Get Mystery Box with random crypto!

Javohir Izzatulloh | blog

Telegram kanalining logotibi javharuz — Javohir Izzatulloh | blog J
Telegram kanalining logotibi javharuz — Javohir Izzatulloh | blog
Kanal manzili: @javharuz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.92K
Kanalning ta’rifi

Oʻtmishi nursiz, ertasi mavhum. Zohiri gʻamsiz, botini mahzun. Pushmonlari cheksiz, umidlari ham uzundan-uzun...
Murojaat uchun: @javohirga_murojaat_bot (xayriya bo'yicha murojaatlar qabul qilinmaydi)

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-25 15:27:58 Toshkentdan gapiramiz! | «Najot Ta'lim»ning Farg'ona filiali bo'yicha suhbat

Navbatdagi ovozli suhbatimiz markazimizning viloyatlarda eng birinchi ochilayotgan Farg'ona filiali mavzusiga bag'ishlanadi.

Ushbu ovozli chat «Najot Ta'lim» markazi asoschisi Temurbek Adhamov, O'quv bo'limi rahbari Javohir Izzatulloh va Marketing bo'limi rahbari Jahongir Mirzo Mamatqodirovlar bilan bo'lib o'tadi.

Suhbat davomida Farg'ona filialiga oid barcha muhim mavzular haqida batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Suhbat bugun – 25-avgust soat 20:30 da Telegram sahifamizda bo'lib o'tadi.

Ovozli suhbat havolasi: https://t.me/najottalim?livestream

Ovozli chatda barcha vodiylik insonlarni o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan birgalikda kutib qolamiz. Suhbat haqida do'stlaringizga ham xabar berishni unutmang!

Ma'muriyatga bog'lanish

+998788889888
504 views12:27
Ochish/sharhlash
2022-08-24 05:00:15 Salqin tushyapti
.
.
.
.
.
.
.
qalbimga.

@javharuz
877 views02:00
Ochish/sharhlash
2022-08-22 20:15:35 Avval ko'rsatilmagan «Najot Ta'lim» jamoasi

Shu kunga qadar minglab talabalarga kun-u tun bag'rini ochib kelayotgan, haqiqiy IT atmosferasini shakllantira olgan, yuzdan ziyod jamoa a'zolarini bir oilaga aylantirgan va asosiy boshqaruv markazi hisoblangan «Najot Ta'lim»ning eng katta Chilonzor filialiga ekskursiya qilamiz.

Ta'limda ustozning o'rni beqiyos. O'quvchilar uchun jon kuydiruvchi, o'z bilim va tajribasini to'liq o'rgatuvchi fidoiy ustozlarni topish oson ish emas. Ayniqsa zamonaviy kasblar dunyosida bu anchagina mushkul ish.

Shunday ustozlar va ilmga chanqoq o'quvchilarni bir joyga jamlab, ularni tizimli o'qitib kelayotgan "mexanizm" haqida gaplashamiz.

- Markazning o’quv tizimi qanday qurilgan?
- Chilonzor filiali o'z ichiga nimalarni qamrab olgan?
- Ushbu eng katta filialda qanday mutaxassislar ishlaydi?

Shu kabi barcha savollaringizga ushbu video orqali javob olishingiz mumkin.

Havola:



+998788889888
952 viewsedited  17:15
Ochish/sharhlash
2022-08-22 05:00:18 Har safar saltanatga erishish uchun aka ukasini, ota oʻz oʻgʻlini va oʻgʻil oʻz otasini oʻldirgani kabi tarixiy voqealarni eshitsam, xayolimga qanday qilib degan savol kelardi. Qanday qilib inson oʻz jigarini, birga katta boʻlgan, mehr bergan, qoni bir boʻlgan, oson va qiyin kunlarni birgalikda boshdan oʻtkazgan yaqinini oʻldirishi mumkin, hech boʻlmasa oʻtmishning shirin xotiralarini eslamasmikan, deb oʻylardim.

Keyinchalik tushunib yetdimki, insonlar tabiatan unutuvchan bo’ladi. Nafs istaklari ortidan quvish, kibr va shaxsiy manfaatlar ularning koʻzlarini koʻr qiladi. Natijada yaqiniga aloqador boʻlgan barcha xotiralarni, goʻzal kunlarni — hamma-hammasini unutadi va bir-birini hech ikkilanmay qatl qiladi.

Bu xulosaga kelishimda oʻzim guvoh boʻlgan bir qancha voqealar sabab boʻldi. Uzoq yillik do’stlar, qon-qarindosh aka-ukalar va muhabbat ustiga qurilgan oilalar arzimagan boylik yoki shaxsiy manfaat sabab zavolga yuz tutdi va rishtalar uzildi.

Kichik manfaat ustida shu darajaga borayotgan odam bolalari katta-katta imperiyalar, saltanatlarga egalik qilish masalasi turganda shunga yarasha qabihliklar qilishi tabiiy holdek koʻrinib qolarkan…

@Iysoxon
890 views02:00
Ochish/sharhlash
2022-08-21 18:17:00
@javharuz
905 views15:17
Ochish/sharhlash
2022-08-21 13:29:18
«Najot Ta'lim»ning navbatdagi filiali qayerda ochilishini bilasizmi?
Anonymous Quiz
19%
Toshkent viloyati
39%
Farg'ona viloyati
21%
Samarqand viloyati
14%
Andijon viloyati
8%
Xorazm viloyati
6.8K voters653 views10:29
Ochish/sharhlash
2022-08-20 19:29:02 Shaxsiy yozishmada birov "Diplom kerak emasmi?", degan savol bilan murojaat qilib qoldi.

Hozir kasbga o'rgatadigan xususiy o'quv markazida faoliyat yuritsam-da, o'zimni oliy ta'lim targ'ibotchisi deb bilaman. Bu haqidagi fikrlarimni Koreyadalik paytim "Oliy maqsad" loyihasi doirasidagi suhbatda aytib o'tgan edim.

Qiziq bo'lsa, eshitib ko'rishingiz mumkin. Diplom haqida taxminan 6 daqiqadan keyin so'z boradi:



@javharuz
1.0K views16:29
Ochish/sharhlash