Get Mystery Box with random crypto!

"ISHTIXON OVOZI"

Telegram kanalining logotibi ishtixonovozi — "ISHTIXON OVOZI" I
Telegram kanalining logotibi ishtixonovozi — "ISHTIXON OVOZI"
Kanal manzili: @ishtixonovozi
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.67K
Kanalning ta’rifi

"ISHTIXON OVOZI" gazetasi tahririyati
Bizning manzilimiz: Ishtixon shahri, Mashrab ko'chasi 16-uy.
Siz ushbu kanalda tumanimizdagi eng so'nggi yangiliklaridan xabardor bo'lasiz!
Murojaat uchun: @Ishtixon_ovoziga_murojaatbot
Веб сайт: ishtixonovozi.uz

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-05-21 05:44:40
#Bugungi_kun_hikmati

"Ҳаёт менга унутишни, бепарволикни, мағрурликни ва кўнгилни нолойиқлардан тозалаб туришни ўргатди."

Озода Шобилолова,
театршунос
.

@ishtixonovozi
682 views02:44
Ochish/sharhlash
2023-05-20 14:53:08 Batafsil... Ishtixon ovozida
1.1K views11:53
Ochish/sharhlash
2023-05-20 14:49:22
#Korrupsiyaga_yoshlar_yòq_deydi

#21_maktab_korrupsiyaga_qarshi

Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot tadbirlari tizimida MMTBga qarashli 21-maktabda "Yoshlar korrupsiyaga yòq deydi" mavzusida 8, 9, 10, 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida sportning Valebol turi bo'yicha musobaqa tashkil etildi.

Murosasiz kechgan bu musobaqaning mutlaq ğolibi 21-maktab bitiruvchi yigitlardan tashkil topgan "Shunqorlar" jamoasi bo'lishdi.

Qizlar òrtasidagi musobaqada esa 9-"b" sinfning "Malaklar" jamoasi qizlarining qòli baland keldi.

Mahliyo Samatova,
21- umumiy òrta ta'lim maktabi
MMIDÒ.

@ishtixonovozi
1.3K views11:49
Ochish/sharhlash
2023-05-20 13:47:12
#Эслатма

Диний қўмита огоҳлантириш билан чиқди(фото)

Шубхали аудио материалларни юкламанг, текширилмаган видеоларни юкламанг, бошқаларга тарқатманг.

@ishtixonovozi
1.1K views10:47
Ochish/sharhlash
2023-05-20 13:44:44
Ishtixon tuman hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Rabbimov hamda viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshligʻi Sh.Oʻrazovlar tumandagi “Ishtixon biomadad” biolaboratoriyasining biomahsulotlar ishlab chiqarilishi bilan tanishdilar.

Ishtixon tumanidagi  “Maroqand biomadad” biolaboratoriyasi tomonidan 6 747 ga maydon bilan shartnoma tuzgan boʻlib shundan,3 409 ga ni paxta,3 152 ga ni gʻalla va 186 ga boshqa turdagi qishloq xoʻjalik ekinlari tashkil qiladi.

Oltinkoʻzni gʻalla maydoniga gektariga 500 donadan, paxta maydonlarga gektariga oltinkoʻz 1000-1500 donadan trixogramma esa gektariga 1 gr dan mevali bogʻ, issiqxona va aholi tomorqasiga oltinkoʻz va trixogrammadan 186 gektarga  chiqarish rejalashtirilgan.

@ishtixonovozi
1.1K views10:44
Ochish/sharhlash
2023-05-20 10:16:08
#Ishtixon_tumani

Ishtixon tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta'lim maktabida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” hamda "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiorlari ostida tadbirlar bo'lib o'tdi.

Unda maktab direktori Sh.Turopov so'zga chiqib, ta'magirlik, poraxoʻrlik korrupsiya kabi illatlarni qoralab barchani ogohlantirishga chaqirdi.

Bugungi kunda korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, davlatning iqtisodiy oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, qolaversa jamiyatdagi maʼnaviy muhitni buzilishiga olib keladi.

Ravshan Tirkashev,
5-umumiy o'rta ta'lim maktabi MMIBDO'.

@ishtixonovozi
1.4K views07:16
Ochish/sharhlash
2023-05-20 09:02:29
Ishtixon tuman Tibbiyot birlashmasining majlislar zalida birlashmaning navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi oʻtkazildi. Bunda tuman prokurori va tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari ishtirokida boʻlim boshliqlari hamda katta hamshiralar bilan “Korrupsiya bu illat”, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi. Tuman prokurori tibbiyot xodimlari orasidagi tamagirlik, poraxoʻrlik korrupsiyani qoralab barchani ogohlantirishga chaqirdi.

Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlanganidek, bugungi kunda korrupsiya fuqarolarning ijtimoiy adolatga, davlat organlariga nisbatan ishonchini susaytiradi, davlatning iqtisodiy oʻsishiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, qolaversa jamiyatdagi maʼnaviy muhitni buzilishiga olib keladi. Mutaxassislar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

@ishtixonovozi
1.2K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-05-20 05:49:27
#Bugungi_kun_hikmati

"Агар темир ишлатилмаса, занглайди. Агар сув ҳаракатланиб турмаса, айнийди. Агар киши фикрламаса, ақлда ҳам шундай ҳолат юз беради."

Леонардо Да Винчи,
италиялик рассом.

@ishtixonovozi
1.4K views02:49
Ochish/sharhlash
2023-05-19 19:12:33
​​Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikda Samarqandda qon plazmasi ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi

Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasining Sian shahrida o’tayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy sammiti doirasida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov "Xindeyuan bioengineering" kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda korxona tomonidan Samarqandda qon mahsulotlari ishlab chiqaradigan farmatsevtika zavodi va tarmoq klinik diagnostika laboratoriyasiga ega plazma markazlari tarmog’ini qurish masalasi atroflicha muhokama etildi va kelishuvga erishildi.

@ishtixonovozi
1.4K views16:12
Ochish/sharhlash
2023-05-19 15:37:58
Умумий 19 млрд 655 млн сўм. Сайловолди тарғибот учун ҳар бир номзодга 4 млрд 914 млн сўм ажратилади

Умумпартиявий тадбирлар ва сиёсий партия томонидан кўрсатилган номзодларнинг сайловолди ташвиқоти ва тарғибот ишларини амалга оширишга ажратиладиган маблағлар — 19 млрд 655 млн сўмни ташкил этиши таъкидланди. Бунда, ҳар бир номзодга 4 млрд 914 млн сўмдан тўғри келмоқда.

Муддатидан илгари президентлик сайловида партиялар томонидан 4 номзод кўрсатилган.

@ishtixonovozi
1.4K views12:37
Ochish/sharhlash