Get Mystery Box with random crypto!

Vaginit (kolpit) – kasallik chaqiruvchi mikroblar tasiri tufa | GINEKOLOGIYA (AYOLLAR SALOMATLIGI)

Vaginit

(kolpit) – kasallik chaqiruvchi mikroblar tasiri tufayli qin shilliq qavatining yalliglanishi, ginekologiyada eng keng tarqalgan kasallik hisoblanadi. Tug’ruq yoshidagi ayollarning uchdan bir qismida uchraydi.

SABABLARI:

- Jinsiy yo’l bilan yuquvchi infeksiyalar; - Tuxumdon faoliyatining pasayishi; - Infeksion kasalliklar; - Bachadon va ortiqlarning yallig’lanish kasalliklari; - Ichak disbakteriozi; - Moddalar almahinuvi buzilishi; - Ximik va termik tasirlar; - Bolalarda (5-12 yoshda) qon bilan qinga mikrob tushishi, gripp, skarlatina, qizamiq kasalliklarida kuzatiladi.

BELGILARI

- Qin shilliq qavati qizarishi va shishi; - Ajralmalar kopayishi; - Qorin pastida ogriq; - Tashqi jinsiy azolarda achishish va qichishishi; - Noxush hid.

DIAGNOSTIKA:

- Qin va vulva korigi; - Bakteriologik va bakterioskopik tekshiruv; - Jinsiy yo’l bilan yuquvchi infeksiyalarning PSR diagnostikasi.

DAVOLASH:

- Kasallik qozgatuvchiga tasir etuvchi preparatlar (tabletka, maz, shamchalar); - Mahalliy antispetiklar; - Immunitetni kuchaytirish va qin normal mikroflorasini tekshirish. Bolalarda vaginitni davolashda yosh bolalar ginekologiga murojaat etish lozim.

ASORATLARI

- Bachadon bo’yni eroziyasi; - Bachadon ichki qavati yalliglanishi (endometrit); - Bolalarda katta va kichik jinsiy lablar bitishi; - Keksalarda qin devorlari gipoksiyasi natijasida yaralar hosil bolishi; - Bepushtlik rivojlanish havfi.

HAVF GURUHI

- Siydik tanosil sistema kasalliklari; - Bachadon ichi kontratseptivlari; - Tartibsiz jinsiy hayot.

PROFILAKTIKA

- Shaxsiy gigiyena; - Antibakterial sovun, xushbuylantirilgan tampon, intim gigiyena vositalaridan foydalanmaslik; - Tabiiy matolardan tikilgan ichki kiyimlardan foydalanish; - Shirinliklarni cheklash.

https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w