Get Mystery Box with random crypto!

Qozog'istonda xavfli infeksiya tarqala boshlagani aytildi Qoz | Jalol Murad

Qozog'istonda xavfli infeksiya tarqala boshlagani aytildi

Qozog'istonning Aqto'be viloyati Bestamak qishlog'i aholisi hududda, asosan, qoramollarda xavfli oqsil kasalligi tarqalayotganini ma‘lum qildi.

Ma‘lum qilinishicha, oqsil kasalligi bu juda o'tkir kechuvchi va o'ta tez tarqaluvchi infeksion kasallik bo'lib, tuyoqli qishloq xo'jaligi hayvonlari, undan tashqari, yovvoyi hayvonlarni ham zararlaydi.

«KTK» telekanali xabariga ko'ra, aholi qoramollar orasida tarqalayotgan ushbu xastalikdan qo'rqmoqda. Chunki u odamlarga ham yuqadi.

@jalolmurad • Manba