Get Mystery Box with random crypto!

#Qonli_Atirgul 43 qism Men yig‘lar edim... Oddiy yoshlar ema | JODUGAR HiKoYaLaRi

#Qonli_Atirgul

43 qism

Men yig‘lar edim... Oddiy yoshlar emas, qonli yoshlar yuzimni yuvib o‘tar, har bir bor ovozda baqirganimdan atrof zirqirab ketardi. Har ko‘zim Abramni yonida yotgan Sardorga tushgach tinmay baqirardim. Yo‘q, ayb o‘zimda... Katta xato qildim va yolg‘iz jigarim endi jonsiz... ruhsiz... shunchaki sarqit tana holos. Ukam endi yo‘q.  U endi hayot emas. Endi uni ovozini hech qachon eshita olmayman, uni bag‘rimga bosa olmayman,urushib, janjallasha olmayman. Bu tasavvur etib bo‘lmas dard. Ichimda ko'tarilgan azoblar girdobi qalbim saroylarini birma-bir vayron qila boshladi... Kutilmagan hodisa sabab orzularim bekatlari armon vayronalariga aylandi. Endi men uchun aziz bo‘lgan insonlar masofasi uzoqdek, huddi bugun Sardor bilan qo'shilib, menga aziz bo‘lgan barcha yo‘qolish dunyosiga ravona bo‘lgandek edi.
- Safira, ukaning endi qaytmaydi.- Abramni ovozi qulog‘imga juda sekin eshitildi. Aslida u bor ovozda baqirib, men tomonga yaqinlashayotgan bo‘lsa ham.- Agar menga yordam bersang, ukangni qaytarishga va‘da beraman.
- U qaytmaydi. Meni ukam endi yo‘q. Sardor endi yo‘q.- Yana bor ovozda baqirdim. Hamma yer titrab ketdi. Abram menga qo‘l cho‘zdi ammo qo‘li menga yetmay to‘xtadi. Men o‘rnimdan turib, Abramga nafrat bilan tikildim. Abramni yuzi o'zgarib, qo‘llarini bo‘yniga qo‘ydi va tipirchilashni boshladi. Keyin uni oyoqlari yerdan uzilib, havoga ko‘tarildi. Nahotki bu meni ishim bo‘lsa...?!
- Safira... SAFIRA!!! Safira, gaplarimga quloq sol. Ukang qaytadi. Seni vaqting kam.- Uni so‘nggi gapi sal bo‘lsada meni o'ylashga undadi. Unga bo'lgan nafratim pasayishi bilan u ham yerga tushdi. Yerga oyoqlari tegishi bilan bo‘ynini ushlab, chuqur-chuqur nafas ola boshladi. Men o‘rnimdan turib, uni yoniga yaqinlashdim.
- Gapir... Gapir, qanday qutqarish mumkin?!
- Avval menga yordam berishing kerak... Qasam ichishing kerak.- Abram qaddini rostlab, sovuq gapirdi. Meni ko‘zlarim ukamga tushgach o‘ylamay bosh silkib, rozilik bildirdim.
- Roziman. Sen ham va‘da ber. Ukamni qutqarishing, hayotga qaytarishing kerak. Agarda aldov yoki yolg‘on ishlatsang...
- Havotir olishga hojat yo‘q. Amirdan farqli men puxta reja tuzaman.- U zaharhandalik bilan keskin javob berdi va qo‘l uzatdi.
- Agarda ukam tirilmasa, seni burdalab tashlayman. Qasam  ichaman-ki, so'nggi nafasingni meni ko‘rib olasan.- Men uni qo‘llarini siqdim. Abram ko‘zlarini yumib, nim tabassum qildi va ayni daqiqada qo‘llarimda juda kuchli og‘riq sezildi. Azobdan baqirib yuborganimni sezmay qoldim. Qo‘lim huddi juda issiq cho‘g‘ bilan asta-sekin yonayotgan edi. Badanimni har bir to‘qimasigacha azobning achchiq mazasini ta‘tib ko'rayotgan edi. Og‘riq biroz o‘tib yo‘qoldi va meni ko‘z oldim hiralashib, hushimni yo‘qotdim. Ko‘zlarimni ochganimda katta va keng xonada uyg‘ondim. Shinam xonaga mos yoqimli yotoq va undagi ajoyib par yostiqlar... Biroq bularni hech biri menda yoqimli hisni uyg‘ota olmadi. Qo‘llarimni qimirlatishim bilan zirqiragan og‘riqni his qildim. Ko‘ylagim yengini teparoq ko‘tarishim bilan allaqanday tushunarsiz yozuvlarni terimni o'yib yozilganini, qonim qotib, qora rangga kirganini ko‘rim. Eshik ochilib, ichkariga Abram kirib keldi. Men o‘rnimdan otilib turdim va uni qarshisiga chiqdim.
- Sen menga ukamni tiriltiraman degan eding. Nega meni hushsizlantirding?- Bor ovozda baqirib, uni yoqasiga yopishdim.
- Tinchlan, tekinga mushuk ham oftobga ko‘rinmaydi. Sendan ugina, mendan bugina... Hozir aynan sendagi uginani ayni vaqti.- U osongina qo‘llarimni yoqasidan olib tashlab, jiddiylik bilan davom etdi.- Hozir men bilan chiqasan. Bizlarni mehmonlar kutmoqda.
- N-nima? Bu o'yinmi? Men ukam haqida...
- Bo‘ldi, bas qil. Men va'da berdim demak bajaraman. Ishonmasliging mumkin biroq muqaddas qasam bunga yo‘l bermasligini tushunsang yaxshi bo‘lar edi.- Abram yengini shinarishi bilan ko‘zim menikidek g‘alati belgiga tushdi. Abram meni ko‘rganimga ishonch hosil qilgach, yengini qayta tushirib, bilagimdan ushlab, o‘ziga tortdi va shivirladi.- Hozir sen men bilan mehmonlarni kutib olasan. Men nima desam, shuni qaytarasan.