Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonning hamkorlik istiqbollari: yangi ma'lumotlar va x | Sherzod Mustafakulov

O‘zbekistonning hamkorlik istiqbollari: yangi ma'lumotlar va xalqaro bilimlar dayjesti

"Xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlar" dayjestini yaratishda muallif-ustozlarimiz O‘zbekistonda qulay, shaffof va konstruktiv ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish, iqtisodiy islohotlarni faollashtirish va shu orqali aholi turmush farovonligiga hissa qo‘shuvchi mutaxassis-kadrlar tayyorlashni maqsad qilib olishgan.

Dayjestda
xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning vujudga kelishi, rivojlanish tendensiyalari hamda genezisi bosqichlari;
tashkilotlarning zamonaviy klassifikatsiyasi va jahon xo‘jaligi aloqalarining rivojlanishidagi ahamiyati;
O‘zbekistonning yuzlab davlat va nodavlat tashkilotlar, klublar va kengashlar bilan hamkorlik istiqbollari xususida ma'lumot va bilimlar jamlangan.

Kitobni o‘qish orqali jahon xo‘jaligi aloqalarida xalqaro institutsional jamiyatlarning tutgan o‘rni, biznes ishini tartibga soluvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘lasiz.

@KUrector