Get Mystery Box with random crypto!

Javohir Izzatulloh | blog

Telegram kanalining logotibi javharuz — Javohir Izzatulloh | blog J
Telegram kanalining logotibi javharuz — Javohir Izzatulloh | blog
Kanal manzili: @javharuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.92K
Kanalning ta’rifi

Oʻtmishi nursiz, ertasi mavhum. Zohiri gʻamsiz, botini mahzun. Pushmonlari cheksiz, umidlari ham uzundan-uzun...
Murojaat uchun: @javohirga_murojaat_bot (xayriya bo'yicha murojaatlar qabul qilinmaydi)

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-09-01 03:49:02
Ne’matlar ichida eng yaxshi ne’mat bu hurriyatdir!

Najot Ta’lim jamoasi barcha yurtdoshlarimizni, xususan vatanimiz yoshlarini O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi bilan muborakbod etadi!

Mustaqillikni his qiling, uni ko’z qorachig’ingizdek asrab-avaylang.
229 views00:49
Ochish/sharhlash
2022-08-28 14:23:07 ​​Yoshligimdan ITga bo‘lgan qiziqish bo‘lgan. Shu qiziqish ortidan diniy taʼlim dargohida o‘qisakda, arab tili grammatikasini o‘rgatishga ko‘mak beruvchi Tahlil nomli android ilova tayyorladik. Mubashshir Ahmad Ustoz bundan xabar topib, bizni oldilariga chaqirdilar. Nima yordam kerakligi haqida so‘radilar, bu kabi zamonaviy ilmlarni yoyish kerakli, bu ishni ayni biz qilishimiz kerakligi haqida gaplashdik.

Shundan so‘ng Azon.uz ochildi, domla u yerga meni ham taklif qildilar. Men Mubashshir domladan millatini, Vatanini, dinini yaxshi ko‘rishni o‘rgandim. O‘zlari ham shundaylar va bizni ham shunga targ‘ib etardilar. Mendan baʼzida xayriya ishlar haqida, bugungi erishilgan natijalar haqida so‘rashsa albatta bu o‘rinda Mubashshir Ahmad domlani birinchilardan bo‘lib eslab o‘taman.

Maʼlumot o‘rnida aytib o‘taman, “Najot Taʼlim” shu kungacha 4 mlrd so‘mdan ziyod hech qanday shartlarsiz xayriya taʼlimini amalga oshirdi. Bugungi kunda 3000 dan ziyod yoshlar “Najot Taʼlim” sababli dasturlash, dizayn, SMM kabi yo‘nalishlarda o‘z ish o‘rniga ega bo‘lishdi.

O‘z ishini qanday yaxshi ko‘rishni, maqsad sari katta qadamlar tashlashni, millatini, vatanini dinini yaxshi ko‘rishni aynan Mubashshir Ahmad ustozdan o‘rgandim.

Bugun domlaning gaplarini atayin bilib turib teskari tomonga burishyapti. Har bir gapidan xato topishga urinishyapti. Musulmon do‘stlarim, aka-uka, opa-singillarimga eslatib o‘tishni istar edim, provakatsiyaga uchmang! Do‘st va dushmanni yaxshilab tanib oling!

Mubashshir Ahmad qanday odam deyilsa, ikkalanmasdan aytishim mumkinki, agar oldilaridan o‘tib shu postni yozmoqchiman, deganimda shaxsiyatimni himoya qilmang, chalg‘imang bu narsalarga, ishingizni qiling, degan bo‘lardilar!

Men bu postim orqali xusumatchi va tuhmatchilarning fikri o‘zgarishi haqida o‘ylaganim yo‘q. Lekin o‘qiyotgan odamlarni ogohlikka chaqirib qo‘ymoqchiman xolos. Alloh taolo to‘g‘ri yo‘ldan adashtirmasin!
345 views11:23
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:29:28
@sayyid_academy ochilish marosimidan esdalik!

Xalqimizga yana bir yangi loyiha muborak! Arab tilini o'z mutaxassislaridan o'rganing. Aloqa uchun: 956060600

Suratda:

@dotsentuzkanal
@shavkathasan
@javharuz
@iysoxon
@mirhosilov_mirgiyos
Zakariyya Sayyid
Ziyodulloh Kabir

Va boshqalar.

@javharuz
525 viewsedited  07:29
Ochish/sharhlash
2022-08-28 10:28:25 Kecha @sayyid_academy’ning rasmiy ochilishi boʻlib oʻtdi. Alhamdulillah, yaqinlarimiz tashrif buyurishdi, duolar qilishdi.

Shu oʻrinda tashrif buyurib oʻz maslahatlarini ayamagan Javohir aka va Shavkat Hasan akaga, bizga yaqindan xayrixohlik qilib, yordamlashgan doʻstimiz Mirgʻiyos qoriga, duolari bilan bizni xushnud etgan, endi tanishgan boʻlsak-da yaqin olib qoʻllab-quvvatlagan Doniyor aka Nasriddinovga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Shuningdek, Azizbek aka va boshqa mehmonlarimizga, qandaydir sabablarga koʻra kela olmagan, lekin qalban biz bilan birga boʻlib qoʻllab-quvvatlagan akalarimizga, ayniqsa, Temurbek akaga ham alohida tashakkur izhor etamiz. Alloh barchalaridan rozi boʻlsin! Boshlagan ishlarimizni xayrli va manfaatli qilsin!

@Iysoxon
464 views07:28
Ochish/sharhlash
2022-08-27 15:01:07
@javharuz
595 views12:01
Ochish/sharhlash
2022-08-27 05:01:49«Najot Ta'lim» va «Mars IT School» o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

22-avgust kuni O'zbekiston IT bozori uchun dasturlash sohasida mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan «Najot Ta'lim» va «Mars IT School» ta’lim muassasalari o'rtasida hamkorlik bitimi tuzildi.

Shartnomaga ko'ra, endi «Mars IT School» tomonidan maxsus vaucher-tavsiyanomaga ega bo'lgan va «Najot Ta'lim» kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar kurs to'lovlarida chegirmani qo'lga kiritishadi.

Bundan tashqari, «Mars IT School» bitiruvchilari «Najot Ta'lim» o'quv markazi kirish imtihonlari to'lovidan ham ozod qilinadi.

Manfaatli kelishuv uchun «Najot Ta'lim» o'quv markaziga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Mars IT School — qadriyat va zamon uygʻunligi

Tel:
+998787777757
634 views02:01
Ochish/sharhlash
2022-08-26 19:33:48 Bugun bir yoshi kattaroq mijoz tushunmovchilik va xodimimiz yo'l qo'ygan xato ortidan menga biroz qattiq gaplar gapirdi.

Suhbat asnosida "sizlar universitet emassizlar-ku, oddiy bir o'quv markazi bo'lsangiz", dedi. Men, albatta, uning gapini tasdiqlashdan boshqa ishni qilolmadim. Holatni tushunib-tushunmay, bundan yomonroq so'zlarni aytadigan odamlarni ham uchratdik, uchratyapmiz.

Mijoz har doim haq, deydilar. Har ne bo'lganda, har ne gaplarni eshitsak ham, o'zimizni qo'lga olishga majburmiz. Kareyada bundan battar holatlarda ham o'zini tutib tura olgan xizmatchilarni ko'rganman va lol qolganman.

Biz ham xizmat ko'rsatishni san'at darajasiga olib chiqishni istaymiz. Buning uchun harakat qilamiz, albatta. Lekin unutmaylik, yaxshilar, biz O'zbekistondamiz. Mahalliy odamlarga aksari mahalliy ta'limni olgan jamoamiz bilan xizmat ko'rsatamiz. Ikki tarafning ham saviyasi bir-biriga yaqin.

Xulosai kalom, bo'yimizdan baland sakrashimiz oson emas. Bu pul bilan ham, xohish bilan ham hal qilib bo'lmaydigan masalalar sirasidan.

@javharuz
693 viewsedited  16:33
Ochish/sharhlash
2022-08-26 15:32:00
Xalqimizga yana bir mumtoz loyiha muborak! Arab tili ixlosmandlari uchun tavsiya. Ertaga markazning ochilish marosimi. Keling, mehmonlar ko'p bo'ladi, inshaalloh.

@sayyid_academy
@sayyid_academy
@sayyid_academy

Mo'ljal: Tinchlik metro bekatidan Ko'kcha masjidi tomonga 600 metr

@javharuz
656 viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2022-08-26 13:03:00
“Eng sharafli ummat”

Sharafimizni anglatuvchi, kimligimizni eslatuvchi, bizni ezgu va buyuk maqsadlar sari undovchi “Eng sharafli ummat” kitobini albatta har birimiz oʻqishimiz kerak!

Kitobning har bir bob va mavzularini diqqat bilan oʻqir ekansiz, Alloh taoloning hazrati Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga hamda u zotning ummatlari boʻlmish sizu bizga ato etgan koʻplab imtiyozlardan, xayr-barakotlardan voqif boʻlasiz.

Umid qilamizki, bu kitob sizning Muhammadiy ummat haqidagi tushunchalaringizni yanada kengaytirib yuboradi.

Muqova — yumshoq;
Oʻlchami — 14x21.5;
Sahifa — 414 bet;
Narxi — 65.000 soʻm.

Buyurtma uchun: @qamar_delivery yoki +998998454400.

Toshkent shahri bo’ylab yetkazib berish 15.000 so’m.

Manzil: Alisher Navoiy ko'chasi, 42-uy.

@qamarbooks
392 views10:03
Ochish/sharhlash
2022-08-26 07:05:40 00:00 - Kirish
01:07 - «Najot Ta'lim»ning bugungi natijalari qanday holatda?
03:50 - Nima uchun birinchi bo'lib Farg'ona viloyatida filial ochilmoqda?
11:15 - Farg'ona filialidagi o'quv tizimi va sifati qanday bo'ladi?
14:40 - «Najot Ta'lim»da ta'lim sifati qanday yo'lga qo'yilgan? O'quv bo'limining faoliyati nimalardan iborat?
20:15 - Farg'ona filiali qachon ish faoliyatini boshlaydi va unda qanday kurslar mavjud bo'ladi?
25:06 - Farg'ona filiali uchun kirish imtihonlari qachon bo'ladi?
26:00 - Farg'ona filialining Dasturlash bootcamp bosqichida qaysi yo'nalishlar mavjud bo'ladi?
28:56 - Farg'ona filialining bitiruvchilari vodiy bozoridan ish topa oladimi?
36:44 - Co-working zonalari va master-klass tadbirlari Farg'ona filialida ham tashkil qilinadimi?
38:28 - Farg'ona filialida o'qish kimlarga tavsiya qilinadi?
42:14 - «Najot Ta'lim»da o'qimoqchi bo'lgan inson qanday imkoniyatlarga ega bo'ladi?
45:35 - Farg'ona filialidagi kurs narxlari qanday bo'ladi?
52:56 - Farg'ona filiali uchun qabul qachondan boshlanadi?
59:10 - Ochiq dars va taqdimot tadbirlari qaysi vaqtga reja qilingan?
1:03:15 - Soha tanlashdagi ikkilanishni qanday yengish mumkin?
1:06:18 - Marg'ilon Raqamli Texnologiyalar markazi Farg'ona filiali haqida qanday fikrda?
1:10:10 - Farg'ona filialida moushn-grafika kursi mavjud bo'ladimi?
1:10:51 - Jahon tillari universiteti va «Najot Ta'lim». Qaysi birini tanlash kerak?
1:13:06 - Farg'ona filiali shaharning qayerida joylashgan?
1:14:25 - Xulosa
624 views04:05
Ochish/sharhlash