Get Mystery Box with random crypto!

Hubbuna

Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna H
Kanaldagi mavzular:
Аёллар
Tabassum
Эркаклар
Iqtibos
Izhor
Muammo
Oila
Савол
Shunchaki
Muhabbat
All tags
Telegram kanalining logotibi hubbuna — Hubbuna
Kanaldagi mavzular:
Аёллар
Tabassum
Эркаклар
Iqtibos
Izhor
Muammo
Oila
Савол
Shunchaki
Muhabbat
All tags
Kanal manzili: @hubbuna
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 21.16K
Kanalning ta’rifi

Ma'lumotlardan ko‘chirilganda link ko‘rsatilmasa, rozi emasmiz!
Asoschi: @GiyosiddinYusuf
Savollar uchun: @Yechimhubbunabot
Reklama: @Hubbuna_uz

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 180

2021-12-16 17:00:38
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
8.4K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-12-16 15:00:32 ​​Ba'zilar "Allohim falon narsa bo'lsa ham", "Falon narsa bo'lmasa ham" deb "badal berib" duo qiladi. Masalan, "Million-million pul bermasang ham shirin-shakar farzandlar ber" deganini o'qib qoldim. Million-millionni ham, shirin-shakar farzandlarni ham so'rayvering. Allohning mulki kamayib qolmaydi. Siz xayolingizga siqqan jamiki narsalarning o'n barobarini bersa ham U Zotning mulki nuqsonga uchramaydi.

So'rashdan emas, so'ramaslikdan xijolat bo'ling. Alloh bandasining so'rashini yaxshi ko'radi. Ko'p-ko'p so'rayvering.

#Duo odoblaridan

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
9.5K views12:00
Ochish/sharhlash
2021-12-16 10:48:36
Islomiy oilada muammo bo'lmaydi deb o'ylamang. Har qanday oilada muammo bo'ladi, faqat oilada nima muammo yuzaga kelsa, uni Qur'on va Sunnatga qaytaradigan oila baxtli – islomiy oiladir.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
8.9K views07:48
Ochish/sharhlash
2021-12-16 06:00:05 #Savol: Nomahram qiz va yigit ota-onalar roziligi bilan non sindirilib fotiha qilingan . Hozirda telefon orqali gaplashib turishadi va ko'rishib, biron joyga ovqatlanishga borib turishadi. Bu ish gunoh ekanligini bilamiz . Ular qanday yo'l tutsa bo'ladi ? To'ylari yoz oyiga belgilangan. Hozir nikoh o'qitib qo'yib , gaplashib yursa bo'ladimi yoki nikoh o'qilgandan keyin birga yashashlari shartmi?

Javob: Nikohsiz gaplashish mumkin emas. Yo nikoh o‘qitib olinglar (kattalar roziligi bilan), yoki to‘ygacha sabr qilinglar. Nikoh o‘qitgandan keyin darhol birga yashash shart emas.

#Nikoh

Bizga kelgan savollardan

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
9.1K views03:00
Ochish/sharhlash
2021-12-15 19:31:03 : Jannatni orzu qilgan mo'minlar
Suxandon: Bintu Muxtor
Muallif: G‘iyosiddin Yusuf

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
4.2K views16:31
Ochish/sharhlash
2021-12-15 18:15:00 ​​Kursdosh qizlar bilan yigʻilish

#Savol: Assalomu alaykum. Turmush oʻrtogʻim koʻp marotaba kursdosh qizlar bilan yigʻilishib turishadi. Men esa bundan judayam xafa boʻlaman, chunki uchrashganda bemalol bir dasturxonda oʻtirib, gaplashib, ovqatlanib oʻtirishadi. Gapirsam, men erkak kishiman deydilar. Bunga Islom dini nima deydi?

Javob: Islom nomahram ayollar nomahram erkaklar bilan bir dasturxonda oʻtirishni taqiqlaydi.

Alloh yanada biluvchi.

Mubashshir Ahmad

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.9K views15:15
Ochish/sharhlash
2021-12-15 17:00:42
@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
5.9K views14:00
Ochish/sharhlash
2021-12-15 15:00:01 Farzand tarbiyasiga doir umumiy maslahatlar

Farzandizning yoshiga qarab Qur'on o‘qishni o‘rgating.

Payg‘ambarlar, sahobalar, ulamolarning hayotidagi ibratli qissalarni aytib bering. Shunda bolalar multqahramonlarga emas, ularga o‘xshashga harakat qiladi.

"Bolajonim seni bizdan ham ko'proq yaxshi ko'radigan zot bor", — deya Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamni ularga taniting va u zotga bo'lgan muhabbatlarini oshiring.

Farzandingizni "Ana do'xtir kelyapti, hozir ukol qiladi yoki hozir o'qituvchingga telefon qilaman", deya qo'rqitmang. Bolada bu kasb egalariga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqarishingiz mumkin.

Haddan ortiq qattiqqo'llik va kaltaklash bilan qilingan tarbiya natijasida bola yolg'onchi, qo'rqoq va ikkiyuzlamachi bo'lib voyaga yetadi.

Ovqatlanishni boshlashdan oldin farzandizga eshittirib" Bismillah" dan boshlang. U ham sizga taqlid qilib bunga odatlanadi.

Farzandlaringizga qiziqarli viktorinalar uyushtiring. Bunda albatta uning yoshini hisobga oling. Haddan tashqari qiyin savollar bolaga aks ta'sir qilishi, qiziqishi yo'qolishi mumkin.

@IbnuYusuf — ota-onalar va bolalar kanali
6.5K views12:00
Ochish/sharhlash
2021-12-15 10:30:00
#Tabassum

Shirinlik va ayolsiz dunyoning ranginligi yo'qoladi.

Menga o'xshagan shirinlik shaydolari uchun. Ikkinchisi hammaga yoqadi!

@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
7.3K views07:30
Ochish/sharhlash
2021-12-15 08:00:27
Ehsonni arzimas sanamang. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam "Yarimta xurmo bilan boʻlsa ham doʻzaxdan saqlaninglar" deganlar.

Demak, ehson berishda bu oz, qanday beraman deb uyalmaslik kerak ekan, qabul qiluvchi ham arzimas sanamasin.

Ehsonga eng munosib kishi avval o'zimiz, keyin oilamiz, yaqinlarimizdir.

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
8.0K views05:00
Ochish/sharhlash