Bir zot, Uvays Qaroniy hazratlarining ziyoratlariga bordi va o | Huzurim | حب 🤍
Bir zot, Uvays Qaroniy hazratlarining ziyoratlariga bordi va oralarida shunday suhbat bo'lib o'tdi: -"Ey Allohning suyukli quli! Menga bir nasihat qiling!" -"Alloh taoloni bilasanmi?" -"Ha, bilaman!" -"Unday bo'lsa, Alloh taolodan o'zga narsalarni bilma. Uning o'zi senga kifoya qiladi!" -"Ey hazrat, menga yana bir nasihat qiling!" -"Nima deysan, Alloh taolo seni biladimi?" -"Ha, albatta biladi!" -"Unaqada, Allohdan o'zgasi seni (kimligingni) bilmasin. Alloh taoloning bilishi, sening uchun kifoyadir!"