Get Mystery Box with random crypto!

KIUT | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi kiut_official — KIUT | Rasmiy kanal K
Kanaldagi mavzular:
Usa
Muhandisd
Telegram kanalining logotibi kiut_official — KIUT | Rasmiy kanal
Kanaldagi mavzular:
Usa
Muhandisd
Kanal manzili: @kiut_official
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 33.08K
Kanalning ta’rifi

Toshkent Kimyo Xalqaro Universitetining Telegramdagi rasmiy sahifasi
The official Telegram channel of Kimyo International University in Tashkent
👉 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz: http://myurls.co/kiutuz
📞 78 129 40 40
🌐 www.kiut.uz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2024-05-16 14:48:19
Janubiy Koreyada o'qishni rejalashtirayotkan abiturient va talabalarimiz diqqatiga!

TOPIK imtihoniga ro'yxatdan o'ta olmadingiz,ammo TOPIK I darajada bilimingiz bormi? Kuzgi semesterdan Koreyada o'qishni davom ettirmoqchisiz, ammo hali til bilish sertifikati yo'qmi? Sizlar uchun yaxshi imkoniyat!

UNDA BU GURUH AYNAN SIZ UCHUN!

Sejong Koreys tili markazi o'zining til kurslariga qabulni boshladi.

Bu yerda siz nafaqat malakali ustozlar bilan TOPIK imthonlarizga tayyorlanasiz xatto kursni tugatgach semester oxirida  Janubiy Koreyaning elchixonasi tomonidan tan olingan til kursini tamomlaganlik haqida sertifikatga ham ega bo'lasiz!

Darslar: Har bir daraja uchun xaftada 3 kun 3 soatdan intensiv o'tiladi.

Batafsil ma’lumot hamda kursga yozilish uchun murojaat qiling:

 +998 94 060 11 88
+998 95 341  40 40
       +998 95 478 40 40
6.3K viewsedited  11:48
Ochish/sharhlash
2024-05-15 19:20:21
George Fox Universiteti (AQSh) va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Joriy yilning 15 may kuni George Fox Universiteti(AQSh) va Toshkent Kimyo xalqaro universiteti oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumi oʻzaro aloqalarning yangi bosqichini boshlab berdi.

Bu hamkorlik oʻtgan yil may oyida universitet rahbariyatining Amerika Qoʻshma Shtatlariga tashrifi davomida muhokama qilingan edi.

Batafsil: www.kiut.uz
8.4K views16:20
Ochish/sharhlash
2024-05-15 16:06:42
#MuhandisD
#USA

TKXU muhandislik yoʻnalishi ustozlari tomonidan ochiq dars tashkil etilgan boʻlib, unda AQSHdan tashrif buyurgan muhandis professorlar ishtirok etdilar.

Maqsad, Amerikalik ustozlarga TKXUda qoʻllanilayotgan oʻqitish metodlari va texnik imkoniyatlarni namoyish etishdan iborat boʻldi.

Darslar davomida, mehmon professorlar TKXUning laboratoriyalari va taʼlim muassasalarini koʻzdan kechirdilar, shuningdek, ular oʻzlarining ilmiy va pedagogik tajribalari bilan ham oʻrtoqlashdilar.

Batafsil : www.kiut.uz
7.5K views13:06
Ochish/sharhlash
2024-05-10 09:57:32 #Қувноқлар ва зукколар

Тошкент Кимё халқаро университети "Бизнес ва молия мактаби" 2-3 курс талабалари диққатига!


Жорий йилнинг 15 май куни Университет «Банкларда риск менежменти» ва «Банк иши» фанлари бўйича Қувноқлар ва зукколар беллашувини эълон қилади.

Қувноқлар ва зукколар беллашувида иштирок этиш учун талабалар 5-6 кишилик гуруҳ тузиб, 2024 йил 13 май соат 17-00 гача «Банк иши ва бухгалтерия ҳисоби» кафедрасида (Абдураҳмонов Хусанга мурожаат қилинг, тел.:99/848-51-84) рўйхатдан ўтишингиз керак бўлади.

Қувноқлар ва зукколар беллашуви тасдиқланган дастур асосида ўтказилади (эълонга илова қилинади).

Қувноқлар ва зукколар беллашуви ғолиблари совғалар билан бирга:

1-ўрин ғолиблари тегишли фанлардан якуний имтиҳонлардан озод қилинади;
2-ўрин ғолибларига тегишли фанлардан жорий назоратда йиққан баллига қўшимча 15 баллгача қўшиб берилади.
3-ўрин ғолибларига тегишли фанлардан жорий назоратда йиққан баллига қўшимча 10 баллгача қўшиб берилади.

www.kiut.uz
13.4K views06:57
Ochish/sharhlash
2024-04-15 16:13:00 ​​ Hurmatli ota-onalar va abituriyentlar!

Barchangizni Toshkent Kimyo xalqaro universitetida boʻlib oʻtadigan Ochiq eshiklar kuniga taklif qilamiz.

Sana: 20.04.2024

Kun dasturi:

10:00 — Tadbir boshlanishi. Universitetda mavjud yoʻnalishlar bilan tanishib chiqish, qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati;
11:00 — Universitet haqida taqdimot (universitet oʻquv binolari, laboratoriyalarga sayohat);
12:00 — “Rangtasvir” va “Robototexnika” yoʻnalishlari haqida talabalar tomonidan taqdimotlar;
13:00 — “Liboslar dizayni” yoʻnalishi talabalari tomonidan ijodiy ishlar koʻrgazmasi;
14:00 — “Tarjimashunoslik” va “Koreys tili filologiyasi” yoʻnalishi talabalari tomonidan sahna koʻrinishlar taqdim etiladi;
15:00 — Mahsus foto-zonalarda va foyeda birgalikda esdalik uchun rasmlarga tushish;

Ochiq eshiklar kunida abituriyentlar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

- Kerakli hujjatlarini olib kelgan abituriyentlar tashkil etilgan sayyor qabul xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladilar;
- Хorijiy hamkor oliygohlarda ta’lim olash va 3+1 va 2+2 dasturlari boʻyicha masʼullardan toʻliq maʼlumot olish;
- Tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha savollarga yoʻnalish rahbarlaridan javob olish;
- Magistratura bosqichida mavjud yoʻnalishlar va qabul jarayonlari bilan tanishib chiqish.

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli koʻchasi, 156-uy, 100121.
12.8K views13:13
Ochish/sharhlash
2024-04-09 19:48:55
Aziz yurtdoshlar!

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti jamoasi nomidan ezgulik va mehr-oqibat ayyomi – muborak Ramazon Hayiti bilan chin qalbimizdan muborakbot etamiz.

Barchamizga Allohga mahbub bandalar qatorida turishlik, qalbimizni faqat ilm-maʼrifat nuri bilan toʻldirish, buyuk ajdodlarimizga munosib avlod boʻlishlik nasib qilsin.

Ramazon Hayit muborak boʻlsin!
——
Dear compatriots!

On behalf of the team of Kimyo International University in Tashkent, we sincerely congratulate you on the holiday of Ramadan-Khayit.

May the Almighty fill your soul with humility, and your heart with the light of enlightenment. May God grant to be worthy descendants of our great ancestors.

Happy Ramadan Hayit!
24.1K views16:48
Ochish/sharhlash
2024-04-05 14:34:23
#ilmiy darajalar
#PhD

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda navbatdagi himoyalar oʻtkazildi.

На Ученом совете по присуждению ученых степеней при Ташкентском международном университете Кимё состоялись очередные диссертационные защиты.

Regular dissertation defenses were held at the Academic Council for Awarding Academic Degrees at Kimyo International University Tashkent.

www.kiut.uz
17.3K views11:34
Ochish/sharhlash
2024-04-05 08:58:15
13.0K views05:58
Ochish/sharhlash
2024-04-04 14:24:56


Janubiy Koreyadagi hamkor universitetlarimizda grant yoki stipendiya asosida tahsil olish uchun nima qilish kerak?

TKXUning hamkor universitetlari vakillari qoʻshma dastur asosida taʼlim olish istagida boʻlgan talabalarga hujjat topshirish jarayonidan tortib, grant olish imkoniyatlari boʻyicha toʻliq maʼlumot berishdi.
—-
What do I need to do to study at our partner universities in South Korea on a grant or a scholarship?

Representatives of KIUT partner universities provided students wishing to study in the joint programs with detailed information - from the application process to the possibility of receiving grants.

/ / : www.kiut.uz
12.6K views11:24
Ochish/sharhlash
2024-04-04 11:28:56
#conference

2024 йил 18 апрель куни Тошкент Кимё халқаро университети томонидан «Тил ва таржима масалалари» мавзусида халқаро илмий-амалий анжуман конференцияси ўтказилади.
—-
Kimyo International University in Tashkent plans to hold an international scientific-practical conference on "Issues of language and translation" on April 18, 2024.
—-
18 апреля 2024 года в Ташкентском международном университете Кимё планируется проведение международной научно-практической конференции на тему «Вопросы языка и перевода».

Подробнее: https://kiut.uz/ru/novosti/til-va-tarzhima-masalalari/
13.5K viewsedited  08:28
Ochish/sharhlash