Get Mystery Box with random crypto!

Tushundingmi? Undan so‘ng, ukangni ishini yakunlaymiz. Agarda | JODUGAR HiKoYaLaRi

Tushundingmi? Undan so‘ng, ukangni ishini yakunlaymiz. Agarda biror qiliq chiqarsang, ukangni o‘ligi tugul, hotiralari ham senda qolmaydi.
- Yaxshi...- Men uni ko‘zlariga tik qarab javob berdim. Biz zalga chiqishimizdan avval uni o'rgatgan gaplaridan kelib chiqib bizni kim kutayotganini tahmin qilib bo‘lgandim. Zalda mehmonni ko‘rib, tahminim to‘g‘ri ekaniga amin bo‘ldim. Amir!!! Eshik yonida asabiy tebranib turgan Amir meni ko‘rishi bilan yonimga yugurib keldi.
- Safira, tuzukmisan?- U meni qo‘llarimni ushladi ammo men qo‘llarimni tortib olib, uni nari itardim.- Safira?! Senga nima bo‘ldi?
- Mendan nari tur....- Uni ko‘zlariga qaray olmay, arang hiqillab, shivirladim. Umrimda yolg‘on so‘zlaganman biroq bu qadar og‘riqli lahzani boshimdan o'tkazmagan edim.
- Nari tur??? Nima, bu hazilmi?- Amir hech narsaga tushunmay baqira boshladi.  Hatto Abramni yoqasidan g‘ijimlab oldi.- Bu seni ishing... Seni ishing, shundaymi?
- Yo‘q, qadrdonim. Bunday emasligini yaxshi bilasan. Men unga ta‘sir o‘tkazmaganimni bilib turibsan.- Abramning hotirjam gaplari meni yuragimni battar og‘ritdi. Ko‘zlarim yoshlandi.
- Safira, yur, ketamiz. Men bilan yur. Biz birga ketamiz. Seni olib ketaman.- Amir yana menga qo‘l uzatdi. Yo‘q bunaqasi ketmaydi... U ketishi kerak.
- Qo‘lingni tort, QOTIL.- bu safar bor ovozda baqirib yubordim. Uni yelkasidan itarib, g‘azab bilan uni hayrat aks etgan ko‘zlariga qaradim.- Seni deb ukam o‘ldi. Ha, ha, u o‘ldi. Senlar sabab o‘ldi, ukam.
- Bo‘lishi mumkin emas...- U tinmay shu so‘zni takrorlardi.
- Mumkin emas?! Nahotki?! Amir, ukam o‘ldi. Meni egizagim o‘ldi. Dunyoga talashib, bir kunda tushgan jigarim mendan avval o‘ldi. Uni Senlar bergan zahar o‘ldirdi.- yuzimni sizib o‘tgan yoshlarni shoshib artdim. Yana qon...
- Safira... Afsusdaman.- Amir endi imkonsizlik kishanlariga o‘rangan ahvolda edi.
- Afsuslanma... Endi ko‘zim  ochildi.. o‘z tarafimni tanladim.- Men ortga chekindim va Abramni yonida to‘xtadim. Abramni sovuq qo‘lidan tutdim.
- Safira...
- Men Abramni tanladim. Ha, seni gaplaring rost ekan.- Men Abramni yuziga termulib, ko‘zlariga tikildim.- Men sizni sevaman. Sevaman sizni, Abram.
- Bas, yetar...- Amir bor ovozda baqirdi.- Bu yakun emas. Hali o‘z tanlovingga pushaymon bo‘lasan.- Amirni so‘nggi so‘zlari shu bo‘ldi. U ko‘zdan yo‘qolgach, ichimda pinhon yig‘layotgan yuragimdan nido chiqib, ho‘ngrab yig‘lab yubordim. Yerga holsiz o‘ttirib, biroz avval Amir turgan joydan ko‘z uzmay yig‘ladim. Men tengi o‘ttirgan  Abram yuzimdagi yoshlarni oq qo‘l ro‘molcha bilan arta boshladi. Oq ro‘molcha qizillikka bo‘yaldi. Hammasi yana qayta boshlangandek edi.
- Barakalla, aqlli qizaloq.- Abram sokin ohangda gap boshladi. Men uni qo‘lini siltab tashlab, o‘rnimdan turdim.
- Ana, aytganingni qildim. Endi sen bajar. Ukamni qaytar hayotga.
- Ha, qaytaraman. Hali vaqtimiz bor. Ketdik, bizni g‘aroyib kun kutmoqda.- Abram menga yo‘l boshladi.