Get Mystery Box with random crypto!

#Qonli_Atirgul 44 qism Biz allamahalda mashinada Abram taab | JODUGAR HiKoYaLaRi

#Qonli_Atirgul

44 qism

Biz allamahalda mashinada Abram taabiri bilan aytganda "uzoq safarga" yo‘l oldik. Mashina naq ikki soat yo‘l yurib, qishloq chetida, daraxtzorlarga tutashib ketgan, qarovsiz, devorlari nurab qolgan, yomg‘irning ayovsiz kaltaklaridan qolgan izlar devor betlarida naqsh misoli turgan, eshik va deraza romlari bo'yoqlari ketgan, oshiq-moshig‘i o‘ynab qolgan haroba uy yonida to‘xtadi. Yarim yo‘lda boshlagan katta yomg'ir endi shig‘alab yog‘ardi.
- Bu yerga nega keldik?- Men hech narsaga tushunmay, Abramga tikildim.
- Meni va‘damni bajargani keldik. Qani, tush!- Abram hamon jiddiylik bilan mashinadan tushdi.- Nega qoqqan qoziqdek qotib qolding? Tushmaysanmi? Ortimdan yur.
- Abram...
- Ortiqcha savollarsiz.- Abram gap bilan og‘zimga urib, boyagi haroba uy eshigini kuch bilan uch marta urdi. Biroz turib eshikni qari, munkillab qolgan kampir ochdi.
- Kim kerak?- Kampir boshidagi yomg'ir po'shini biroz ko‘tarib, kutilmagan mehmonlarga ko‘z tashladi.
- Menga Roziya kerak.- Abram kampirni savoliga qisqa javob berib, eshikni kuch bilan itargancha ichkariga yo‘l oldi. Men ham kampirni hay-haylashiga qaramay, uni izidan kirib bordim. Biz tomnidan chakki o‘tgan uy hovlisiga yetmasimizdan ortimizdan kelgan ovoz Abramni to‘xtatdi.
- Roziya shu yerda...- degan jarangdor ovoz keldi. Abram kabi men ham ortimga burildim va biroz  avvalgi kampirdan asar ham qolmaganidan yana bir bora hayratlandim. Endi darvoza yonida yosh, bo'ylari baland, qad-qomadi kelishgan, uzun tekis sochlari bir tomonga o‘rib qo‘yilgan qiz  ayyorona jilmayib turardi.
- Roziya?! Ha, ha... Men boshqa narsa kutmagan ham edim.- Abram jilmaydi. U anchadan beri jilmaymay qo‘ygan bo‘lsa kerak, bu qolipga o'rnashish oson kechmay darrov jiddiy qobig‘iga kirib oldi.
- Abrambey... Eshigimni chertgan odam meni tanimasa, mendan unga naf bo‘lmaydi. Sen nega kelganingizni hisobga olsak... Yo‘q!!!
- Yo‘q...?- Abram asabiy ahvolda shivirladi va Roziyani qarshisiga keldi. Men esa ularni tushunishga urinib, suhbatga aralashmay turardim.
- Qizishmang... Bu sizga yarashmas ekan.- Roziya ingichka ovozda kulib yubordi va menga imladi.- Bu o‘shami?
- Ha, o‘sha... biroq bu boshqa masala.
- Hay-hay... Badnafslik ham evi bilan-da.- Roziya Abramni aylanib o‘tib meni qarshimga keldi. Meni atrofimda aylanib, huddi eski va noyob eksponatni kuzatayotgandek tomosha qila boshladi. Bu holat toki Abram uni mendan uzoqlashtirmaguncha davom etdi.
- Roziya, senga boshqa inson topshirilgan.
- Jin ursin... Jin ursin...- Roziya birdaniga qutirib ketdi. Kutilmaganda baqirib, sochlarini changalladi.
- Nahotki, eplolmagan bo‘lsang...?
- Yo‘q. Gap umuman boshqa narsadan... Men epladim.- Roziya o‘rnidan turib, hovli chetidan o‘ng tomonga yurib ketdi. Abram bilan men ham  uni izidan yurdik. Hech narsaga tushunmasam ham hayolim Abram aytgan "va‘da"da edi. Bizni eshik oldida Roziya kutib oldi.
- Ishonardim senga...
- Unday demang, Abram. Men uddaladim biroq...- Roziya eshikni ochar ekan siniq tirjaydi. Men xonaga ko‘z tashlab, yagona karavot ustida yotgan Sardorni tanasini ko‘rdim.
- Sardor... Sardor bu yerda nima qilayapti? Uni... Nahotki?! U hayotga...- Men ortiqcha gapirmay, o‘zimni xonaga urdim ammo Roziya meni yo‘limni to‘sdi.
- Bu meni hududim. Ortiqcha harakat qilma, oppoq qiz.- Roziya menga jiddiy tikildi. Ayni dam Roziyani ko‘zlari qorayib, yuzlari misoli sutdek oqarib ketdi.
- Menga Sardor kerak. Boshqa narsa keraksiz.- Men Roziyani aylanib o‘tib, Sardor tomon yugurdim. Bu safar ham yo‘limni to‘sishga uringan Roziyani menga qo‘l tekkazmasligini o‘yladim. Kutilmaganda Roziya mendan ancha nariga, eshik ostonasiga uchib borib, yiqildi. Men Sardorni tepasiga bordim va sochlaridan ohista siladim.
- Siz uni kuchini boshqara olmaydi degan edingiz... Unda bu nima?- ortimdan Roziyani jazavali baqirig‘i eshitildi.