Get Mystery Box with random crypto!

Tasmiya

Telegram kanalining logotibi husnora_axadova — Tasmiya T
Telegram kanalining logotibi husnora_axadova — Tasmiya
Kanal manzili: @husnora_axadova
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 419

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 12

2023-03-04 03:54:15 Baxt - bu bomdodga uxlab qolay deganingda, onang kelib uygʻotishidir
71 views00:54
Ochish/sharhlash
2023-03-03 22:48:32
Alloh bizni ham baytiga chorlasin

@Husnora_Axadova
99 views19:48
Ochish/sharhlash
2023-03-03 21:21:09
Amerikalik taniqli katolik ruhoniysi Xilarion Xigi islomni qabul qilib, o‘z qarorini “Islomga qaytish” deb atadi va bu holatni "uyga qaytishga o‘xshaydi” deydi.

@Husnora_Axadova
124 viewsedited  18:21
Ochish/sharhlash
2023-03-03 16:12:26
Hammamizdan eng yaxshisan, eng goʻzalsan shu holingda...

Borar holimizni goʻzal qilgin

@Husnora_Axadova
157 viewsedited  13:12
Ochish/sharhlash
2023-02-28 19:04:33
Go‘zallikni eltib jahonga,
Sano aytib har o‘tgan onga,
Jamolingga bo‘lib mahliyo,
Istarangdan olgancha ziyo-
Bizga iqbol tilarmish bahor,
Bugun tunda kelarmish bahor...

@Husnora_Axadova
119 views16:04
Ochish/sharhlash
2023-02-27 21:38:38 Allohning nazdida qanday insonligingizni va qay darajaga yetayotganingizni bir narsadan ilgʻab olishingiz mumkin ekan. Sizni U nimalar bilan va kimlar bilan mashgʻul qilib qoʻyganiga, koʻnglingizni nimalarga yoki kimlarga moyil qilib qoʻyganiga diqqatli boʻling. Siz shugʻullanayotgan ish, siz suhbat qurayotgan davra qanchalik toʻgʻri va foydali?! Qabrlarda zor yigʻlab bir kungina tirilib, taqvo qilishga oshiqayotganlar bilan bir paytda biz, tiriklar vaqtimizni biror manfaat ulashib oʻtkaza oldikmi?!

Uyga qaytayotib bir suhbat bexosdan qulogʻimga chalindi:
- Qizim, namoz oʻqishni bilmasa nima qilibdi, qurʼon oʻqishni bilmasa oʻzing oʻrgatasan bu savobku.
- Ona men gaplashdim, uning dardi dunyo, tashvishi dunyo! Alloh bergan shuncha neʼmatga rahmat sifatida ikki rakat namoz oʻqib Allohga sadoqat qilolmayotgan inson menga vafo qilarmidi?

Oʻyga choʻmib qoldim... Aslida boshimizdan oʻtyapti, shoshmaslikka harakat qilyapmiz. Ich-etimni yegan bir narsa "Toyyibatun toyyibin"! Demak, men oʻzim istagan darajadagi qaysidir insonga hali munosib emas ekanman!


Xulosa albatta oʻzimizdan...

@Husnora_Axadova
103 views18:38
Ochish/sharhlash
2023-02-27 21:38:35
@Husnora_Axadova
100 views18:38
Ochish/sharhlash
2023-02-26 18:51:52
Insonning qadrini oshiradigan narsa uning iymonidir. Hadisi sharifda soliha ayol iymonning yarmi ekani aytiladi. Qanday yuksak baho!
Munosiblardan qil

@Husnora_Axadova
164 views15:51
Ochish/sharhlash
2023-02-25 12:24:26
BAHOR SOGʻINCHI

Qahri bilan zeriktirdi qish,
Tashrifinga zorman bahorim.
Bahor bilan boraman deya,
Seni kutib turganmish yorim

Intiq emish senga yorim ham,
Intizorlik, zorlik oni bu.
Axir seni kutgani kabi,
Hatto meni kutmagandi u.

Qorlar yog‘di, ko‘p qorlar yog‘di,
Zorlar bosib ketdi dilimni.
Bu qorlarda zo‘rg‘a asradim,
Yuragimda o‘sgan gulimni.

@Husnora_Axadova
115 views09:24
Ochish/sharhlash
2023-02-24 06:52:23 Goho qo'l uchida qildik ibodat,
Dunyo ishlariga joni halakmiz...

@Husnora_Axadova
159 views03:52
Ochish/sharhlash