Get Mystery Box with random crypto!

Uyimizda, mahallamizda, boringki butun boshli qishlog‘imizda | 🌼Kİtapçi_Kİz🌻

Uyimizda, mahallamizda, boringki butun boshli qishlog‘imizda mening yirtiq shimim yo shu kabi ''qiyqiriq'' kiyimlarimga shu qadar ta'qiq va tajovuzkorona nigohlar qaratilganki, bu kiyimlarim men uchun isyon yo o‘zimga erkinlik e'lon qilgan kunimning ramziga aylanib qolgan. ))
Shunaqa vaqt keladiki, qondirilmagan istaklarim kosasi to‘lib portlashga yaqin qolganimni his qilaman. Ana shunda bir kunni erk kuniga aylantiraman. Bu kunda atrofdagilarning gapi, fikri, qilayotgan ishimning ertasi, natijasi sariq chaqalik ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Faqat lahzalarni o‘ylayman, o‘sha lahzada yashayman. Kechasiz va ertasiz! Istalgan kiyimimni kiyishim, istagan joyimga borishim, dietamni maksimal darajada buzib ovqatlanishim, klublarda soatlarcha o‘ynashim yoki parkda salqin joyda maysalarga yonboshlab qo‘shiq tinglab yotishim, tilanchilar yo lo‘lilar bilan suhbatlashib o‘tirishim mumkin bu kunda! Mazza xulas, cheklanmaganlik va o‘ylanmaganlik... Bular oddiy, ha, judayam oddiy narsalar aslida. Ammo men uchun boshqacha. ''Bunday qilib bo‘lmaydi'' degan tushunchalar bilan ulg‘aytirilganim uchundir balki. Ayni o‘sha erk lahzalarida bor alamlarim chiqib ketganday bo‘ladi. Xuddiki meni siqayotgan chegaralarga qarshi isyon qilib g‘alaba qozonganday his qilaman o‘zimni.
Avvallari bu ishimni oqimga qarshi tura olishim deb o‘zimdan g‘ururlanardim. Hozir o‘ylab qarasam kuchliligim emas, ojizligim ekan bu! Qachonki bir kunimmas har kunim erk kuni bo‘lolsa ana shu haqiqiy kuchli insonga, umuman insonga aylangan kunim bo‘larkan!!!