2023-04-11 21:11:07
Sheʼriyatga qiziqadiganlar bormi?
Boʻlsa, kimlarning sheʼrlarini mutolaa qilasiz?
Masalan, men kechasi koʻp sheʼr oʻqiyman. Usmon Aʼzim, Erkin Vohidov, Abdulla Oripovlarning sheʼrlarini koʻp oʻqiyman.
Zamondoshlarimizdan esa Guljamol Asqarova, Malika Tavfiq, Madina Norchayeva, Suhrob Ziyo, Kumush Oʻsarova va boshqa koʻplab ijodkorlarning sheʼrlarini oʻqiyman.
Shu bilan birga havaskor, ijodkor Azizbek Ochilboyevning sheʼrlari mutolaasini ham kanda qilmaymiz)
Oʻzim sheʼr yozmay qoʻydim, bilmadim nega)
Faqat oʻqiyapman.
Oʻzingiz yaxshi koʻrgan ijodkorlarning ism familiyasi yoxud tahallusini qoldiring)
@Husnora_Axadova
160 viewsedited 18:11