Get Mystery Box with random crypto!

#ilm_boʻlsin Bir kuni bir kishi loyda kiyimlarini yigʻishtir | Tasmiya

#ilm_boʻlsin

Bir kuni bir kishi loyda kiyimlarini yigʻishtirib olib va oyoqlari toyib ketishidan qoʻrqib, nihoyatda ehtiyot boʻlib yurib ketayotgan edi. Lekin bir joyda oyogʻi toyib ketdi va loyga qulab tushdi. Biroz oʻylanib turib yurib ketdi. Endi, oʻrtada aynan loyning ichidan yura boshladi. Chunki, loy badan va kiyimlarga tegib boʻlgach, unda "Endi nega ehtiyot qilayin?" degan oʻy boʻldi. Keyin vaqt oʻtib yigʻlay boshladi va shunday dedi: "Bandaning holi ham aynan shundayki, gunohdan saqlanaveradi va ehtiyot boʻlib yuraveradi. Lekin, bir ikki gunoh qilib qoʻysa, u holda gunohlarga shoʻngʻiy boshlaydi".

Shubhasiz, gunohning jazosi - gunohdan keyin gunohdir va yaxshilikning mukofoti - yaxshilikdan keyin yaxshilikdir.

@Husnora_Axadova