Get Mystery Box with random crypto!

KIUT | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi kiut_official — KIUT | Rasmiy kanal K
Telegram kanalining logotibi kiut_official — KIUT | Rasmiy kanal
Kanal manzili: @kiut_official
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 35.06K
Kanalning ta’rifi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining Telegramdagi rasmiy sahifasi
The official Telegram channel of Kimyo International University in Tashkent
👉 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: http://myurls.co/kiutuz
📞 78 129 40 40
🌐 www.kiut.uz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2024-05-22 16:14:59
Жорий йилнинг 21 май куни Тошкент Кимё халқаро университетида «Маърифат улашиб» лойиҳаси доирасида Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими, «Шуҳрат» медали соҳиби, адиб, драматург, сценарийнавис ва таржимон Абдуқаюм Йўлдошев билан ижодий учрашув бўлиб ўтди. Худди шундай учрашув Тошкент вилояти Бекобод шаҳридаги 16-сонли умумтаълим мактабида ҳам бўлиб, унда шу ҳудуддан Университетга бириктирилган турли мактаб ва маҳаллалардан вакиллар иштирок этдилар. Учрашувда Университет «Талабалар театр студияси» ижрочилари томонидан намойиш этилган саҳна кўриниши иштирокчилар томонидан илиқ кутиб олинди. Шунингдек, тадбир таассуротларга бой самимий бўлиб тадбирда ўқувчилар, талаба ёшлар ва ота-оналар ўзларини қизиқтирган саволларига жавоб олдилар.

Учрашув якунида адиб Абдуқаюм Йўлдошев томонидан Университет раҳбариятига самимий тилаклар билдирилган китоби эсдалик учун тақдим этилди.
6.8K views13:14
Ochish/sharhlash
2024-05-20 14:43:27
Hurmatli talabalar va ustozlar,

Joriy yilning 21-may kuni soat 15:00da “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, taniqli adiblar bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtadi.

Loyiha mehmonlari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Shuhrat” medali sohibi, adib, dramaturg, ssenariynavis va tarjimon Abduqayum Yoʻldoshev, “Oʻzbekiston Respublikasi Teatr Arboblari” uyushmasi aʼzosi “Yosh ijodkorlar bilan ishlash” boʻlimi mutaxassisi Boburbek Hamroyev.

Barchangizni kutib qolamiz!
7.6K views11:43
Ochish/sharhlash
2024-05-20 07:13:22
George Fox Universiteti (AQSh) va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 15 may kuni George Fox Universiteti (AQSh) va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi oʻzaro aloqalarning yangi bosqichini boshlab berdi.
Bu hamkorlik oʻtgan yil may oyida universitet rahbariyatining Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrifi davomida muhokama qilingan edi.

Onlayn hujjat topshirish:

Bakalavriyat| Magistratura

+99878 129-40-40

Sayt|Telegram |Facebook |Instagram

Reklama
8.2K views04:13
Ochish/sharhlash
2024-05-19 15:23:23
Janubiy Koreya va Oʻzbekiston madaniyatiga bagʻishlangan festival boʻlib oʻtdi (17/05/2024)

Tadbirning eng muhim qismlaridan biri, Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti va Koreya madaniyati va san’ati markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangani boʻldi. Ushbu memorandum ikki tashkilot oʻrtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan.

Tadbirda TKXU rektori v.b. prof. Karimjon Axmedjanov tomonidan Madaniyat va Ilmiy tadqiqotlar Institutining raisi, janob Ra Jong Okga universitet faxriy professori unvoni topshirildi.

Batafsil: www.kiut.uz
9.4K views12:23
Ochish/sharhlash
2024-05-16 14:48:19
Janubiy Koreyada o'qishni rejalashtirayotkan abiturient va talabalarimiz diqqatiga!

TOPIK imtihoniga ro'yxatdan o'ta olmadingiz,ammo TOPIK I darajada bilimingiz bormi? Kuzgi semesterdan Koreyada o'qishni davom ettirmoqchisiz, ammo hali til bilish sertifikati yo'qmi? Sizlar uchun yaxshi imkoniyat!

UNDA BU GURUH AYNAN SIZ UCHUN!

Sejong Koreys tili markazi o'zining til kurslariga qabulni boshladi.

Bu yerda siz nafaqat malakali ustozlar bilan TOPIK imthonlarizga tayyorlanasiz xatto kursni tugatgach semester oxirida  Janubiy Koreyaning elchixonasi tomonidan tan olingan til kursini tamomlaganlik haqida sertifikatga ham ega bo'lasiz!

Darslar: Har bir daraja uchun xaftada 3 kun 3 soatdan intensiv o'tiladi.

Batafsil ma’lumot hamda kursga yozilish uchun murojaat qiling:

 +998 94 060 11 88
+998 95 341  40 40
       +998 95 478 40 40
6.3K viewsedited  11:48
Ochish/sharhlash
2024-05-15 19:20:21
George Fox Universiteti (AQSh) va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Joriy yilning 15 may kuni George Fox Universiteti(AQSh) va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi oʻzaro aloqalarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Bu hamkorlik oʻtgan yil may oyida universitet rahbariyatining Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrifi davomida muhokama qilingan edi.

Batafsil: www.kiut.uz
8.4K views16:20
Ochish/sharhlash
2024-05-15 16:06:42
#MuhandisD
#USA

TKXU muhandislik yoʻnalishi ustozlari tomonidan ochiq dars tashkil etilgan boʻlib, unda AQSHdan tashrif buyurgan muhandis professorlar ishtirok etdilar.

Maqsad, Amerikalik ustozlarga TKXUda qoʻllanilayotgan oʻqitish metodlari va texnik imkoniyatlarni namoyish etishdan iborat boʻldi.

Darslar davomida, mehmon professorlar TKXUning laboratoriyalari va taʼlim muassasalarini koʻzdan kechirdilar, shuningdek, ular oʻzlarining ilmiy va pedagogik tajribalari bilan ham oʻrtoqlashdilar.

Batafsil : www.kiut.uz
7.5K views13:06
Ochish/sharhlash
2024-05-10 09:57:32 #Қувноқлар ва зукколар

Тошкент Кимё халқаро университети "Бизнес ва молия мактаби" 2-3 курс талабалари диққатига!


Жорий йилнинг 15 май куни Университет «Банкларда риск менежменти» ва «Банк иши» фанлари бўйича Қувноқлар ва зукколар беллашувини эълон қилади.

Қувноқлар ва зукколар беллашувида иштирок этиш учун талабалар 5-6 кишилик гуруҳ тузиб, 2024 йил 13 май соат 17-00 гача «Банк иши ва бухгалтерия ҳисоби» кафедрасида (Абдураҳмонов Хусанга мурожаат қилинг, тел.:99/848-51-84) рўйхатдан ўтишингиз керак бўлади.

Қувноқлар ва зукколар беллашуви тасдиқланган дастур асосида ўтказилади (эълонга илова қилинади).

Қувноқлар ва зукколар беллашуви ғолиблари совғалар билан бирга:

1-ўрин ғолиблари тегишли фанлардан якуний имтиҳонлардан озод қилинади;
2-ўрин ғолибларига тегишли фанлардан жорий назоратда йиққан баллига қўшимча 15 баллгача қўшиб берилади.
3-ўрин ғолибларига тегишли фанлардан жорий назоратда йиққан баллига қўшимча 10 баллгача қўшиб берилади.

www.kiut.uz
13.4K views06:57
Ochish/sharhlash
2024-04-15 16:13:00 ​​ Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar!

Barchangizni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida boʻlib oʻtadigan Ochiq eshiklar kuniga taklif qilamiz.

Sana: 20.04.2024

Kun dasturi:

10:00 — Tadbir boshlanishi. Universitetda mavjud yoʻnalishlar bilan tanishib chiqish, qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati;
11:00 — Universitet haqida taqdimot (universitet oʻquv binolari, laboratoriyalarga sayohat);
12:00 — “Rangtasvir” va “Robototexnika” yoʻnalishlari haqida talabalar tomonidan taqdimotlar;
13:00 — “Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari tomonidan ijodiy ishlar koʻrgazmasi;
14:00 — “Tarjimashunoslik” va “Koreys tili filologiyasi” yoʻnalishi talabalari tomonidan sahna koʻrinishlar taqdim etiladi;
15:00 — Mahsus foto-zonalarda va foyeda birgalikda esdalik uchun rasmlarga tushish;

Ochiq eshiklar kunida abituriyentlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

- Kerakli hujjatlarini olib kelgan abituriyentlar tashkil etilgan sayyor qabul xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar;
- Хorijiy hamkor oliygohlarda ta’lim olash va 3+1 va 2+2 dasturlari boʻyicha masʼullardan toʻliq maʼlumot olish;
- Tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha savollarga yoʻnalish rahbarlaridan javob olish;
- Magistratura bosqichida mavjud yoʻnalishlar va qabul jarayonlari bilan tanishib chiqish.

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 156-uy, 100121.
12.8K views13:13
Ochish/sharhlash
2024-04-09 19:48:55
Aziz yurtdoshlar!

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti jamoasi nomidan ezgulik va mehr-oqibat ayyomi – muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbimizdan muborakbot etamiz.

Barchamizga Allohga mahbub bandalar qatorida turishlik, qalbimizni faqat ilm-maʼrifat nuri bilan toʻldirish, buyuk ajdodlarimizga munosib avlod boʻlishlik nasib qilsin.

Ramazon Hayit muborak boʻlsin!
——
Dear compatriots!

On behalf of the team of Kimyo International University in Tashkent, we sincerely congratulate you on the holiday of Ramadan-Khayit.

May the Almighty fill your soul with humility, and your heart with the light of enlightenment. May God grant to be worthy descendants of our great ancestors.

Happy Ramadan Hayit!
24.1K views16:48
Ochish/sharhlash