Get Mystery Box with random crypto!

Jalol Murad

Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad J
Telegram kanalining logotibi jalolmurad — Jalol Murad
Kanal manzili: @jalolmurad
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.56K
Kanalning ta’rifi

Oddiy, qiziqarli va manfaatli maʼlumotlar
Aloqa uchun telegram: @YouKeyuzBot

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 67

2021-11-24 04:08:02
Qozog'istonda xavfli infeksiya tarqala boshlagani aytildi

Qozog'istonning Aqto'be viloyati Bestamak qishlog'i aholisi hududda, asosan, qoramollarda xavfli oqsil kasalligi tarqalayotganini ma‘lum qildi.

Ma‘lum qilinishicha, oqsil kasalligi bu juda o'tkir kechuvchi va o'ta tez tarqaluvchi infeksion kasallik bo'lib, tuyoqli qishloq xo'jaligi hayvonlari, undan tashqari, yovvoyi hayvonlarni ham zararlaydi.

«KTK» telekanali xabariga ko'ra, aholi qoramollar orasida tarqalayotgan ushbu xastalikdan qo'rqmoqda. Chunki u odamlarga ham yuqadi.

@jalolmurad • Manba
261 views01:08
Ochish/sharhlash
2021-11-23 20:32:02
Suriyada amerika bazasiga raketa hujumi uyushtirildi

Suriya shimoli-sharqidagi Al-Hasika viloyatidagi AQSH bazasi raketa hujumiga uchradi.

Ularga ko‘ra, “Harrab al-Jayr” bazasiga beshta raketa uchirilgan. Harbiy inshoot atrofida vertolyotlar aylanib nazorat olib boryapti. Halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumot berilmagan.

@jalolmurad • Manba
2.1K views17:32
Ochish/sharhlash
2021-11-23 18:26:01
O‘zbekistonning tashqi qarzi 2022-yilda 30 milliard dollardan ko‘proqqa oshishi prognoz qilindi

2021-yilning 1-yarim yilligida O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi 21,8 mlrd dollarga yetgan va bu ko‘rsatkich YaIMga nisbatan qariyb 35 foizni tashkil qilgan edi.

@jalolmurad • Manba
3.2K views15:26
Ochish/sharhlash
2021-11-23 17:08:17
Telegram mansabdor shaxs va davlat idoralari kanallarini reklama platformasidan chiqardi

Messenjer asoschisi bu bo‘yicha ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mansabdor shaxslar va davlat idoralarining kanallari reklama platformalarida vaqtincha bo‘lgan.

«Hozirda mansabdor shaxslar va davlat idoralarining kanallarini reklama platformasidan chiqarib tashlayapmiz», — deya ta’kidlagan Durov.

@jalolmurad • Manba
3.6K viewsedited  14:08
Ochish/sharhlash
2021-11-23 16:08:01
Xitoy 2 marta yangi gipertovushli qurolni sinovdan o'tkazdi

Ma‘lum qilinishicha, 2021-yil oktyabr boshida gazeta manbalariga tayanib, XXR yadro qurolini olib yurishga qodir gipertovushli raketani sinovdan o'tkazgani va bu AQSh razvedkasini hayratda qoldirgani haqida xabar bergan.

@jalolmurad • Manba
3.6K views13:08
Ochish/sharhlash
2021-11-23 14:22:02
O‘zbekistonda masofadan boshqariluvchi pulemyot yaratildi

Ushbu qurol Mudofaa vazirligi buyrug‘i bilan yaratilgan bo‘lib, InnoWeek.uz-2021 xalqaro innovasion g‘oyalar haftaligi doirasida taqdim etilgan.

@jalolmurad • Manba
3.9K views11:22
Ochish/sharhlash
2021-11-23 13:08:02
Farg'ona viloyatida «Lacetti» rusumli mashina daraxtga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi

Ma‘lum qilinishicha, hodisa Oltiariq-Vodil avtomobil yo'lining 68-kilometrida sodir bo'lgan. Hodisaga «Lacetti» haydovchisi boshqaruvni yo'qotib, daraxtga borib urilgani sabab bo'lgan. Oqibatda avtomobil salonida bo'lgan 23 va 16 yoshli fuqarolar og'ir jarohat bilan kasalxonaga yotqizilgan, ammo shifoxonada vafot etgan.

@jalolmurad • Manba
3.9K views10:08
Ochish/sharhlash
2021-11-23 12:16:09
O‘zbekiston 10 oy davomida Xitoyga qariyb 3 mln tonna gaz sotgan

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston Xitoyga qiymati 601,27 million dollarga teng 2,57 million tonna gaz yetkazib bergan.

@jalolmurad • Manba
4.2K viewsedited  09:16
Ochish/sharhlash
2021-11-23 07:18:29
Toshkentda o‘z uyida qurol yasagan shaxs ushlandi

Fuqaroning yashash joyini tekshirish vaqtida, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan revolver va to‘pponcha topilgan.

@jalolmurad • Manba
4.7K views04:18
Ochish/sharhlash
2021-11-22 20:08:02
Rossiya 2022-yilda Ukrainaga hujum qiladi

AQSH razvedkasi Rossiya 2022-yilda Ukrainaga hujum qiladi, deb hisoblaydi. Bu haqda “Bloomberg” razvedka xizmatlaridagi manbalariga tayanib, xabar berdi.

Nashr suhbatdoshlarining aytishicha, Moskva uch tomondan: Qrim yarim oroli, Rossiya-Ukraina chegarasi va Belarus hududidan hujum tayyorlamoqda.

@jalolmurad • Manba
5.6K views17:08
Ochish/sharhlash