Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.99K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-05-01 05:35:12 O'zbekistonda yangi loyiha - Teach for Uzbekistan ish boshladi. Loyihaning maqsadi - maktablarni yuqori malakali o'qituvchilar bilan ta'minlashda yordam berish. Bunda nopedagogik OTMlar bitiruvchilari tanlovdan va intensiv pedagogik tayyorgarlikdan o'tib, maktablarga o'qituvchi sifatida ishlashga yuboriladi. Ularga pedagogik faoliyati davomida yordam beradigan kuratorlar biriktiriladi. Bu, bir tarafdan, maktabda malakali o'qituvchilar yetishmovchiligini hal qilishga hissa qo'shadi, ikkinchi tarafdan, OTMlar bitiruvchilariga o'zlarini yangi sohada sinab ko'rish, keyingi ish faoliyati uchun kerakli ko'nikmalarni egallashga yordam beradi.

Yuqorida tasvirlangan model asosida ishlaydigan loyihalar ko'p davlatlarda bor. Masalan, o'zim Nyu Yorkda o'qib yurgan paytimda "Teach for Amerika" loyihasining konferensiyasida qatnashganman.

Qiziquvchilarni loyihada qatnashib ko'rishga chaqiraman - balki o'zingizning yangi qirralaringizni kashf etarsiz? Qolaversa, yurt kelajagini qurishga hissa qo'shish imkoniyati. Zero, yoshlarimiz bizdan bilimliroq bo'lsa, tanqidiy fikrlay olsa, biz ko'rmagan orzudagi O'zbekistonni qurishi mumkin ....
10.0K views02:35
Ochish/sharhlash
2024-04-30 04:54:49 Podkastimizning yangi soni chiqdi.

Tadbirkorlik haqida katta epizod doirasida u haqida afsona, haqiqat va qiziq tadqiqotlar natijalari haqida suhbatlashdik. Kremniy vodiysidagi ham, O'zbekistondagi ham tadbirkorlik faoliyatiga oid misollar, davlat tadbirkorlikni rag'batlantirishi kerakmi, va uning uchun qilish va qilinishi kerak bo'lmagan rag'bat/dasturlar haqida gaplashdik.

Tinglang, ko'ring, do'stlaringiz bilan ulashing va izoh qoldiring.




Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean

Bu epizod hamkori - aksiyadorlik tijorat banki "AloqaBank".
http://www.aloqabank.uz/
https://zoomrad.uz/

@uzbekonomics
9.9K views01:54
Ochish/sharhlash
2024-04-29 20:02:40 Parij!
10.9K views17:02
Ochish/sharhlash
2024-04-29 17:22:29 Davlat sun’iy monopoliya yaratib, endi buni xususiylashtirmoqchimi? Yoki men nimadirni tushunmayapmanmi?

https://t.me/davletovuz/20200
13.3K views14:22
Ochish/sharhlash
2024-04-28 22:26:00 Lolazor podkasitini dollar narxiga atalgan sonida, nima uchun O’zbekistonda dollarni kursini sun’iy ushlab turishgani haqida fikr yuritilmabdi. Dollarni so’mga nisbatan narxi ancha qimmatroq bo’lishi kerak deb ko’rinyapti menga - aniq qanchaligini bilmayman, lekin “ushlab turilishi”ni sabablari menga qiziq. Masalan, Turkiyada, monetar sabab bilan dollar sun’iy arzon, bizda, katta ehtimol bilan fiskal.

Umuman olganda erkinroq dollarni kursi - muammolarni kelajakda emas, hozir hal qilishga yordam berar edi.
9.9K viewsedited  19:26
Ochish/sharhlash
2023-07-05 21:14:51 Podkastimizning navbatdagi soni:
32 - To’qlikka- sho’xlik: Amerikadagi anti-amerikanizm haqida

Youtube:



Audio formatda:
Spotify | Apple Podcast | Yandex Music | Podbean | Stitcher

Agar podkastimizga moddiy yordam bermoqchi bo'lsangiz:
https://www.buymeacoffee.com/uzbekonomics
Bu bizga podkastni muntazam ravishda yozib borishni rejalashtirishga, montaj, hosting kabi xarajatlarini qoplashga yordam beradi. Rahmat.

@uzbekonomics
2.5K views18:14
Ochish/sharhlash
2023-07-05 20:30:17 Qanday yaxshi yangiliklar!

Monteskyoni kitoblari tarjima qilinishi va o’qilishi kerak deb o’ylayman.

Batafsil:


https://t.me/Hamid_Sodiq/1747
3.5K views17:30
Ochish/sharhlash
2023-07-05 17:00:53
Janubiy Koreyada ham qachondir yomon jamoat transport tizimi bo’lgan. Lekin ular buni isloh qilishgan. Buning ustiga qilgan islohotlarini xujjatlashtirishgan ham ekan.

Bu yerda tanishsangiz bo’ladi.

https://centers.ibs.re.kr/html/living_en/transport/KSP%201%20Bus%20System%20Reform%20in%20Korea.pdf
4.5K views14:00
Ochish/sharhlash
2023-07-04 06:37:55
Tug’ilgan kuning muborak bo’lsin - Amerika! Dunyoning umid mayoqi, erkin va mardlar vatani.

Albatta amerikani ichida bo’lib amerikani maqtash hech qachon modada bo’lmagan. Hozir ham shunday zamon.

Lekin men bu yerda xorijlik sifatida haqqimdan foydalanib aytyapmanki - darhaqiqat, yaxshiyam amerika bor. “Adr ustidagi risolaviy shahar”.
6.0K viewsedited  03:37
Ochish/sharhlash
2023-07-04 04:21:59 Hozirda AQSHdagi bir univesitet yozgi maktabida o‘zbek tilidan dars beryapman. Ayrim muhim jihatlarni qayd etib o‘tmoqchiman.
1.Universitet xodimlarining o‘zaro hurmat va xushmuomalalilik bilan munosabatda bo‘lishi. Xususan, birinchi yig‘ilishdayoq “Yozda dam olishning o‘rniga shu vaqtingizni bizga bag‘ishlaganingiz uchun minnatdormiz” deb gap boshlashdi. Har bir email da “Sen biz bilan ishlayotganingdan juda baxtlimiz” kabi ifodalar qo‘llanadi. Kimdir “samimiy emas” deb e’tiroz bildirishi mumkin. Nima ahamiyati bor buning? U sizga qo‘pollik qilmayotganing o‘zi hurmat ko‘rsatayotganini bildiradi. Har doim, istisnosiz ravishda samimiy qo‘pollikdan nosamimiy xushmuomalalilik yaxshiroq.
2.Student office, ya’ni talabalar duch keladigan muammolar bilan shug‘ullanuvchi bo‘lim o‘zi qiladigan ishlar haqida ma’lumot berarkan, o‘qituvchilarga “biz sizning akademik faoliyatingizga aralashmaymiz. Faqat bittagina holatda, agar talaba kasalxonada komaga tushib qolgan bo‘lsagina, sizga murojaat qilib, mana shu talaba shu holatda, u faningizni o‘zlashtirishi uchun unga yordam kerak deb aytishimiz mumkin, boshqa holatda umuman aralashmaymiz” dedi. To‘g‘risi, sevdim shu gapini! Ochig‘i, oxirgi vaqtda zamdekanlarning baho masalasida o‘qituvchining ishiga aralashgani, kafedra mudiriga qo‘ng‘iroq qilib, nega mana bu o‘qituvchi 2 qo‘ydi deb so‘ragani men uchun aqlga sig‘mas narsa edi. Nega shunchalik darajaga kelib qolganmiz degan o‘y meni haqiqatan ham juda qiynaydi.
Bu yerda PhD himoya qilgan yurtdoshimiz aytib qoldi, professor darsda nima o‘tishiga birovning aralashishga haqi yo‘q, deb. Ya’ni professorning erkin bo‘lishi buni suiiste’mol qiladigan domlalarni hisobga olganda ham ta’lim uchun muhimroq ekanini anglaganlari va buni ta’minlab qo‘yganlari tahsinga sazovor. Biz esa o‘qituvchi tayyor emas erkinlikka deb u har bir darsda nima o‘qishini o‘quv yili boshida O‘UM (УМК ya’ni) bilan muhrlab, tasdiqlab qo‘yamiz. Birinchidan, O‘UMlar har doim qisqa muddat ichida katta material tayyorlanishini talab qilgani uchun hech qachon sifatli bo‘lmaydi. Ikkinchidan, talaba original ilmiy manbani o‘qishi kerak, o‘qituvchining konspektini emas.
3.O‘ta muhim masala - o‘qituvchilarning dars yuklamasi. Bu yerda bir professor yiliga uchta kurs o‘qirkan. Har bir kurs bir semestrdan davom etarkan, haftasiga 2marta. Professor xohlasa 3ala kursni bir semestrda o‘qib, keyingi semestr to‘liq ilmiy ish bilan band bo‘lishi mumkin ekan (qanday baxt?!). Bizda dars soatlari hali ham juda ko‘p. O‘qituvchiga yiliga 350 soat auditoriya soati belgilangani bilan, auditoriyadan tashqari soatlar, xususan, BMI, magistrlik ishi, PhD dissertatsiyasiga ilmiy rahbarlik kabi soatlar bo‘lmasa, o‘qituvchi yiliga 700 soat dars o‘tishi kerak degani. Bu haftasiga, o‘zimning tajribamda, 9 para (16-18 soat) dars o‘tish degani. Nega biz shuni kamaytirmaymiz, hech tushunmayman. Talabaga ham, professor-o‘qituvchiga ham yuklamani keskin kamaytirish kerak. Toki domlaning haqiqiy dars berishga vaqti bo‘lsin, talabalarning ishtiyoq bilan izlanib o‘qishiga imkoni bo‘lsin.
4.Bizga ko‘p ilmiy tadqiqotlar kerak o‘zbek tilining o‘zlashtirilishi bo‘yicha. Ilmiy asosda yaratilgan darsliklar va baholash tizimlari kerak…

@psixolingvist
5.4K views01:21
Ochish/sharhlash