Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodchi Kundaligi

Telegram kanalining logotibi iqtisodchi_kundaligi — Iqtisodchi Kundaligi
Kanal manzili: @iqtisodchi_kundaligi
Toifalar: Bloglar , Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 20.99K
Kanalning ta’rifi

Behzod Hoshimov
Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/ru/authors/behzod-hoshimov/
YouTube: https://www.youtube.com/hoshimoviqtisodiyoti
Uzbekonomics - podkast: https://www.youtube.com/c/Uzbekonomics
Bog'lanish: @iqtisodfeed_bot

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-03-25 15:51:29
Нима ўқиймиз? Тарихчи Дилноза Дутураева тавсия қилади

«Газета.uz» китобхонликни тарғиб этишга қаратилган «Нима ўқиймиз?» лойиҳасини давом эттиради. Сара асарлар, ўқилиши мақсадга мувофиқ ҳисобланган китоблар рўйхати ҳақида олим, тадқиқотчи, ёзувчи-шоир, таржимон, журналист ва жамоат фаолларининг тавсияларини сизга етказамиз.

«Нима ўқиймиз?» лойиҳасининг навбатдаги меҳмони — тарихчи, Буюк Британиянинг Йорк университети лектори Дилноза Дутураева.

https://www.gazeta.uz/uz/2023/03/25/mutolaa-dilnoza-duturayeva/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Каналга обуна бўлинг
@gazetauz_uzb
3.5K views12:51
Ochish/sharhlash
2023-03-24 19:36:22 Bu distributsiyani nafaqat tepasida, balki oʻrtasida ham muhim.
Masalan, AQShda katta korxona yoki bankda ishlaydigan tajribali xodim yiliga 500 ming dollar ishlaydi. Bu albatta katta pul. Lekin maʼno shundaki, mavqe uchun yetarli emas. Immigrant jamiyatlardagi “birinchi avlod muammosi” deb ham buni atashadi. Yaʼni moliyaviy barqarorlik, mavqe bilan kelmaydi. Albatta, qimmat avtomobil yoki yaxshi uy olishlari mumkin, lekin oʻsha odamlar kutganidek ijtimoiy mavqesi boʻlmaydi, chunki oʻsha jamiyatdagi shartli maktab direktori yoki yozuvchi (ahamiyat bering — doʻxtir emas) ancha yuqoriroq ijtimoiy mavqega ega.

Bu narsalar ozgina empirik ham tadqiq qilingan. Men shaxsan tanigan bir Afgʻon yigitini gapini eslayman — otasi shimoliy Virjiniyadagi eng qimmat uylardan birini sotib olgan ekan, lekin bu faktni faqat Afgʻonistonda muhim ekanini payqagan ekan. AQShda esa, bunday katta uyi borligi nafaqat maqtana olmas edi, balki uni kimdir bilib qolsa ham erish tuyular ekan. Aytmoqchi, aynan shuning uchun keyin Dubayga koʻchib ketmoqchi boʻldi.

Xulosa shundaki, mamlakat qanchalik rivojlangan boʻlsa, pulga mavqe sotib olish shunchalar qimmat.
3.2K viewsedited  16:36
Ochish/sharhlash
2023-03-24 19:36:22 Boy mamlakatlar bilan kambagʻal mamlakatlar orasidagi farq yana bir narsada ayon boʻladi. Ijtimoiy mavqe va pulni orasidagi bogʻliqlikda.

Kambagʻal jamiyatlarda puli bor odamni mavqesi oʻz oʻzidan koʻtarilaveradi, farqi yoʻq, bu pulni uyushgan jinoiy guruh aʼzosi sifatida orttirganmi yoki korrupsiya orqali davlat bilan ishlab orttirganmi. Unday odamlar bilan boshqa odamlar qoʻl berib koʻrishaverishadi, kerak boʻlsa, OAV ham ular haqida yozadi. Ya’ni birinchi xususiyati pulni kelib chiqishi ahamiyatsiz. Ikkinchisi, pul bilan mavqe birga bir ayirboshlanadi.

Boyroq mamlakatlarda pulni juda qiyinlik bilan mavqega alishtirsa boʻladi. Masalan, AQShda maktab direktorini mavqesi juda baland — lekin juda kam pul topadi. Kichik biznesmen, oyiga bir million dollar daromad qilsa ham, oʻsha jamiyatdagi maktab direktoridan, yoki katta nashrga ishlaydigan jurnalistdan, yoki yuz barobar kam pul topadigan davlat arbobidan mavqesi ancha past boʻladi. Eng qizigʻi buni ular biladilar. Yozuvchilar kam pul topishadi, lekin ijtimoiy mavqesi baland, yoki diplomatlarni yoki harbiylarni va hokazo.

Bu narsani menimcha hamma yaxshi biladi, AQShdagi yoki Yevropadagi jurnalistni yoki olimni, undan yuzlab barobar koʻproq pul topadigan tadbirkordan mavqesi kattaroq ekanligiga hamma ahamiyat bergan boʻlsa kerak.

Lekin bir qiziq narsaga eʼtiborni qaratmoqchiman. Ayniqsa urushdan keyin, koʻp rus boylari shartli gʻarbga koʻchib shu narsani anglashayotgani juda qiziqligini. Ularni koʻrinadigan boyliklari — katta uyi, qimmat avtomashinasi va hokazo, gʻarbiy jamiyatlarda koʻrsatilishi oson, lekin mavqesini oshirishi qiyin boʻlgan narsalar, deyarli imkonsiz. Shuning uchun ular nima qilishadi? Albatta boshida frustratsiya, yaʼni qabul qilish qiyin. Axir ularda millionlab dollarlari bor, lekin gʻarbda hech kim ularni bu uchun hurmat qilmaydi. Ular oʻylashadiki, ancha yil yashasam ularni oʻsha jamiyatlarga qabul qilishlari mumkin, mavqelari oshishi mumkin. Bu ham xato. Bir necha oʻn yillab Angliyada yashagan boylar buni juda anglashadi va farzandlari tugʻilishidan oldin Etonga yozib qoʻyishadi, shoyadki kelajakda farzandlarini mavqesi baland boʻlsin deb.

AQShda ham buni yoʻli bor, lekin doim yaxshi ishlaydi deya olmaymiz. Ulardan biri xayriya. Xayriya bilan xayriyani farqi bor. Masalan, Afgʻonistondan Kaliforniyaga koʻchib kelgan millioner yaxshi biladiki, agar Afgʻonistonga xayriya qilsa uni xayriyasini taʼsir doirasi yuqoriroq. Lekin AQShdagi mavqesi uchun tabiiyki, AQShdagi u kirmoqchi boʻlgan hamjamiyatga pul berishi afzalroq. Shuning uchun ham, Kaliforniya oʻrmonidagi qurt qumursqalarni muhofaza qilish hamjamiyatiga millionlab pul berishni, Afgʻonistondagi ocharchilikdan qiynalayotgan hamqishloqlariga berishdan afzal deb biladi. Baʼzi bir tadbirkorlar AQShni muhim universitetlariga xayriya berishadi — u ham bir umid bilanki, balki shunday xayriya bersam, oʻsha joyni atrofdagilar uni koʻproq hurmat qiladi yoki eng kamida ertaga farzandlarini oʻsha universitetga kirishi osonroq boʻladi. Xuddi shunday yoʻnalish sanʼatga pul ajratish. Sanʼat va madaniyat atrofidagi odamlar ularni qabul qilishi yoki hech boʻlmaganda tadbirlariga chaqirib turishlari uchun, sanʼatga, galereyalarga va shu kabi tadbirlarni moliyalashtirishga pul berishadi. Bir qiziq nuqta shundaki, shu pulga mavqeni sotib olish qimmat turadi. Yaʼni pulga mavqe olish imkonsiz emas — shunchaki nihoyatda qimmat. Yaʼni mavqeni “ayirboshlash kursi” oʻta qimmat. Puli bor lekin mavqesi yoʻq odam, pichchoqa ilinishi uchun kerakli universitetga yoki muhim muzeyga 5-55 million dollar xayriya qilishi kerak. Yaʼni masalan, oʻzi 100 millioni bor odamni mavqesini koʻtarish juda qimmat. Ayniqsa, shubhali daromad manbasidan pul topsa. Lekin shartli Afgʻoniston yoki Rossiyada 100 million dollar bor odamni mavqesi shundoq ham baland boʻladi. Shu narsa koʻpchilikka yaxshi koʻrinmaydi.
3.3K viewsedited  16:36
Ochish/sharhlash
2023-03-24 17:16:01 Twitterda shunga o’xshagan g’oya o’qib qoldim.

Mamlakatning dunyodagi muhimligini AQSh elchilari orqali bilsa bo’ladi.

Agar AQSh elchisi hokimiyatdagi partiyani yutkazgan kandidati bo’lsa - demak muhim mamlakat.

Agar elchi katta donor bo’lsa - o’rtacha muhim mamlakat.

Agar elchi haqiqiy diplomat va ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan odam bo’lsa - muhim bo’lmagan mamlakat.
4.5K views14:16
Ochish/sharhlash
2023-03-23 13:33:21 Safarda tinglash uchun juda qiziq suhbat.

Suhbat 3 soatlik, lekin safarda bo’lsangiz qanday o’tib ketganini bilmay qolasiz.

Tavsiya qilaman.



6.0K views10:33
Ochish/sharhlash
2023-03-23 06:35:09
"УЛАР" лойиҳасининг 35-сони меҳмони ижтимоий тармоқлар орқали Теачер Азам номи билан машҳур - Азам Қаҳрамоний. Биз Азам билан ижодий ва ўқитувчилик фаолияти, "самоцензура", ўзини чегаралаши ва комплекслари, ҳаётий қарашлар ва принсиплари, оилага муносабати, мақсадлари ҳамда кино ва poxer.tv лойиҳаси ҳақида гаплашдик.

Тўлиқ интервьюни кўриш учун:



@ularshow
6.3K views03:35
Ochish/sharhlash
2023-03-21 22:05:37
Putin va Si muzokaralari haqidagi press relizda, Markaziy Osiyo haqidagi fikr. Markaziy Osiyo mamlakatlari suveriniteti haqida, ularsiz kelishib olishibdi.

http://kremlin.ru/supplement/5920
2.6K views19:05
Ochish/sharhlash
2023-03-21 16:08:02
“Демократияга осонликча ўтилмайди” — Жеймс Робинсон билан суҳбат

Ўзбекистонга келган таниқли иқтисодчи, “Мамлакатлар таназзули сабаблари” китоби ҳаммуаллифи Жеймс Робинсон Kun.uz'га берган интервюсида авторитар давлатларда инклюзив институтлар қуриш, мустамлакадан кейин давлатларнинг ривожланиши қийин кечиши, онгли равишда қилинадиган “хатолар” ва китобидаги “пахта қироли” – Ўзбекистонга аталган парча ҳақидаги саволларга жавоб берди.

ТЎЛИҚ СУҲБАТНИ САЙТИМИЗДА КЎРИНГ
3.4K views13:08
Ochish/sharhlash
2023-03-20 19:58:56 Maruza haqida kun.uz

https://kun.uz/71889065
3.3K views16:58
Ochish/sharhlash
2023-03-20 17:53:56 Reportaj:


3.8K views14:53
Ochish/sharhlash