Get Mystery Box with random crypto!

🌼Kİtapçi_Kİz🌻

Telegram kanalining logotibi kitapchi_kiz — 🌼Kİtapçi_Kİz🌻 K
Telegram kanalining logotibi kitapchi_kiz — 🌼Kİtapçi_Kİz🌻
Kanal manzili: @kitapchi_kiz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 339
Kanalning ta’rifi

Menda adabiyotga qiziqish yoʻq,meni oʻzim adabiyotman🌼🌻
Papatyalari çok severim...Papatya alar odamlari daha çok sevdim🌼🌻
#Moychechak...🌼
#Kungaboqar🌻
#Kitoblar...📚
#Arğimchoq..
Yaratildi 5.06.2020

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-08 19:19:09 Taqdir ...shu sòzni yomon koraman
245 viewsFarzona , 16:19
Ochish/sharhlash
2022-08-08 17:31:18 Buni korib yiglamaslikni iloji yòq
258 viewsFarzona , 14:31
Ochish/sharhlash
2022-08-08 17:30:47 Nelarni ko'rmaydi bu bosh, eh...
254 viewsFarzona , 14:30
Ochish/sharhlash
2022-08-08 12:41:15
271 viewsFarzona , 09:41
Ochish/sharhlash
2022-08-07 19:29:21 Men bolalikdan bir ahmoqona harakterim bor hozir òylasam 1yildan beri bu ishni qilmay qoyibman ...Qanday ish ekan deb òylayotganlarga aytaman...Jahlim chiqqanda yoki siqilib qolsam xonamni tòzg'itib tashlardim hamma narsalarni otib tashlardim umuman olganda xonamni ag'dar tòntar qilib bir baqirib yig'lab olardim keyin tozalash ishlari bilan shugillanardim xonadagi narsalarni joylashgan òrnini ozgartirardim ...Shu bilan ancha yengillardim ... Sizga ham maslahat beraman ancha ichingizdagi alammi g'ubormi chiqib ketadi
#sizda_qanday_ahmoqona_odatlar_bor
298 viewsFarzona , edited  16:29
Ochish/sharhlash
2022-08-07 19:21:28
#bookmark
287 viewsFarzona , 16:21
Ochish/sharhlash
2022-08-07 17:36:50 Uyimizda, mahallamizda, boringki butun boshli qishlog‘imizda mening yirtiq shimim yo shu kabi ''qiyqiriq'' kiyimlarimga shu qadar ta'qiq va tajovuzkorona nigohlar qaratilganki, bu kiyimlarim men uchun isyon yo o‘zimga erkinlik e'lon qilgan kunimning ramziga aylanib qolgan. ))
Shunaqa vaqt keladiki, qondirilmagan istaklarim kosasi to‘lib portlashga yaqin qolganimni his qilaman. Ana shunda bir kunni erk kuniga aylantiraman. Bu kunda atrofdagilarning gapi, fikri, qilayotgan ishimning ertasi, natijasi sariq chaqalik ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Faqat lahzalarni o‘ylayman, o‘sha lahzada yashayman. Kechasiz va ertasiz! Istalgan kiyimimni kiyishim, istagan joyimga borishim, dietamni maksimal darajada buzib ovqatlanishim, klublarda soatlarcha o‘ynashim yoki parkda salqin joyda maysalarga yonboshlab qo‘shiq tinglab yotishim, tilanchilar yo lo‘lilar bilan suhbatlashib o‘tirishim mumkin bu kunda! Mazza xulas, cheklanmaganlik va o‘ylanmaganlik... Bular oddiy, ha, judayam oddiy narsalar aslida. Ammo men uchun boshqacha. ''Bunday qilib bo‘lmaydi'' degan tushunchalar bilan ulg‘aytirilganim uchundir balki. Ayni o‘sha erk lahzalarida bor alamlarim chiqib ketganday bo‘ladi. Xuddiki meni siqayotgan chegaralarga qarshi isyon qilib g‘alaba qozonganday his qilaman o‘zimni.
Avvallari bu ishimni oqimga qarshi tura olishim deb o‘zimdan g‘ururlanardim. Hozir o‘ylab qarasam kuchliligim emas, ojizligim ekan bu! Qachonki bir kunimmas har kunim erk kuni bo‘lolsa ana shu haqiqiy kuchli insonga, umuman insonga aylangan kunim bo‘larkan!!!
279 viewsFarzona , 14:36
Ochish/sharhlash
2022-08-07 17:34:13 Yozning salqin kechasida, uzumlar orasida, onamning rayhonlari hididan mast bo‘lgancha, charaqlab yotgan yulduzlarga termulib yotganimda qishloqda tug‘ilganimdan mamnunlik hissi ortadi!
Rohatbaxsh!
Qovunning shirasi bilan uxlab qolgan jiyaning,
oqshom suv sepilgandan keyin kezinadigan tuproq ifori,
oshxonaga qayerdan kirishni mo‘ljallayotgan o‘g‘ri mushuk,
qo‘shnining oqsoq kuchugini ora sira vovvullab qo‘yishi,
hammasi bir shirin, bir shirinkiii!
259 viewsFarzona , 14:34
Ochish/sharhlash
2022-08-07 10:07:57
Erka ohularin asraydi falak

290 viewsFarzona , 07:07
Ochish/sharhlash
2022-08-07 10:07:14
Sog'inganim yetkazdimi yel,
Pichirlab ketgandir erka qalbinga.
Armon tortqilaydi:
-Men tomonga kel,
Men esa shoshaman senli dardimga.

Shoshaman bemajol,balki,qon kechib,
O'zimdan tashqari, ruhda jon kechib.
Baxtli yashaymanmi, yo'qmi, bilmadim,
Baxtli ko'rinmoqqa qo'ydim ont ichib.

Qadamlar zalvori tortadi yelkam,
Hamma narsam bor-u, nimadir bir kam.
Har safar ichimdan nurayapmanu,
Qarshingda turaman vazmin, xotirjam.

Erka ohularin asraydi falak,
Zaminni nafosat tark etmaslikchun.
Mening mingta jonim bir shu deb halak,
Dardimda dardingni unutmaslikchun.

Armon tortqilaydi:
-Men tomonga kel,
Men hamon shoshyapman senli dardimga...

Durdona Bobomurodova

290 viewsFarzona , 07:07
Ochish/sharhlash