Get Mystery Box with random crypto!

🌼Kİtapçi_Kİz🌻

Telegram kanalining logotibi kitapchi_kiz — 🌼Kİtapçi_Kİz🌻 K
Telegram kanalining logotibi kitapchi_kiz — 🌼Kİtapçi_Kİz🌻
Kanal manzili: @kitapchi_kiz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 339
Kanalning ta’rifi

Menda adabiyotga qiziqish yoʻq,meni oʻzim adabiyotman🌼🌻
Papatyalari çok severim...Papatya alar odamlari daha çok sevdim🌼🌻
#Moychechak...🌼
#Kungaboqar🌻
#Kitoblar...📚
#Arğimchoq..
Yaratildi 5.06.2020

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-10 19:51:59 IERARXIYA

Butun dunyo ierarxiyaga qurilgan.
Litseyga kelganimda tuflimni qanday tozalashni o'rgatishdi?
Va xonamni qanday toza tutishni
Nafrat va haqorat bilan.
Go'yo xonam toza bo'lmasa
Yo toza bo'lmasa oyoq kiyimim
Inson sonidan chiqardim.
Shu bo'ldi oliy tarbiya,
Men hech o'rganmadim oyoq kiyim tozalashni.
Va umrbod o'rganmayman.
Poytaxtga borganimda yanada nariroq suril deyishdi
Qoloq, qishloqi odam,
Tilimizni tushinmaysan
Va mos emas bizga yurish- turishing
O'rgandim va xop urindim
Men mukammal odam.
Sozladim yurish-turishimni.
Lekin baribir ikkinchi odam.
Dunyoga chiqqanimda yanada nariroq surildim o'zim.
Endi menga kerakmas edi
Suril deydigani
Chunki ichimda sobit
Ichimda o'zidan uyaladigan odam.
Butun umr to'gri-noto'gri izlagan odam.
Olamni ierarxiyaga bo'lishdi
Va biladiganlar bo'ldi
Bilmaydigandan ustun.
Lekin biladigan nimani biladi,
Bilmaydiganchi?
Ayoldan erkak ustun,
Yoshdan qari ustun,
O'quvchidan o'qituvchi ustun.
Butun odam ustunlik qidiradi.
Gitlerni qarg'ab lekin
Odamlar ustunlik izlab yoqib yuboradi
Erkaklar ayol ruhini,
Kattalar kichik ruhini,
O'qituvchi o'quvchi ruhini.
Ustunlik izlab dindorlar riyokor dinsiz.
Ustunlik istab olam ierarxiyaga qurildi.
Qachondir mendan ustun bo'lgan onam
Bir chekkada mo'ltiraydi
Ko'p azobim va g'azabimga sababchi ham bilganman uni. 
Bugun kulaman o'sha o'zimdan.
Pildiraydi onam shaharga kelsa,
Biladi har joy
Har yerda
Ustun kimdir bor,
Nimadir. 
Qo'rqadi ozidan. Uyaladi o'zidan. 
Onamni yosh boladek himoya qilolmayman
Dunyo ustunliklaridan.
Har yerda ustunlar bor,
Har yerda ustunliklar
Har miyada yashiringan manfur va o'zidan qoniqqan ustunliklar.
Onam teng emas.
Odamlar teng emas,
Dunyolar teng emas.
Har joyda tengsizlik,
Har joyda ustunlik,
Har joyda xorlik uyat xo'rligi,
Ruh erkin emas,
Har qancha sig'inmang,
Xorlangan Ruh bu,
Zamin jannat emas,
Xorlangan zamin.
Tenglik tangri emas
Bilgan bilmaslar uchun zo'rlagan iloh.
Berkining, kichkina olmaga aylanib,
Va qizarib boqing olam ierarxiyasiga,
Ustunliklar xorlagan parchin ruhlarga.
115 viewsFarzona , 16:51
Ochish/sharhlash
2022-08-10 19:04:10
Men bariga ko‘ndim,
Oydin fasllar
Ko‘zimga ajinlar solib o‘tadi.
Nechun
Bir dil istab,
Boshimni qo‘ysam,
Tunning yelkalari tolib o‘tadi?

Men bariga ko‘ndim.
Eshik ochilar.
Men intiq shamollar kelmaydi kirib.
Garchi, ostonamda gullar qadamlar,
Garchi, tomonlarni olaman terib.

Men bariga ko‘ndim...
Hammasi yaxshi,
Hammasi joyida,
G‘am yo‘q g‘amimga.
Faqatki, yuragim... behuzur, beshon,
Ming yilki, ko‘nikmas ko‘nikkanimga.

Men bariga ko‘ndim...

Baxtiniso Mahmudova

@kitapchi_kiz
149 viewsFarzona , edited  16:04
Ochish/sharhlash
2022-08-10 14:32:50
178 viewsFarzona , 11:32
Ochish/sharhlash
2022-08-09 18:47:34 Men bugün xullas bir ish bilan kòchaga chiqdim ... qolimga tegadigan qog'ozlarni kutib biroz otirdim ... stolda telim bilan mashg'ul bolib bir gapni eshitdim.. birovni gapini eshitadigan odatim yoq ...endi quloq eshitadigan bolgandan keyin yoningdagi stolda kimdir gapirsa albatta bu sizga eshitiladi..Xullas chamamda u qiz men bilan tengdoshday tuyildi ikki farzandning onasi ...aytishicha Qaynonasi kun bermas ekan xullas erta turib hamma yoqni tinchitishi, kerak bòlsa ,nonini ham qilib, choyigacha tayyorlab keyin pul topgani ham (kunlik ishga chiqishi kerak ekan) nimamish Qaynonasi kerak bolsa meni boqasan deb aytganmish ...shuncha ishni qilib pul topib qadr topmagan bechora kelin kasal bolsa kuchga kirish uchun ikkita shashlik yeyishga ham loyiq emas ekan...yana ikkita mashinalari bor, mollari qator qator ekan ...qarang bu qaynonani ziqnaligini....Tavba ogil ota -onasini ,ayolini boqishni o'rniga kelin erini onasini boqishi kerakmish...bu er shuncha gapda ham ayolini himoya qilishni bilmas ekan ogziga tolqon solib onasi gapini eshitib turaverarkan ...(tupirdim senga erkak bòlmay har balo bòlgur) shunday qilib bechora kelinni qaynonasini shartlarini hammasini bajara olmay kasal bolibdi ...kasal odam kimga kerak -a tezlik bilan bor xotiningni uyiga tashlab kel debdi ...Er ham indamay bola chaqasi bilan uyiga tashlab ketibdi ... Òylab turib bu bitta kelinning taqdiri emas bundaylar kòp...Ey erkaklar qolingizdan bir ayoliningizni ,ota -onangizni farzandlaringizni boqish ularni himoya qilish qolingizdan kelmasa ekan turmushga hali tayyor emassiz....Siz kabi ahmoqlarni deb kòplab qizlar baxtsiz bolyabdi ...Keyin ey qaynonalar kelin sizga xizmatkorlikka kelmagan uning erini oldidagi ozini vazifalari bor ...bolmasa og'ilingiz uylanmay siz uylanib qoyavering....

#jahl_ustida_yozildi_ayibga_buyurman
238 viewsFarzona , edited  15:47
Ochish/sharhlash
2022-08-09 18:15:59
hammasidan bolsa...
231 viewsFarzona , 15:15
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:01:59
Esimda bundan bir necha yıl oldin bolsa kerak shu rasmni Ilk uchratgan payt ...Rasmni arkadaşıma tashlagandim qara sen Va men nasib qilsa kelajakda öz kutibxonamiz òz nashiryotimiz boladi u yerni ikkimiz boshqaramiz degandim ammo hali ham bu orzu amalga oshmadi bugun shu rasmni Pinterest ni kuzatayotib topib oldim ...Va orzular yodimga tushdi ha bu ikkimiz ....nasib bolsa amalga oshar axir orzuyimiz hamma uchun hayrlı boladi...
240 viewsFarzona , edited  14:01
Ochish/sharhlash
2022-08-09 06:51:29
Yozgan misralaringdan nechta odam o‘zini topsa, sen o‘sha odamlar uchun qadrlisan!

@kitapchi_kiz
256 viewsFarzona , 03:51
Ochish/sharhlash
2022-08-08 19:28:15 Yaralangan qanot...
267 viewsFarzona , 16:28
Ochish/sharhlash
2022-08-08 19:27:21 Ba'zan shunday tuyiladi (ota-onadan tashqari) hamma siziga nimagadir ehtiyoji borligi uchun yoningda bolganini his qilasan ...ba'zan jüda keraksizday tuyiladi ..(.tuyiladi emas bu aniq boladi .)..Siz qachon kerakmas bolasiz buni bilasizmi siz kimgadir muhtoj bolib qolganingizda... shunday kunlar kelmasin deb duo qilingki doim kerakli boling ammo sizga biror ehtiyoj sabab qarashlarini sezdingizmi ulardan qolingizdan kelsa keting...uzoqlarga keting tamom ....
259 viewsFarzona , edited  16:27
Ochish/sharhlash
2022-08-08 19:21:59
Taqdir ...shu sòzni yomon koraman
261 viewsFarzona , 16:21
Ochish/sharhlash