Get Mystery Box with random crypto!

"ISHTIXON OVOZI"

Telegram kanalining logotibi ishtixonovozi — "ISHTIXON OVOZI" I
Telegram kanalining logotibi ishtixonovozi — "ISHTIXON OVOZI"
Kanal manzili: @ishtixonovozi
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.67K
Kanalning ta’rifi

"ISHTIXON OVOZI" gazetasi tahririyati
Bizning manzilimiz: Ishtixon shahri, Mashrab ko'chasi 16-uy.
Siz ushbu kanalda tumanimizdagi eng so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lasiz!
Murojaat uchun: @Ishtixon_ovoziga_murojaatbot
Веб сайт: ishtixonovozi.uz

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-06-13 07:21:43
#Ishtixon_tumani

Ishtixon tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan yoshlar festivali ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari bilan koʻtarinki ruhda davom etmoqda...

@ishtixonovozi
1.1K views04:21
Ochish/sharhlash
2023-06-13 06:48:40 "Zarafshon" gazetasining 2023-yil 13-iyun kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.
Bugungi sonda:

- Jamoatchilik nazorati: Qurilishda kamchiliklar aniqlandi;

- Ertachi tarvuz dorilangan bo‘ladimi?
Yoxud poliz mahsulotlarini tanlashda qanday xatoga yo‘l qo‘yayotganligimiz xususida;

- Qachon chiqindidan pul topishni o‘rganamiz?;

- Kommunal xizmatlar samaradorligi deputat nazoratida
.

Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar, jamiyatda uchrayotgan illatlar haqidagi maqolalar chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.

@ishtixonovozi
1.0K viewsedited  03:48
Ochish/sharhlash
2023-06-13 06:28:05
LIVE

@ishtixonovozi
1.0K viewsedited  03:28
Ochish/sharhlash
2023-06-13 06:27:35
#AYNI_DAMDA

BIZ BOSHLADIK!!!

Ishtixonda yoshlar festivali “Salomatlik uchun 5000 qadam!” shiori ostidagi piyoda yurish marafoni bilan boshlandi.

Unda yoshlar, nuroniylar, xotin-qizlar, tumandagi tashkilot va muassasalarning jamoalari, sektor rahbarlari, keng jamoatchlik vakillari erta tongdan Ishtixon shahriga kirish qismidan markaziy oʻyingoh tomon harakatlanishmoqda.

@ishtixonovozi
1.2K views03:27
Ochish/sharhlash
2023-06-11 11:55:21
#Ғалла_2023

Иштихон туманида ғалла терими бошланди. Ҳосилга барака меҳнаткаш бободеҳқонлар!

@ishtixonovozi
481 views08:55
Ochish/sharhlash
2023-06-11 11:30:55
ИШТИХОН: ПИЛЛА ТОПШИРИШ РЕЖАСИНИ БАЖАРДИ

Баҳорнинг серёғин келиши, ҳар хил инжиқликларига қарамасдан, узоқ йиллик тажриба ва маҳоратга эга бўлган пиллакорларимиз вазифани уддалашди.

Агротехника қоидаларига тўлиқ амал қилган ҳолда ишлар тўғри олиб борилганлиги самарасида пиллакорларимиз 372 тонна билан бажардилар.

@ishtixonovozi
608 views08:30
Ochish/sharhlash
2023-06-11 09:35:28
ЖССТ: Ичкиликбозлик ҳар 10 сонияда бир инсоннинг ҳаётига зомин бўлмоқда

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти ичкиликбозликнинг ҳалокатли оқибатларига доир ҳисоботини эълон қилди.

Унга кўра, ушбу хавфли иллат туфайли дунёда ҳар йили 3 миллион киши ҳаётдан кўз юммоқда. Бу ҳар 10 сонияда бир киши ичкиликбозлик қурбонига айланаётганидан далолат беради.

Бошқача айтганда, жаҳонда содир бўлаётган бевақт ўлимларнинг тахминан 5 фоизи спиртли ичимликларга ружу қўйиш натижасида келиб чиқмоқда. Энг ачинарлиси, ана шу аянчли қисмат эгаларининг қарийб 14 фоизини 20-39 ёш оралиғидаги инсонлар ташкил этяпти.

Тадқиқотларга кўра, спиртли ичимликларнинг зарарли таъсири ўсмирлар ва ёшлар ҳаётига янада кўпроқ хавф солмоқда. Бундан ташқари, сайёрамизнинг турли нуқталарида хотин-қизлар ҳам бу иллатга муккасидан кетаётгани ачинарлидир.

Эслатиб ўтамиз: Ўзбекистон Республикасининг “Реклама тўғрисида”ги Қонунига мувофиқ, мамлакатимизда ҳар қандай қувватдаги алкоголли ичимликлар рекламаси тақиқланган.

@ishtixonovozi
777 views06:35
Ochish/sharhlash
2023-06-11 08:53:58
#DIQQAT_DIQQAT

AZIZ ISHTIXONLIKLAR VA SHAHRIMIZ MEHMONLARI!

"YANGI OʻZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK" FESTIVALIGA MARHAMAT!

2023-yilning 13-iyun kuni tumanimizda, "Yangi Oʻzbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida yoshlar festivali oʻtkaziladi.

Festival soat 7:00 da "Sog'lom hayot uchun 5000 qadam" shiori ostida, yurish marafonidan boshlanib, yoshlar oʻrtasida, “Kasblar tanlovi", "Zamonaviy va milliy raqslar", "Zakovat” intellektual o‘yinlari shuningdek sportning “Shaxmat va shashka”, “Stol tennisi", Voleybol", "Stretbol", "Kamondan o‘q otish”,“Kibersport” musobaqalari hamda "Milliy xalq" oʻyinlari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar bilan 23:00 gacha davom etadi.

Tadbir so'ngida barcha gʻolib ishtirokchilar taqdirlanadi.

Bu hali hammasi emas sizlarni katta galakonsert kutmoqda!

Konsert dasturida taniqli boshlovchichilar hamda estradamiz yulduzlari ishtirok etishadi.

7 YOSHDAN 70 YOSHGACHA BOʻLGAN BARCHANI "YANGI OʻZBEKISTON YOSHLARI BIRLASHAYLIK!" FESTIVALIDA KUTIB QOLAMIZ.

@ishtixonovozi
772 views05:53
Ochish/sharhlash
2023-06-11 07:08:10
#Bugungi_kun_hikmati

"Агар билмаган сукут этганда, одамлар ўртасида хилоф кам бўларди."

Имом Ғаззолий

@ishtixonovozi
935 views04:08
Ochish/sharhlash
2023-06-10 19:28:32
Комил Алламжонов: Тошкент шаҳар Учтепа туманидаги 62-сонли мактабнинг информатика фани ўқитувчисини калтаклашда иштирок этган кимки бўлса, уларнинг барчаси қонунда белгиланган тартибда қаттиқ жазоланади. Бу бўйича ҳуқуқ-тартибот органларига керакли кўрсатмалар берилди. Валломати бўлса ҳам ўқитувчини хафа қилишга хеч кимнинг ҳаққи йўқ.

@ishtixonovozi
1.3K viewsedited  16:28
Ochish/sharhlash