Get Mystery Box with random crypto!

Insubriya universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi Qo‘qon univ | Sherzod Mustafakulov

Insubriya universiteti bilan hamkorlik o‘rnatildi

Qo‘qon universitetining faxriy professori, Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsuli Alisher Jo‘rayev va Italiyaning Insubriya universiteti professorlari hamda Xalqaro Nordik universiteti vakili o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar uchun manfaatli strategik masalalar, hamkorlik yo‘nalishlari haqida ma'lumot almashildi. Mehmonlar turizm va ipakchilik sohasida ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi bo‘yicha Italiya katta tajribaga ega ekanligi, bu boradagi hamkorlik yaxshi samara berishini aytib o‘tdilar.

Qo‘qon universiteti, Xalqaro Nordik universiteti va Insubriya universiteti o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanib, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajribalar almashish va tadqiqotlar olib borish, ta'limni integratsiyalashga e'tibor qaratishga kelishildi.

Ma’lumot o‘rnida, Insubriya universiteti xalqaro THE - Times Higher Education reytingida TOP-500 talikdan o‘rin olgan.

@KUrector