Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.99K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2024-05-12 06:23:24
Instagramda reels chiqib qoldi.

Rasiyya so‘zining yozilishi yoqdi. Diqqat! Bu yerda xato, to‘g‘ri degan iddao yo‘q. Shunchaki insonning til mexanizmi qanaqa ishlashiga aqlan guvoh bo‘lish mumkin.

Demak, Rossiya so‘zining ayni o‘rinda yozilishiga tashxis:
1.O‘qigandan ko‘ra ko‘proq eshitish orqali qabul qilingan bu so‘z.
2. Ammo bir-ikki marta o‘qilgan ham. O‘qilganning natijasi "qaysidir harf ikkita yoziladi" degan taxminni shakllantirgan.
3. Birinchi yozilishida Rasiya yozilgan bo‘lsa kerak, faqat qaysidir harf ikkita edi degan taxmin y ni ikkita yozilishiga sabab bo‘lgan. Nega y? Chunki y ni ikkita aytilishi bilan bitta aytilishi o‘rtasidagi farq boshqa undoshlarning shunaqa holatiga nisbatan kichikroq.
Shuningdek, s tovushining ham y kabi sirg‘aluvchi ekanligi xato ehtimoli yuqori bo‘lishini ta'minlagan.

@psixolingvist
6.6K views03:23
Ochish/sharhlash
2024-05-10 23:25:03
Talabalar protestlari AQShni o’zgartirishmoqda. Bugungi New Yorker muqovasi.

Asna Tabassum - bitiruv sinf valedoktorian (eng yaxshi bitiruvchi) edi Janubiy Kaliforniya Universitetida (USC), u so’zga chiqmasligi uchun, universitet katta bitiruv marosimini o’tkazmadi. Bugungi kichik marosimdan lavha - talabalarga qarang. Asnaning nutqi gazetada.

Falastinlik Elyanna kecha Stepen Kolbertning “Late Show”da chiqdi.

Muhimi - AQSh xujumkor qurollarni Isroilga sotishni to’xtatib turibdi.
10.9K viewsedited  20:25
Ochish/sharhlash
2024-05-06 19:24:29 Bu suhbatni Youtubega qo’yganimdan keyin, menimcha Hoshimov Iqtisodiyoti dasturi tarixida birinchi marta - juda ko’p inglizcha izohlar yozishyapti. Izohlardagi asosiy ma’no Rossiya Ukrainaga urush qilganini sababi - NATO ekan. Haqoratli ayrim izohlarni o’chirdim ham.

Menga qiziq ko’ringani, bu suhbatni qaysidir joyda ulashishganmi? Yoki bu botlarmi?

Xullas, qiziq.



11.0K viewsedited  16:24
Ochish/sharhlash
2024-05-06 19:22:24 Savdo qanday qilib boylikka taʼsir qilishi haqida maqola ekan.

Elastiklik koeffitsiyenti - 0.24 deyishyapti - AQSHda.

Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, savdoning 1 foizga o‘sishi yalpi ichki mahsulotning 0,24 foizga o‘sishiga olib keladi. Ikki tomonlama savdoning 1 milliard dollarga ko‘payishi YAIMni 240 million dollarga oshiradi. Mualliflarni taʼkidlashicha, 2017 yildan beri olib borilgan so‘nggi tadqiqotlarda esa bu koeffitsiyent 0,30 dan yuqori bo‘lib kelmoqda.To‘g‘risi, men savdoni iqtisodiy o‘sishda bunchalik katta koeffitsiyentga egaligini bilmas edim. Yana bir bor - savdoga to‘siqlar qanchalik qimmat ahmoqlik ekani deb o‘qisak bo‘ladi.

https://www.piie.com/publications/policy-briefs/americas-payoff-engaging-world-markets-1950-was-almost-26-trillion-2022
9.7K views16:22
Ochish/sharhlash
2024-05-06 19:20:04 Energetik reforma - to’g’rirog’i uni qilish kerakligi haqida intevyu berdim (rus tilida) - https://www.spot.uz/ru/2024/05/06/energy-reform/
7.1K views16:20
Ochish/sharhlash
2024-05-04 06:04:55 Hoshimov Iqtisodiyoti dasturining navbatdagi soni. Bu son mehmonimiz - Rossiya siyosati bo‘yicha mutaxassis, Viskonsin Universiteti professori Yoshiko Herrera.

Herrera ko‘p yillik tajribaga ega siyosatshunos olim, Rossiyaning yangi tarixi, 90 yillar xususiylashtirish masalalari va davlat statistikasi haqida ko‘p tadqiqotlar olib borgan. AQSHni Rossiya bilan va NATO bilan munosabatlari bo‘yicha ko‘pgina ekspert guruhlar aʼzosi. Rossiyada 90- yillar boshida tahsil olgan, Qozog‘istonda esa Nazarbayev universitetini tashkil qilishda ko‘maklashgan.

Biz juda ko‘p masalalarga to‘xtaldik. Bu nafaqat Rossiyani Ukrainaga urushi, balki, Rossiyadagi millatchilik, o‘zlikni anglash, va millatlararo munosabatlar.

Menimcha suhbat juda qiziq bo‘ldi. Men o‘zim ko‘p narsa o‘rgandim. Doimgidek, suhbat yoqsa - bo‘lishing va albatta izoh qoldiring. Izohlarni o‘qiyman.



9.3K views03:04
Ochish/sharhlash
2024-05-03 19:53:02
Podkastimizda shu grafikka o’xshagan natijalar haqida gapirgan edim.

Bu grafikda uch davlat, AQSh, Meksika va Hindiston ko’rsatilgan.

Ko’rganingizdek, vaqt o’tgan sari, AQShdagi korxonlarda ko’proq odam ishlaydi - Hindiston va Meksikada unday emas.

Shunga o’xshagan boshqa grafiklar bor, masalan, mamlakatdagi daromadlar va o’rtacha korxonadagi ishchilar soni.

Ma’no shundaki, O’zbekistonda ham, boshqa kambag’al mamlaktlar kabi, o’rtacha korxonaning hajmi kichikligida. Eng yomoni, vaqt o’tib katta bo’lmasligida. Bizdagi asosiy muhokama shu muammo bo’lishi kerak.
9.0K viewsedited  16:53
Ochish/sharhlash
2024-05-03 00:38:06 Yozishlaricha, Rossiyaga O’zbekiston fuqarolarini kirishi bilan muammollar sodir bo’lmoqda. https://t.me/agentstvonews/5988
10.7K viewsedited  21:38
Ochish/sharhlash
2024-05-03 00:33:55 AQSh hukumati talabalar qarzini kechirib yuborish uchun 870 millard va 1.4 trillion dollar orasida pul ajratmoqchi. Juda noto’g’ri qaror bo’lar edi. Pul bilan kam ta’minlanganlarga yordam berish kerak - barcha o’qish uchun qarz olganlarga buncha ko’p pulni berish, eng birinchi adolat prinsiplariga ham to’g’ri kelmaydi.
12.1K views21:33
Ochish/sharhlash
2024-05-01 16:50:55 Тарихда биринчи марта хусусий компания сифатида Anglesey Food, Korzinka супермаркетлар тармоғи мамлакатимизда энг кўп иш ўрини яратган корхоналар сафига кирибди.
Дарвоқе, Бандлик Вазирлиги телеграм каналини энди кўрибман, обуна бўлдим. Кўпгина қизиқарли маълумотлар чиқиб турар экан. Тавсия қиламан.
10.7K views13:50
Ochish/sharhlash