yig‘ilishda Farg‘ona viloyat va Qo‘qon shahar hokimliklari, shahar sektorlari boshliqlari, viloyat va shahar Maktabgacha ta'lim va Xalq ta'limi boshqarma hamda bo‘limlari vakillari, ta'lim muassasalari rahbarlari, shahar nuroniylari va ziyolilari keng jamoatchilik, universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirok etdilar.

Qo‘qon universiteti rektori Sherzod Mustafakulov o‘tgan 2021-2022 o‘quv yili davomida ilmiy salohiyat va ta’lim sifatini oshirish, modernizatsiyalash, innovatsiyalarni keng tatbiq etish, ta’limni ishlab chiqarish bilan integratsiyalash, o‘quv jarayonini ish beruvchi talablariga moslashtirish hamda talabalarning o‘z ustida ishlashi uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilganini ta'kidladi.

Batafsil https://bit.ly/3zrbzah
608 views13:23
Ochish/sharhlash
2022-07-27 12:29:48
Insubriya universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi

Qo‘qon universitetining faxriy professori, Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev va Italiyaning Insubriya universiteti professorlari hamda Xalqaro Nordik universiteti vakili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar uchun manfaatli strategik masalalar, hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma'lumot almashildi. Mehmonlar turizm va ipakchilik sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi bo‘yicha Italiya katta tajribaga ega ekanligi, bu boradagi hamkorlik yaxshi samara berishini aytib o‘tdilar.

Qo‘qon universiteti, Xalqaro Nordik universiteti va Insubriya universiteti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanib, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajribalar almashish va tadqiqotlar olib borish, ta'limni integratsiyalashga e'tibor qaratishga kelishildi.

Ma’lumot o‘rnida, Insubriya universiteti xalqaro THE - Times Higher Education reytingida TOP-500 talikdan o‘rin olgan.

@KUrector
515 views09:29
Ochish/sharhlash
2022-07-25 06:07:43
O‘zbekistonning hamkorlik istiqbollari: yangi ma'lumotlar va xalqaro bilimlar dayjesti

"Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar" dayjestini yaratishda muallif-ustozlarimiz O‘zbekistonda qulay, shaffof va konstruktiv ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni faollashtirish va shu orqali aholi turmush farovonligiga hissa qo‘shuvchi mutaxassis-kadrlar tayyorlashni maqsad qilib olishgan.

Dayjestda
xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kelishi, rivojlanish tendensiyalari hamda genezisi bosqichlari;
tashkilotlarning zamonaviy klassifikatsiyasi va jahon xo‘jaligi aloqalarining rivojlanishidagi ahamiyati;
O‘zbekistonning yuzlab davlat va nodavlat tashkilotlar, klublar va kengashlar bilan hamkorlik istiqbollari xususida ma'lumot va bilimlar jamlangan.

Kitobni o‘qish orqali jahon xo‘jaligi aloqalarida xalqaro institutsional jamiyatlarning tutgan o‘rni, biznes ishini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz.

@KUrector
3.1K viewsedited  03:07
Ochish/sharhlash
2022-07-21 06:29:09 #tavsiya

"Xalq so‘zi" gazetasining 21-iyul kungi 154-soni bilan tanishing.

@KUrector
508 views03:29
Ochish/sharhlash
2022-07-21 06:25:23
#Finlyandiyaga_raqamli_tur

"O‘zbekiston - Finlyandiya: ta'limdagi hamkorlik va ilg‘or tajribalar sabog‘i"

O‘zbekistonda ta'lim tizimini isloh qilishda Finlyandiyadek ilg‘or davlatlarning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish qanday ahamiyatga ega?

O‘zbekiston sharoitida fin tajribasini qanday qo‘llash mumkin?

Finlyandiya o‘qituvchilaridan nimalarni o‘rganish zarur?

O‘zbekistonda klaster istiqbollari nimalarda namoyon bo‘lmoqda?


Qo‘qon universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulovning "Xalq so‘zi" gazetasida 21-iyul kungi sonda nashr etilgan "Nuqtai nazar" ruknidagi maqolasida ushbu dolzarb savollarga ilmiy yechimlar berilgan.

Maqolani o‘qish orqali iqtisodiy, ijtimoiy va ta'lim islohotlari bilan o‘ziga xos fin modeliga ega davlatga raqamli sayohat qilish mumkin.

@KUrector
3.3K views03:25
Ochish/sharhlash
2022-07-19 12:56:33 #Қонунчиликдаги_янгиликлар

Хотин-қизларга таълим кредити 14 фоиз ставкада ажратилади

“Олий, ўрта махсус ва профессионал таълим ташкилотларида хотин-қизларнинг таълим олишларини қўллаб-қувватлашга доир чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ–323-сон, 18.07.2022 й.) қабул қилинди

Қонунчиликка кўра, 2022/2023 ўқув йилидан республикадаги барча хусусий, хорижий ва давлат олий, ўрта махсус ва профессионал таълим ташкилотларида кундузги, сиртқи ва кечки таълим шаклида хотин-қизларнинг тўлов-контракт асосида таҳсил олиши учун имтиёзли шартларда таълим кредитларини молиялаштириш мақсадида банкларга Давлат бюджетидан маблағ ажратишнинг янги тизими жорий этилган.

Қарорга кўра:

таълим кредитлари 14 фоиз ставкада ажратилади;
таълим кредитининг асосий қисми талабанинг расмий ўқиш муддати тугагандан сўнг еттинчи ойдан бошлаб 7 йил давомида қайтарилади;
таълим кредитини расмийлаштиришда ва унинг қайтарилишида талабанинг доимий даромад манбаига эга бўлган оила аъзолари ва бошқа учинчи шахс биргаликда қарз олувчи сифатида қатнашишига рухсат этилади;
“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри”га кирган оилаларнинг хотин-қизларига ажратиладиган таълим кредитлари учун гаров ва кафилликлар талаб этилмайди.

Таълим кредити бўйича фоиз ставкалари Таълим кредитини молиялаштириш жамғармаси томонидан сўндирилади.

@KUrector
3.4K views09:56
Ochish/sharhlash
2022-07-13 19:59:52
Qo‘qon shahrida umumxalq referendumiga uyushqoqlik bilan tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Qo‘qon universiteti binosida namunali referendum uchastkasi tashkil etildi. Markaziy saylov komissiyasi kotibiyati tavsiyalari asosida uchastka zarur vositalar bilan jihozlandi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov Farg‘ona viloyati va Qo‘qon shahri referendum okruglari mas'ullari hamrohligida Qo‘qon universitetiga tashrif buyurdi.

Batafsil https://bit.ly/3uGbttR
595 views16:59
Ochish/sharhlash