Get Mystery Box with random crypto!

#homiladorlik Homiladorlik va dori vositalari Bilamizki, h | GINEKOLOGIYA (AYOLLAR SALOMATLIGI)

#homiladorlik

Homiladorlik va dori vositalari

Bilamizki, homiladorlik davri 3 ta 3 oylik, ya'ni trimestrga bo'linadi. Bularning ichida birinchi 3 oylik eng nozik davr hisoblanadi. Bu davrda nazoratsiz isteʼmol qilingan dorilar homilaning rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatib, oqibatda nuqsonli tug'ilishi yoki rivojlanmay qolib ona qornida nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin.

Birinchi 3 oylikning bunday "bomba" davr ekaniga sabab homila va ona o'rtasida yo'ldosh (platsenta) shakllanmaganidir. U birinchi 3 oylikning oxirida shakllanadi hamda ikkinchi va uchinchi 3 oyliklarda homilaga turli dorilar va viruslarni o'tkazmaydi.

Hurmatli yangi kelinlar! Homiladormisiz yoki yo'qligini aniq bilmasangiz qaynonangiz aytgan dorilarni vrach maslahatisiz ichmang!!! Bu holat o'zingiz va bo'lajak farzandingiz hayotiga xavf soladi...

Ikkinchi va uchinchi 3 oyliklarda ham dorilarni albatta vrach maslahati bilan iching!

@GYNECOLOGY_UZ