Get Mystery Box with random crypto!

Tasmiya

Telegram kanalining logotibi husnora_axadova — Tasmiya T
Telegram kanalining logotibi husnora_axadova — Tasmiya
Kanal manzili: @husnora_axadova
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 419

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 50

2022-07-10 07:59:43
Eʼtibor uchun tashakkur
Bayram muborak

@Husnora_Axadova
72 views04:59
Ochish/sharhlash
2022-07-09 13:14:57
Qadariga rozi boʻlgan qalblar mahzun boʻlmaydi.
Qadarimiz qadar suyunamiz inshaAlloh

@Husnora_Axadova
57 views10:14
Ochish/sharhlash
2022-07-09 06:46:55
"Alloh sizdan va bizdan solih amallarimizni qabul qilsin"

Qurbon hayiti muborak boʻlsin

@Husnora_Axadova
72 views03:46
Ochish/sharhlash
2022-07-06 23:06:34
#tungi_mutolaa

Oʻlgin deding - yerga koʻmding -
Ildiz boʻldim.
Koʻkka otding - yoʻq boʻl deding -
Yulduz boʻldim.
Tilim kesding - tilim aytdi
Rost kalima...
Qiyin boʻldi senga shoʻrlik
Dushmanim-a?!
Dushmanim-a toshlar otib
Toʻymaydursan.

Tuproq boʻlay, desam, nega
Qoʻymaydursan?....


Oʻzbekiston xalq shoiri
Usmon Azim


@Husnora_Axadova
62 views20:06
Ochish/sharhlash
2022-07-06 07:58:01 Gender tengligini qanday tushunish kerak?

Qisqacha: O‘zbekistonda olib borilayotgan gender siyosatini qo‘llab-quvvatlamayman
.

Aslida gender tengligi termini iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy imkoniyatlarga insonlarning jinsidan qat’iy nazar teng imkoniyat berilishini ifodalashi lozim. Ularning shunchaki teng bo‘lishi muhim emas, balki jinsi tufali biror haqidan mahrum etilmasligiga urg‘u beraman.

Jamiyatda hokimiyatni egallashda va ta’sir doiralarning bo‘linishida jinsiy tenglikni yaratish ayollarni shunchaki ko‘paytirish shart emas. Ularga imkoniyat yaratish, jinsiy kamsitishning barcha ko‘rinishiga barham berish kerak, bo‘ldi.

Oila, ta’lim maskani, ish o‘rni va media bu masalada yakdil bo‘lishi darkor. Shu bilan birga, ayolning ishlamaslik, konservativ yashash huquqi olabo‘ji ko‘rsatilmasligi kerak. Bir tanishim aytgandi: Islomiy oiladagi ayollarning o‘rni va ehtiromi barcha oilada bo‘lganda Gʻarb davlatlari feminizm haqida bong urmasdi.

Ko‘plab muslimalar ham o‘qib, katta lavozimlarda ishlashni istaydi, ammo ularning rivojlanishi uchun (oddiy) e’tiqodini saqlab qola oladigan ish sharoiti (work ethic) ham yo‘q. Bu ham gender tengligini yo‘qqa chiqaradi.

Mamlakatda faqat liberal qarashli, progressiv ayollar uchun yo‘l ochilishi, konservativ (yaxshi ma’noda) va dindor qatlamning huquqlariga qo‘yilgan cheklovlar hech qachon gender tengligini ta’minlay olmaydi.

Alisher Ro'zioxunov

@Husnora_Axadova
94 views04:58
Ochish/sharhlash
2022-07-06 07:57:56
@Husnora_Axadova
89 views04:57
Ochish/sharhlash
2022-07-05 14:28:10 Эшиттиларми қизларга янги сарпо чиқибди

Тезда шуни маҳаллага оммалаштириб юборайлик. Сарпога илм, билим ва тарбия беришаётган эмиш.

Сарпосида бу нарсалари бор қизлар бахтли экан, фарзандларига яхши тарбия, яхши билим бериб миллатни шакллантиришаркан.

Сарпосида шу нарсалари бор қизларни ажримлари ҳам кам эмиш. Чунки ундай қизлар ўзига умр йўлдош танлашда ўзига мосини, ўзи каби билимли, ўқимишли тушунадиган эрларни танлашармуш.

Маҳалладаги хотинларга етқазинг, тез борибб қизларига шундай сарполар қилишсин.

@nurbekalimov
108 views11:28
Ochish/sharhlash
2022-07-04 15:49:12
#mutolaa_zavqi
#alhamdulillah

Oxirgi ikki kun tinch, kimsasiz joy qidirdim. Boshlagan asarimni tezroq oʻqish uchun! Negaki, bu asarda yashadim, ich ichimdan asarni his qildim. Agar oʻqiyotgan asaringizda "yashamasangiz" vaqtingiz behuda oʻtgandek boʻladi.

Qisqa qilib aytsam, asarni oʻqish davomida asar qahramoni Maryam bilan oʻzimni solishtirdim, oʻzimni yomon koʻrishga ham ulgurdim. Tugʻulishidan oldinoq Alloh yoʻliga baxshida qilingan umrini, kun-u tunlarini faqat ilm olish, Allohning zikri bilan oʻtkazishini barcha barchasini nuqta, verguligacha hayajon, entikish bilan oʻqidim. Ham ruhan, ham maʼnan, jisman tarbiyalovchi asar boʻlibdi. Ichimdagi hislarni soʻzlar bilan taʼriflab bera olmayabman goʻyoki, vaqtingizni ayamasdan oʻqib koʻring afsus qilmaysiz.

Qalbingiz, ruhingiz va jismingiz islohi uchun oʻqing!

Kitob uchun tashakkur @azizmalikovs

@Husnora_Axadova
134 viewsedited  12:49
Ochish/sharhlash
2022-07-03 18:14:46
#milliy_art

Oʻzbegim

@Husnora_Axadova
144 views15:14
Ochish/sharhlash
2022-07-02 19:04:39
"Inson nafsiga qarab til yugurtiradi. Ikkalamiz ham lab qimirlatmadik. Oʻgʻzimizga qulf solib, qalb maydonida soʻzlashdik..."

Nuriya Cheleen
"Qalb iffati"

@Husnora_Axadova
161 viewsedited  16:04
Ochish/sharhlash