Get Mystery Box with random crypto!

GINEKOLOGIYA (AYOLLAR SALOMATLIGI)

Telegram kanalining logotibi gynecology_uz — GINEKOLOGIYA (AYOLLAR SALOMATLIGI) G
Telegram kanalining logotibi gynecology_uz — GINEKOLOGIYA (AYOLLAR SALOMATLIGI)
Kanal manzili: @gynecology_uz
Toifalar: Sogʻlom
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.35K
Kanalning ta’rifi

“GINEKOLOGIYA” kanalida ayollar salomatligini saqlashga doir ma’lumotlar berib boriladi.
Reklama uchun: 👉 @Tibbiy_reklama1

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 2

2022-08-08 13:16:02 #ayol #homiladorlik

HOMILADORLIKNING ANIQ BELGILARI

Taxminiy va ehtimolli belgilar homiladorlikning birinchi uch oyligida yuzaga chiqar edi. Aniq belgilarning asosiy qismi homiladorlikning ikkinchi uch oyligida aniqlanadi.

Homilaning yurak urishi eshitiladi (vrach-akusherning stetoskopi yordamida);
Homilaning harakatlari seziladi (birinchi marta tug'uvchilarda- 18-20 haftada, qayta tug'uvchilarda - 16-18 haftada);
Homilaning yirik va mayda bo'laklari yoki shu bo'laklarning harakati paypaslanadi (2- uch oylikning boshlarida);
Rentgenogramma va UTT da homilaning skeleti ko'rinadi;

Aniq belgilar barchasi homilaning bachadonda joylashganiga asoslanadi.

Ammo eng ishonchli va aniq maʼlumotni UTT (UZI) beradi. Yana bir qulay tarafi shuki, bu usul bilan homiladorlikni ancha vaqtli aniqlash mumkin.

Qorin orqali odatiy UTT da homilani 4-5 haftalikda, qin orqali UTT da esa 3,5-4 haftaligida aniqlash mumkin.

Rasmda:
Chapda - qin orqali UZI.
Oʻngda - qorin orqali UZI;

Doctor Ergashev

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w
4.4K views10:16
Ochish/sharhlash
2022-08-08 11:44:05
#homiladorlik

Homiladorlik va dori vositalari

Bilamizki, homiladorlik davri 3 ta 3 oylik, ya'ni trimestrga bo'linadi. Bularning ichida birinchi 3 oylik eng nozik davr hisoblanadi. Bu davrda nazoratsiz isteʼmol qilingan dorilar homilaning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatib, oqibatda nuqsonli tug'ilishi yoki rivojlanmay qolib ona qornida nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Birinchi 3 oylikning bunday "bomba" davr ekaniga sabab homila va ona o'rtasida yo'ldosh (platsenta) shakllanmaganidir. U birinchi 3 oylikning oxirida shakllanadi hamda ikkinchi va uchinchi 3 oyliklarda homilaga turli dorilar va viruslarni o'tkazmaydi.

Hurmatli yangi kelinlar! Homiladormisiz yoki yo'qligini aniq bilmasangiz qaynonangiz aytgan dorilarni vrach maslahatisiz ichmang!!! Bu holat o'zingiz va bo'lajak farzandingiz hayotiga xavf soladi...

Ikkinchi va uchinchi 3 oyliklarda ham dorilarni albatta vrach maslahati bilan iching!

@GYNECOLOGY_UZ
3.9K views08:44
Ochish/sharhlash
2022-08-07 20:37:53
Ҳар бир аёл билиши шарт бўлган ҳолат ёки ҳайз нима?

Ҳайз
– менструал циклнинг бир қисми бўлиб,
у қонли ажралмалар кўринишида ҳар ойда 3–7
кун давом этади. Биринчи ҳайз ёки менархе
жинсий балоғат ва фертиллик даврининг бошланишидан далолат беради. Биринчи ҳайз одатда 11–14 ёшда келиши керак; аммо 8–10 ёки 15-16
ёшда ҳам ҳайз кўриш мумкин. Бундай ҳолатларда қизларда гинекологик муаммолар ёки гормонал бузилишлар бўлиши эҳтимоли бор.

@GYNECOLOGY_UZ
4.0K views17:37
Ochish/sharhlash
2022-08-05 16:03:44
Homiladorlik davrida bosh aylansa nima qilish kerak?

Bosh aylanishining oldini olish yoki kamaytirish uchun sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, ko‘proq suv ichish, harakatlanishga qulay kiyim kiyish hamda shifokor tomonidan tavsiya qilingan dori-darmonlarni qabul qilish maqsadga muvofiq.

Bosh aylanishi hammada turlicha sezilishi mumkin:
- koʻz oldi xiralashishi;
- muvozanatni yoʻqotish;
- yengil koʻngil aynish;
- tana nazoratini yoʻqotish hissi.

Homiladorlikda bosh aylanishi sabablari, uni boshqarish hamda oldini olish yo‘llari bo‘yicha quyidagi maqolada maʼlumotlarga ega bo‘lasiz.

Maqolani o'qish uchun link: https://lalu.uz/homiladorlikda-bosh-aylanishi

Mobil ilova | Instagram | Telegram
4.4K views13:03
Ochish/sharhlash
2022-08-05 11:11:02 BOLANI SUTDAN QANDAY CHIQARISH MUMKIN

Bolani ko’krakdan chiqarish imkon qadar osonroq kechishi uchun asta-sekin uni sutkasiga 1-2 marta, faqat ertalab va kechqurun emizish tartibiga o’tish, ya’ni bola kun davomida emishni talab qilmasligiga erishish kerak. Bu holda bola bir necha kecha boshqa oila a’zosi bilan, onasidan alohida ravishda uxlashi kifoya. Ushbu uslubning afzalliklari:

Bola ona suti hidini sezmaydi;
Otasi yoki buvisi uni tinchitib, ovutib, unga suv yoki kompot berishi mumkin;
Ona bolani sutdan chiqarish yoki uni ko’krakka qo’yish tanlovi orasida arosatda qolmaydi.

Agar chaqaloq har bir ovqatlanishdan so’ng onasining sutini emishga o’rganib qolgan bo’lsa, unda emizishni keskin to’xtatish bolaga salbiy ta’sir ko’rsatishi va hatto isteriyaga olib kelishi ham mumkin. Bu holda sutdan ajratish usuli boshqacha bo’ladi. Bir muncha vaqt davomida oldin bolani kunduzi emizishdan ayirish, uning e’tiborini mazali sharbat, kompot, toza suv bilan chalg’itish kerak, shundan so’nggina bolani kechki emizishdan chiqarish ham mumkin bo’ladi. Bundan tashqari, boshqa tavsiyalar ham mavjud:

Emizish odatini o’zgartiring: bola uchun odatiy bo’lmagan sharoitlarda emizing, masalan o’ng tomonga yonboshlab emas, chap tomonga yonboshlab emizish;
Emizish vaqtlariga o’zgartirish kiriting;
Boshqa atir-upalardan foydalaning, bola o’rgangan hidlarni sezmasa, begonasirab, kamroq ema boshlaydi.

Muqaddas kitobimiz Qurʼoni Karimda (Baqara surasi, 233-oyat) bolani ikki yoshgacha emizish kerakligi keltirilgan.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w
4.1K views08:11
Ochish/sharhlash
2022-08-05 08:40:19
#temir

Homiladorlik va emizikli davrda temir preparatlari qabul qilish

Amaliyotda sinalgan effektiv preparatlar bu Maltofer, Gino-Tardiferon va Ferrum-Lek!

Har kunlik qabul qilinadigan doza - 80-100 mg temir elementi.

Bu miqdor har bir dori bo‘yicha quyidagicha:
Gino-Tardiferon - 1 tab. (Chaynamasdan, tishga tegizmasdan butunligicha yutiladi va ortidan 200 ml suv ichiladi)
Maltofer - 1 tab. (Chaynab yoki butunligicha yutiladi, oz miqdordagi suv bilan)
Maltofer sirop - 10 ml (qopqog‘ida o‘lchanadi va oz miqdordagisharbat yoki kompotga qo‘shib ichiladi).
Ferrum Lek - 1 tab. (Chaynab yoki butunligicha yutish mumkin)
Ferrum Lek sirop - 10 ml (dozali qoshiqchasi bo‘ladi va o‘shanda o‘lchab olinadi, sharbat yoki kompotga qo‘shiladi).

Davolash kursi 1-2 oy davom etadi. Undan oshirish homilada gemosideroz rivojlanishiga olib kelishi mumkin

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w
3.4K views05:40
Ochish/sharhlash
2022-08-05 06:26:56 TUXUMDON KISTALARI

Kista - bu tuxumdonning yaxshi sifatli hosilasi boʻlib, ichida tiniq suyuqlik saqlovchi pufakdan iborat.

Tuxumdon kistasimon hosilalarining bir necha turi mavjud boʻlib, oʻz navbatida ularning kelib chiqishi, belgilari va davolanishi ham har xil.

SABABLARI

Kistalarning turlari ham ularni keltirib chiqargan omilga koʻra ajratiladi:

Follikulyar kistalar - tuxumdondagi follikulaning cho'zilgan qobig'idan hosil boʻladi, sababi esa tuxumdondagi yalligʻlanish kasalliklari yoki gormonal buzilishlar;

Funksional kistalar - tuxumdon "chiqib ketmagan" tuxum hujayradan yoki ovulyasiya bilan bogʻliq boshqa muammolar tufayli paydo boʻladi. Ular vaqtinchalik kistalarga juda o'xshaydi (bu hosilalar koʻpincha oʻzi yoʻqolib ketadi);

Anomal kistalar - yo'qolib ketmaydigan funksional kistalar, ular o'sishga moyil boʻladi.

Bundan tashqari kistalar paydo bo'lishiga sabab nasliy moyillik ham bo'lishi mumkin!

BELGILARI

Qorinning pastki qismida tortuvchi yoki simillovchi ogʻriqlar, baʼzan ogʻriq qinga uzatiladi;
Ovulyatsiya buzilishi;
Bepushtlik;
Katta hajmli kistalarda - qorin oʻlchami kattalashadi;
Oʻtkir ogʻriq va isitma - kista buralib qolgan va yiringlagan holda.

DIAGNOSTIKA

Jarroh yoki ginekolog bu kasallikni boshqa kasalliklar bilan taqqoslab diagnoz qoʻyadi.

Eng informativ tekshirish usullari:
UTT (UZI);
Biopsiya.

DAVOLASH

Davosi kistaning joylashishi va o'lchamiga koʻra har xil boʻladi:

Kichik hajmli kistalar gormonal preparatlar va yalligʻlanishga qarshi vositalar yordamida davolansa, kattalari xirurgik yoʻl bilan olib tashlanadi. Oʻng va chap tuxumdondagi kistalar bir xil davolanadi.

Kistani qanday davolashni faqat vrach hal qiladi!!!

XAVF

Katta kistalar yorilishi mumkin, natijada oʻtkir yalligʻlanish yuzaga keladi.

Kista oyoqchasining buralib qolishi oʻtkir peritonit (qorinpardaning oʻtkir yalligʻlanishi) ga olib keladi.

Ikkala tuxumdonda bir vaqtda kista boʻlishi ayniqsa xavfli.

XAVF GURUHI

Kista hamma ayolda ham boʻlishi mumkin, ammo oldindan gormonal oʻzgarishi bor ayollarga e'tiborliroq boʻlish lozim.

PROFILAKTIKASI

Muntazam ravishda profilaktika maqsadida ginekolog qabulida boʻlish.

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w
3.6K viewsedited  03:26
Ochish/sharhlash
2022-08-03 12:13:02 Vaginit

(kolpit) – kasallik chaqiruvchi mikroblar tasiri tufayli qin shilliq qavatining yalliglanishi, ginekologiyada eng keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Tug’ruq yoshidagi ayollarning uchdan bir qismida uchraydi.

SABABLARI:

- Jinsiy yo’l bilan yuquvchi infeksiyalar; - Tuxumdon faoliyatining pasayishi; - Infeksion kasalliklar; - Bachadon va ortiqlarning yallig’lanish kasalliklari; - Ichak disbakteriozi; - Moddalar almahinuvi buzilishi; - Ximik va termik tasirlar; - Bolalarda (5-12 yoshda) qon bilan qinga mikrob tushishi, gripp, skarlatina, qizamiq kasalliklarida kuzatiladi.

BELGILARI

- Qin shilliq qavati qizarishi va shishi; - Ajralmalar kopayishi; - Qorin pastida ogriq; - Tashqi jinsiy azolarda achishish va qichishishi; - Noxush hid.

DIAGNOSTIKA:

- Qin va vulva korigi; - Bakteriologik va bakterioskopik tekshiruv; - Jinsiy yo’l bilan yuquvchi infeksiyalarning PSR diagnostikasi.

DAVOLASH:

- Kasallik qozgatuvchiga tasir etuvchi preparatlar (tabletka, maz, shamchalar); - Mahalliy antispetiklar; - Immunitetni kuchaytirish va qin normal mikroflorasini tekshirish. Bolalarda vaginitni davolashda yosh bolalar ginekologiga murojaat etish lozim.

ASORATLARI

- Bachadon bo’yni eroziyasi; - Bachadon ichki qavati yalliglanishi (endometrit); - Bolalarda katta va kichik jinsiy lablar bitishi; - Keksalarda qin devorlari gipoksiyasi natijasida yaralar hosil bolishi; - Bepushtlik rivojlanish havfi.

HAVF GURUHI

- Siydik tanosil sistema kasalliklari; - Bachadon ichi kontratseptivlari; - Tartibsiz jinsiy hayot.

PROFILAKTIKA

- Shaxsiy gigiyena; - Antibakterial sovun, xushbuylantirilgan tampon, intim gigiyena vositalaridan foydalanmaslik; - Tabiiy matolardan tikilgan ichki kiyimlardan foydalanish; - Shirinliklarni cheklash.

https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w
3.7K views09:13
Ochish/sharhlash
2022-08-03 10:21:02
#Zigota

Yangi hayotning boshlanishi

https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w
3.8K views07:21
Ochish/sharhlash
2022-08-03 08:32:02 Gormonal o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi signallar

Gormonlar hayotimizning muhim qismidir. Ammo biz ular bilan muammo kelib chiqmagunicha buni o‘ylamaymiz ham. Hayotingizda ma’lum davrlar kelishidan oldin gormonlar o‘zlari haqida eslatadilar. Avvalo, aynan qaysi muammolar gormonal muvozanatning buzilishini keltirib chiqarishini aniqlab oling. Quyida berilgan muammolar sizga oddiy tuyilishi mumkin. Ammo aynan ular gormonal o‘zgarishlardan ogohlantiruvchi signallar bo‘lishi mumkin.

Surunkali charchoq

To‘g‘ri charchoqni hamma sezadi. Agar u bir uxlab turgandan keyin ham o‘tib ketmasa bu gormonlarning “o‘yini” bo‘lishi mumkin. Organizmda me’yordan ortiq miqdorda progesteron gormoni ishlab chiqilganda, odam mana shunday uyqusiragan holatda yuradi. Charchoqning yana bir sababini qalqonsimon bezning disfunksiyasidan izlash lozim. Bunda qon tahlili hammasiga aniqlik kiritadi.

Uyqusizlik

Progesteron miqdori pasayib ketishi ham mumkin. Agar shunday bo‘lsa uxlash qiyinlashadi va uyqu to‘liq bo‘lmaydi.

Xotira bilan muammolar

Estrogen va progesteron miqdoridagi o‘zgarishlar xotira va aniq fikr yuritish qobilyatini susaytiradi. Ammo bu qalqonsimon bez faoliyati buzilganda ham kuzatiladigan holat. Shuning uchun shifokorga murojaat qiling.

Yuzdagi doimiy husnbuzarlar

Agar husnbuzarlar hayz kunlaridan avval paydo bo‘lsa, bu normal holatdir. Biroq ular hech tark etmasa-chi? Ehtimol androgen miqdori ko‘paygan bo‘lishi mumkin.

Ko‘krak atrofidagi o‘zgarishlar

Agar ko‘krakka tekkanda u har doimgidan ko‘ra yumshoqroq bo‘lsa, estrogen miqdori tushgan, agar aksincha bo‘lsa estrogen ko‘tarilgan bo‘lishi mumkin. Har qanday vaziyatda ham shifokor bilan maslahatlashing.

Hayz sikli buzilsa

Agar hayz kunlari o‘zgarsa, yoki umuman hayz ko‘rmay qo‘ysangiz estrogen va progesteron miqdorini tekshirtiring. Bu hattoki tuxumdonlarda kista borligidan darak ham bo‘lishi mumkin.

Ishtahaning ko‘tarilishi

Estrogen gormoni tushib ketganida leptin nomli gormonga ta’sir ko‘rsatadi. Leptin esa ochlik hissini boshqaradi.

https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w
3.6K views05:32
Ochish/sharhlash