Get Mystery Box with random crypto!

BAHOR SOGʻINCHI Qahri bilan zeriktirdi qish, Tashrifinga zo | Tasmiya

BAHOR SOGʻINCHI

Qahri bilan zeriktirdi qish,
Tashrifinga zorman bahorim.
Bahor bilan boraman deya,
Seni kutib turganmish yorim

Intiq emish senga yorim ham,
Intizorlik, zorlik oni bu.
Axir seni kutgani kabi,
Hatto meni kutmagandi u.

Qorlar yog‘di, ko‘p qorlar yog‘di,
Zorlar bosib ketdi dilimni.
Bu qorlarda zo‘rg‘a asradim,
Yuragimda o‘sgan gulimni.

@Husnora_Axadova