Get Mystery Box with random crypto!

Tasmiya

Telegram kanalining logotibi husnora_axadova — Tasmiya T
Telegram kanalining logotibi husnora_axadova — Tasmiya
Kanal manzili: @husnora_axadova
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 419

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-05-07 15:02:20
#Iqror

Munosib boʻlishga intilishim yoʻlida, asli munosib emasligingizni angladim...

P/s: ayni bir shaxs nazarda tutilmaydi!

@Husnora_Axadova
115 viewsedited  12:02
Ochish/sharhlash
2023-05-03 08:49:12
"YENGILMAS" LOYIHASINING 1-SONI

Joriy yilning 27-aprel kuni O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi "Kamalak" bolalar tashkiloti tomonidan suratga olingan "Yengilmas" loyihasining 1-soni premyerasi bo'lib o'tdi.

Mazkur loyiha umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan iqtidorli va noyob iste'dodga ega yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida yo'lga qo'yilgan.

"Yengilmas" loyihasining 1-sonida - Otdan juda ko'p yiqilib, sportni tark etishni istagan, hayotning ko'plab sinovlarida sinalgan, mashaqqatlarga bo'yin egmagan yengilmas qahramon, "Jekson"ning eng yaqin do'sti - Mahmudjon Isamuhamedovning kichik tarixini tomosha qilishingiz mumkin!

"Yengilmas" - yengilmas insonlar tarixi!

@Husnora_Axadova
43 views05:49
Ochish/sharhlash
2023-05-02 17:49:12 Men ketaman,
dilda quvvat yo‘q –
Na kechishga, 
na kechirishga.
O‘rtamizda so‘z bor, 
jur’at yo‘q –
Na aytishga, 
na o‘chirishga.

Men ketaman, 
sening pir bo‘lgan
Hafsalangga 
murid tutinib.
Na bedoru 
na uyqu ingan
Ko‘zlarimga 
bir tush o‘tinib.

Men ketaman, 
qalbim qoladi –
Sobir ketib, 
qolganday sabr.
Va ko‘ksingda 
qabrim qoladi –
Tuprog‘i 
hech sovimas qabr.

Men ketaman, 
tushun, holim yo‘q,
Na kechishga, 
na kechirishga...

Oydinniso

@shomuz – Yo'limiz bir!

P/s: chiroyli sheʼr ekan)
274 views14:49
Ochish/sharhlash
2023-05-02 11:09:51
Kechasi shunaqa chiroqlar ilib, keyin rasmga olsak menimcha boshqa farq qolmasa kerak

Farq damas bilan yaxtada)))

@Husnora_Axadova
134 views08:09
Ochish/sharhlash
2023-05-02 10:26:26
#kayfiyat_uchun

Bugun erta tongdan dadam ikkovimiz Samarqand tomon yoʻl oldik. Biz Toshkentga oʻrganib qolganmiz maktab, litsey, universitet, ish hammasi Toshkentda boʻlgani uchunmi Samarqandga juda kam kelamiz. Bundan xafa boʻlgan dadam xirgoya qildilar:
- "Samarqand deya atalur, uni sevib el tilga olur". Samarqand baribir boshqachada.
Hayron qolgan men:
- Samarqand???
Bizga maktabda "Oʻzbekiston deya atalur, uni sevib el tilga olur" deb oʻqitishgandiku!
Dadam:
- Oʻzi asli Samarqand deb yozilgan, ikkichimisan
- Juda aʼlochi boʻlgan ekansiz

Rasmda Samarqandning Bulvar degan joyi)

@Husnora_Axadova
133 viewsedited  07:26
Ochish/sharhlash
2023-05-01 15:46:30
Men eng goʻzal edim
Mashhur edim
Juda koʻp doʻstlarim bor edi
Millioner edim
Juda koʻp mashinalarim bor edi

"Har jon oʻlimni totguvchidir, Va soʻngida bizga qaytguvchidir"

Ankabut 57.



@Husnora_Axadova
162 viewsedited  12:46
Ochish/sharhlash
2023-04-30 23:14:19 Insonlarning aksariyati samimiyatni his qila olishmaydi. Oʻzlarini xuddi samimiydek koʻrsatishadi... Aldanib-aldanib butun hayollaringda, amallaringda unga yaxshiliklarni ravo koʻrasan, koʻnglingga yaqin olasan. Ammo baribir bilishmaydi. Bir kun aslida sening hech bir ziyoning, yomonliging tegmaganini, koʻproq ularning foydasiga harakat qilganingni anglashadi.

Hidoyat bersin
172 viewsedited  20:14
Ochish/sharhlash
2023-04-29 22:06:34
Miftahiyning "Biz gunohdan qanday tiyilamiz?" kitobini mutolaa qilib koʻring. Ajoyib asar ibratli hikoyalari, qissalari, hadislarini oʻqib juda koʻp ilm olishingiz mumkin.

Endi esa navbat Doktor Oiz Qarniyning "Nihoyat saodatni topdim!" asariga. Oʻqib borish davomida asarning eng qaymoq joylarini boʻlishaman.

Kitobxonlar koʻp deb oʻylayman oramizda, ular uchun qoʻyilayotgan postlar manfaatli boʻlsa xursand boʻlaman. Agarda kuzatuvchilar orasida zerikayotganlar boʻlsa va sahifani tark etsa, xafa boʻlmayman) Har kim bozordan oʻz ehtiyojiga qarab xarid qiladi.

Xayrli tun yaxshilar

@Husnora_Axadova
204 views19:06
Ochish/sharhlash
2023-04-29 21:43:07
Anchadan beri maʼlumotni kanalda yozib qoldiraman deb, vaʼdamni ustidan chiqa olmayotgan edim)

Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasida ochilgan "Qurʼon va tajvid" kursi:
✓ kurs davomiyligi - 3 oy
✓ ishonchli va rasmiy joy
✓ 0 dan boshlab, harflardan oʻrgatishadi
✓ qizlar uchun alohida oʻgʻil bolalar uchun alohida guruhlar tashkil qilinadi
✓ darslar davomiyligi 1.5 - 2 soat
✓ kursga yozilish uchun roʻyxatdan oʻtasiz pasportingiz nusxasini taqdim etasiz, rektor nomidan buyruq chiqadi va shundan soʻng kursga qoʻshilishingiz mumkin boʻladi.
✓ vaqtingizga qarab kunning birinchi qismida soat 9:00da va 11:00da, kunning ikkinchi qismida soat 16:00dan darslar tashkil qilinadi.
✓ qoʻshimcha maʼlumotlar uchun @AbuXadicha manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Manfaatli boʻlsin

@Husnora_Axadova
195 viewsedited  18:43
Ochish/sharhlash
2023-04-29 21:23:25 #ilm_boʻlsin

Bir kuni bir kishi loyda kiyimlarini yigʻishtirib olib va oyoqlari toyib ketishidan qoʻrqib, nihoyatda ehtiyot boʻlib yurib ketayotgan edi. Lekin bir joyda oyogʻi toyib ketdi va loyga qulab tushdi. Biroz oʻylanib turib yurib ketdi. Endi, oʻrtada aynan loyning ichidan yura boshladi. Chunki, loy badan va kiyimlarga tegib boʻlgach, unda "Endi nega ehtiyot qilayin?" degan oʻy boʻldi. Keyin vaqt oʻtib yigʻlay boshladi va shunday dedi: "Bandaning holi ham aynan shundayki, gunohdan saqlanaveradi va ehtiyot boʻlib yuraveradi. Lekin, bir ikki gunoh qilib qoʻysa, u holda gunohlarga shoʻngʻiy boshlaydi".

Shubhasiz, gunohning jazosi - gunohdan keyin gunohdir va yaxshilikning mukofoti - yaxshilikdan keyin yaxshilikdir.

@Husnora_Axadova
160 views18:23
Ochish/sharhlash