Get Mystery Box with random crypto!

Sog'inganim yetkazdimi yel, Pichirlab ketgandir erka qalbinga. | 🌼Kİtapçi_Kİz🌻

Sog'inganim yetkazdimi yel,
Pichirlab ketgandir erka qalbinga.
Armon tortqilaydi:
-Men tomonga kel,
Men esa shoshaman senli dardimga.

Shoshaman bemajol,balki,qon kechib,
O'zimdan tashqari, ruhda jon kechib.
Baxtli yashaymanmi, yo'qmi, bilmadim,
Baxtli ko'rinmoqqa qo'ydim ont ichib.

Qadamlar zalvori tortadi yelkam,
Hamma narsam bor-u, nimadir bir kam.
Har safar ichimdan nurayapmanu,
Qarshingda turaman vazmin, xotirjam.

Erka ohularin asraydi falak,
Zaminni nafosat tark etmaslikchun.
Mening mingta jonim bir shu deb halak,
Dardimda dardingni unutmaslikchun.

Armon tortqilaydi:
-Men tomonga kel,
Men hamon shoshyapman senli dardimga...

Durdona Bobomurodova