Get Mystery Box with random crypto!

#ayol #homiladorlik HOMILADORLIKNING ANIQ BELGILARI Ta | GINEKOLOGIYA (AYOLLAR SALOMATLIGI)

#ayol #homiladorlik

HOMILADORLIKNING ANIQ BELGILARI

Taxminiy va ehtimolli belgilar homiladorlikning birinchi uch oyligida yuzaga chiqar edi. Aniq belgilarning asosiy qismi homiladorlikning ikkinchi uch oyligida aniqlanadi.

Homilaning yurak urishi eshitiladi (vrach-akusherning stetoskopi yordamida);
Homilaning harakatlari seziladi (birinchi marta tug'uvchilarda- 18-20 haftada, qayta tug'uvchilarda - 16-18 haftada);
Homilaning yirik va mayda bo'laklari yoki shu bo'laklarning harakati paypaslanadi (2- uch oylikning boshlarida);
Rentgenogramma va UTT da homilaning skeleti ko'rinadi;

Aniq belgilar barchasi homilaning bachadonda joylashganiga asoslanadi.

Ammo eng ishonchli va aniq maʼlumotni UTT (UZI) beradi. Yana bir qulay tarafi shuki, bu usul bilan homiladorlikni ancha vaqtli aniqlash mumkin.

Qorin orqali odatiy UTT da homilani 4-5 haftalikda, qin orqali UTT da esa 3,5-4 haftaligida aniqlash mumkin.

Rasmda:
Chapda - qin orqali UZI.
Oʻngda - qorin orqali UZI;

Doctor Ergashev

Kanalga ulanish:
https://t.me/joinchat/AAAAAFOElP2FGe8H-9_Y5w