Get Mystery Box with random crypto!

#admission2024 Hurmatli abituriyentlar! Endi siz Toshkent Ki | KIUT | Rasmiy kanal

#admission2024

Hurmatli abituriyentlar!

Endi siz Toshkent Kimyo xalqaro universitetiga kelib (offline) hujjat topshirishingiz mumkin
.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 2024-2025 oʻquv yili uchun offline qabul jarayonlarini boshlaganini mamnuniyat bilan eʼlon qiladi.

Universitetimizda yuqori sifatli taʼlim olishni istagan barcha yoshlarni qabul qilishga tayyormiz.

Qabul vaqti: Dushanba— Juma, 10:00 dan 17:00 gacha

Manzilimiz: Toshkent shahri, Shota Rustaveli koʻchasi, 156-uy. (Moʻljal janubiy vokzal)

Kerakli hujjatlar:

Pasport nusxasi (rangli);
Litsey yoki kollej diplomi/umumiy oʻrta taʼlim maktabi attestati (rangli);
Elektron fotosurat (3,5 sm×4,5 sm) – oxirgi 3 oy ichida tushirilgan;
Agar mavjud boʻlsa, chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi IELTS — 5.5/ CEFR — B1/ DuoLingo — 85/ TOEFL — 58/ TOPIK – 3/ TOMER va yuqori natijali rasmiy til bilish sertifikat nusxasi (rangli).

Qo'shimcha ma'lumot uchun:

Telefon: +998 78 129 40 40 (ichki raqam 1)

www.kiut.uz