Get Mystery Box with random crypto!

«Onamning deganlari» Kichikligimda onam shunday der edi: « | Hubbuna

«Onamning deganlari»

Kichikligimda onam shunday der edi: «Qizg‘anchiq bo‘lma, nimangki bo‘lsa, do‘stlaring bilan bo‘lish, ammo yoningga faqat konfet olish uchungina keladiganlarni eslab qol. Ular senga do‘st emas».

Qum o‘ynar ekanmiz, shunday der edi: «Agar qum yesang, qorningda muzqaymoq yegani joy qolmaydi!»

Maktabga kuzatar ekan, derdi: «Kelajakda nimani xohlasang, shuni qilish uchun o‘qi, nima qo‘lingdan kelsagina, bajarish uchun emas».

Nimadandir siqilib, yig‘laganimda shunday derdi: «Kimga buncha rahming kelyapti? O‘zinggami? Bo‘lib o‘tgan narsadan xulosa chiqar. Ko‘z yoshlardan esa yuzga erta ajin tushgani qoladi, xolos».

Biror xatoga yo‘l qo‘yganimda derdi: «Xato qilish – bu normal holat. Asosiy masala – xatolar ustida ishlashda».

Onam umr bo‘yi shunday dedi: «Oxirgi narsangni berma, boshqalarga qaram bo‘lma, nimani berolsang, shuni va’da qil, birinchi navbatda o‘zingga ishon».

«Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida