Get Mystery Box with random crypto!

- Sardor...- Men ukamni ko‘zlarini ochishi bilan jilmayib, soc | JODUGAR HiKoYaLaRi

- Sardor...- Men ukamni ko‘zlarini ochishi bilan jilmayib, sochlarini siladim. Negadir ukamni ko‘zlari haddan ortiq sovuq, nigohida tushunmaslik tuyg'usi ko‘rinib turardi.- Sardor?!
- U endi Sardor emas...-Naridan yana Roziyani ingichka ovozi eshitildi. Bir daqiqada Sardor o‘rnidan turib, meni tomog‘imdan bo‘g‘di va ortimda taxminan yigirma qadam naridagi devorga borib tiradi.
- Bu yana nimasi?- Eshik yonidan Abramni baqirig‘i eshitildi.
- Menga boshqa chora qoldirmading, Abram... Tiriltir deding ammo o‘zing uni kech olib kelding... Yetmaganga bu tana oddiy odamniki emas ekan....
- Sardor.- Men Sardorni ko‘zlariga tikilib, arang og‘iz juftladim. U meni tobora qattiqroq bo‘g‘ib borar, nigohlarida esa rahm shavqatdan asar ham yo‘q. Ha, u odamiylik sarhadini kesib o‘tgani endi kundek ravshan edi.
- Hoziroq uni qo‘yib yubor.- Naridan Abramni baqirig‘i eshitildi.
- Eyy, yo‘q, yo‘q... U faqat meni gapimga kiradi. Bu odat...- Roziya Abramni yoniga yaqinlashib, qo‘lini Abramni yelkasiga tirab, tirjaydi.- Birgina gap va yangi do‘stim seni eski do'stingizni parcha-parcha qiladi.
- Roziya, haddingdan oshma. Hoziroq bu tomoshani to‘xtat.
- Yaxshi ammo shartim bor. Bu yerdan ketasan. Qiz shu yerda qoladi. Ikki kundan so‘ng, o‘z oyog‘i bilan senikiga boradi. Ungacha sen uni izlab kelmaysan.
- Nima? Men senga ahmoq ko‘rindimmi? Aslo,  eshitayapsanmi, aslo u bu yerda qolmaydi.
- Unda, ikkimizga ham yo‘q. Uni o‘ldir!- Roziyani buyrug'i qulog‘imga yangrashi bilan bo‘ynimdagi qo‘llar kuchaydi. Endi hatto nafas ola olmay qolgandim. Qo‘l va oyoqlarim uvishim, orqa miyamda muzlab sezildi. Biroz o‘tib, qo‘l va oyoqlarim jonsizlashdi... So'nggida esa miya o‘chib, yurakni so‘nggi dukillashi eshitilib turardi. U ham borgan sari to‘xtab borardi. Duk... Duk... Duk... Duk...!