Get Mystery Box with random crypto!

​«Najot Ta'lim» va «Mars IT School» o'rtasida hamkorlik memora | Javohir Izzatulloh | blog

«Najot Ta'lim» va «Mars IT School» o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

22-avgust kuni O'zbekiston IT bozori uchun dasturlash sohasida mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan «Najot Ta'lim» va «Mars IT School» ta’lim muassasalari o'rtasida hamkorlik bitimi tuzildi.

Shartnomaga ko'ra, endi «Mars IT School» tomonidan maxsus vaucher-tavsiyanomaga ega bo'lgan va «Najot Ta'lim» kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar kurs to'lovlarida chegirmani qo'lga kiritishadi.

Bundan tashqari, «Mars IT School» bitiruvchilari «Najot Ta'lim» o'quv markazi kirish imtihonlari to'lovidan ham ozod qilinadi.

Manfaatli kelishuv uchun «Najot Ta'lim» o'quv markaziga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Mars IT School — qadriyat va zamon uygʻunligi

Tel:
+998787777757