Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi I
Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 21.00K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-05-15 19:42:42 Inflyatsiya haqida aytish joizki, asosiy muammo bu uy-joy qimmatlashayotgani.
7.9K viewsedited  16:42
Ochish/sharhlash
2024-05-15 18:42:54 AQSh makroiqtisodiyotidagi xodisalar: inflyatsiya hali ham nisbatan yuqori, lekin mehnat bozori tarixiy maksimumda - buni adabiyotda “full employment” deyishadi. Iqtisodiy potensial maksimumda va o’sish ham yuqori darajada bo’lishiga qaramasdan, hukumat hali ham fiskal xarajat qilib kelmoqda (albatta bu inflyatsiyaning asosiy sabablaridan), bunday xolat tarixda bo’lganini eslay olmayman.
7.6K viewsedited  15:42
Ochish/sharhlash
2024-05-14 23:03:57 Ishlab chiqarish va “lokalizatsiya” haqida gap ketganida, yuqori qiymatli va yuqori qoʻshimcha qiymatga ega mahsulotni ishlab chiqarish va yuz foiz mahalliy mahsulotni ishlab chiqarish, mohiyatan bir biriga qarama qarshi maqsadlar.

“Yuqori qoʻshimcha qiymatli va oxirgi texnologiyalarni qoʻllab” ishlab chiqarilgan har bir tovar, mutlaq yuz foiz mahalliy boʻla olmaydi (yarimi ham). Xuddi shunday, yuz foiz mahalliy xomashyodan tayyorlangan tovar hech qachon yuqori texnologik va yuqori qoʻshimcha qiymatli boʻla olmaydi. Hatto, eng rivojlangan mamlakatlarda ham. Xitoy ku mayli, hatto AQShda ham shunday. Rivojlanayotgan dunyo va kichik mamlakatlar haqida gapirmasak ham boʻladi.
7.3K viewsedited  20:03
Ochish/sharhlash
2024-05-14 22:40:26 ​​Bu video juda yaxshi iqtisodiy dars. Bu yerdagi gʻoya ham, savdoni cheklash — proteksionizm siyosati, yoxud “oʻz bozorini” muhofaza qilish siyosatidek taqdim qilingan. Videodagi gʻoyada tadbirkorlarni “mahalliy” va “xorijiy”ga ajratishga urgʻu berilgan. Proteksionist — savdoni cheklash gʻoyasida ham, “mahalliy mahsulot” va “xorijiy mahsulot” ajratilgani kabi — xato, lekin mantiqiy xatoni yomon tarafi bu narsa iqtisodiyot uchun qimmatga tushadi.



Albatta, chet ellik tadbirkorlar Oʻzbekistonga kelsa, pul tiksa va biznesini rivojlantirsa — hech ham xavotirga oʻrin yoʻq, “monopollashtirish” esa davlatni ishtirokisiz imkonsiz. Chunki, bordiku oʻsha chet ellik investorlar bozorni egallab olsalar ham (juda ehtimoli past), lekin bozorga kirish hammaga ochiq boʻlib qolaversa — xavotirga oʻrin boʻlmaydi, chunki yana boshqa chet ellik yoki mahalliy tadbirkorlar kelib, oʻsha “monopollashtirgan” tadbirkorlarni bozorini sindiradi. Albatta agar bozorga kirishni davlat cheklab qoʻymasa. Kirishni cheklab qoʻysa muammo boʻladi.

Buni masalan oddiy bir dehqon bozori misolida aytsam. Deylik dehqon bozorda bir nechta odam oʻz mahsulotini sotmoqda, bir nechta chet ellik sotuvchi keldi-da arzonroqqa sotishni boshladi, shu videodagi aka aytganidek, mahalliy sotuvchilar chiqib ketishga majbur boʻldilar, shunda agar bozorni eshigi ochiq tursa va har imkoniyatda yangi sotuvchi kirishiga imkon boʻlsa, “monopollashtirish” xavfi yoʻq. Narxni sunʼiy oshirgan kuni, yana sotuvchilar kelishadi. Chet ellikmi mahalliymi ahamiyatsiz. Oʻzbekistondagi asosiy muammolardan biri ham aynan shu, davlat tomonidan bozorga kirish cheklanishi.

Lekin bu videoda boshqa saboq bor, saboq shundaki, tabiiyki, ayrim tadbirkorlar, hatto raqobatli sohalarda faoliyat olib borsalar ham, albatta imkoni boʻlsa davlat raqobatni cheklashidan manfaatdor boʻladilar. Bu yerda ham, diqqat bilan eshitsangiz, videodagi odam, aynan davlat cheklovlarni qoʻyishi haqida aytmoqda. Jamiyat va davlat uchun saboq shundaki — davlat iloji boricha raqobatli muhitni yaratishi kerak va har bir sohaga kirishni iloji boricha ochiq va oson qilib turishi kerak. Har bir tadbirkorlikka toʻsiqni, bozorni cheklanishini jamiyat uchun katta bir kulfatdek qaralishi kerak. Agar oʻsha sohani ichidagi ayrim tadbirkorlar yoki tashkilotlardan sohani qanday rivojlantirish kerak deb soʻrasangiz, ular shunday raqobatni “cheklovchi” choralarni aytishlari ham mumkin. Bundan ehtiyot boʻlish kerak.

Shuning uchun ham, qarorlar qabul qilishda, iqtisodiy foydadan kelib chiqqan holdagina fikr yuritsak maqsadga muvofiq boʻladi. Albatta chet ellik investorlar oʻzi shundoq ham Oʻzbekistonda juda juda kam. Mintaqada eng kam kishi boshiga toʻgʻridan toʻgʻri investitsiya oladigan mamlakat hisoblanamiz, lekin shunga qaramasdan ham, cheklashni xohlaydiganlar mavjud. Xuddi shunday, import mahsulotlarini cheklash ham, bir xil mantiqsizlik, agar chet eldagi ishlab chiqaruvchilar, yoki chet ellik sotuvchilar bizga tovarlarni “arzonroq” sotishni xohlab turishgan boʻlsa — biz albatta buni qabul qilishimiz kerak, axir qancha arzonga olsak — shuncha koʻp iqtisodiy yutuq. Teskarisini qilish — xalqni kambagʻallashtiradi.
8.6K views19:40
Ochish/sharhlash
2024-05-14 19:20:13 AQShda hozir ikki g’oya bor, ikkisi ham xato va zarar lekin ikkisi ham siyosiy jihatdan juda populyar.

Birinchisi bu immigratsiyaga cheklov, ikkinchisi bu Xitoy bilan savdoni cheklash.

AQShda bu yil prezident saylanadi. Shuning uchun, zarar bo’lsada shu ikki populyar lekin o’ta zararli choralar ko’p qo’llaniladi. Klinton ham, Bush ham, Obama ham, Tramp ham saylov yilida tariflar qo’llashgan edi.
7.7K viewsedited  16:20
Ochish/sharhlash
2024-05-14 19:12:36
Baydenni qilgan ishiga Baydenni 2019-yildagi javobi:

Tramp asosiy gʻoyani tushunmaydi. Uning fikricha, u qoʻygan tariflar Xitoy tomonidan toʻlanadi. Har qanday birinchi kurs iqtisodchi talaba aytib berishi mumkin - bu tariflarga Amerika xalqi toʻlayapti.

Hatto Targetdagi kassirlar (supermarketlar tarmogʻi) nima boʻlayotganini koʻrishmoqda — hatto ular ham iqtisodiyot haqida Trampdan koʻra koʻproq bilishadi.


https://t.me/uzbekonomics/918
5.2K viewsedited  16:12
Ochish/sharhlash
2024-05-14 06:00:37 Yangi O’zbekiston Universitetidagi tadqiqotlar markazi ilmiy xodim qidirayotgan ekan.

Qiziquvchilar bo’lsa - axborot shu xujjatni ichida.
5.7K views03:00
Ochish/sharhlash
2024-05-12 06:23:24
Instagramda reels chiqib qoldi.

Rasiyya so‘zining yozilishi yoqdi. Diqqat! Bu yerda xato, to‘g‘ri degan iddao yo‘q. Shunchaki insonning til mexanizmi qanaqa ishlashiga aqlan guvoh bo‘lish mumkin.

Demak, Rossiya so‘zining ayni o‘rinda yozilishiga tashxis:
1.O‘qigandan ko‘ra ko‘proq eshitish orqali qabul qilingan bu so‘z.
2. Ammo bir-ikki marta o‘qilgan ham. O‘qilganning natijasi "qaysidir harf ikkita yoziladi" degan taxminni shakllantirgan.
3. Birinchi yozilishida Rasiya yozilgan bo‘lsa kerak, faqat qaysidir harf ikkita edi degan taxmin y ni ikkita yozilishiga sabab bo‘lgan. Nega y? Chunki y ni ikkita aytilishi bilan bitta aytilishi o‘rtasidagi farq boshqa undoshlarning shunaqa holatiga nisbatan kichikroq.
Shuningdek, s tovushining ham y kabi sirg‘aluvchi ekanligi xato ehtimoli yuqori bo‘lishini ta'minlagan.

@psixolingvist
6.6K views03:23
Ochish/sharhlash
2024-05-10 23:25:03
Talabalar protestlari AQShni o’zgartirishmoqda. Bugungi New Yorker muqovasi.

Asna Tabassum - bitiruv sinf valedoktorian (eng yaxshi bitiruvchi) edi Janubiy Kaliforniya Universitetida (USC), u so’zga chiqmasligi uchun, universitet katta bitiruv marosimini o’tkazmadi. Bugungi kichik marosimdan lavha - talabalarga qarang. Asnaning nutqi gazetada.

Falastinlik Elyanna kecha Stepen Kolbertning “Late Show”da chiqdi.

Muhimi - AQSh xujumkor qurollarni Isroilga sotishni to’xtatib turibdi.
10.9K viewsedited  20:25
Ochish/sharhlash
2024-05-06 19:24:29 Bu suhbatni Youtubega qo’yganimdan keyin, menimcha Hoshimov Iqtisodiyoti dasturi tarixida birinchi marta - juda ko’p inglizcha izohlar yozishyapti. Izohlardagi asosiy ma’no Rossiya Ukrainaga urush qilganini sababi - NATO ekan. Haqoratli ayrim izohlarni o’chirdim ham.

Menga qiziq ko’ringani, bu suhbatni qaysidir joyda ulashishganmi? Yoki bu botlarmi?

Xullas, qiziq.



11.0K viewsedited  16:24
Ochish/sharhlash