Get Mystery Box with random crypto!

4PREP Academy

Telegram kanalining logotibi fourprepacademy — 4PREP Academy 4
Telegram kanalining logotibi fourprepacademy — 4PREP Academy
Kanal manzili: @fourprepacademy
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 11.19K
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum,
Siz 4Prep o'quv markazining rasmiy sahifasidasiz!
Bu yerda:
– Til o'rganishning oson usullari;
– Xalqaro ta'lim va grantlar;
– Ingliz tili va matematikadan individual darslar haqida yoziladi.
✨ Dream big. Start now!
998909555577

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-02-28 16:05:13
Magistraturani Amerikada o'qishni xohlaysizmi?

Agar, javobingiz "Ha" bo'lsa, unda ushbu post aynan siz uchun! Bugun siz bilan Amerikada magistraturani o'qishgacha bo'lgan yo'l haqida gaplashamiz.

Demak, til sertifikatidan tashqari sizga eng keraklisi bu "motivation letter" yozishingizdir. Bu qismga alohida ahamiyat berishingiz kerak, negaki, aynan sizning maqsadingizga qarab, sizni o'qishga qabul qilishadi.

Talab qilinadigan hujjatlar:
– bakalavr diplomi va uning ilovasi (tarjima qilingan shaklda);
– TOEFL/IELTS yoki GRE/GMAT;
– Motivation letter;
– O'qish/ish joyidan tavsiyanomalar;
– Sohangiz bo'yicha olgan sertifikatlar va faxriy yorliqlar;

Agar post sizga qiziq bo'lsa, izohlarda "+" qoldiring va biz hujjat topshirish jarayoni haqida maqolaning ikkinchi qismini qoldiramiz.

Ushbu sayt orqali universitetlar ro'yxati va ularning joylashuvi bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
http://www.univsearch.com/state.php

Telegram | Instagram
393 viewsedited  13:05
Ochish/sharhlash
2023-02-28 12:06:07
CEFR yoki Multilevel: qanday farqlanadi?

CEFR topshirayotganlar haqida ko'p eshitib qolasiz, huddi shunday Multilevel topshirayotganlar haqida ham. Ammo, ushbu ikki imtihon turining bir-biridan farqini bilasizmi?

CEFR – Common European Framework of Reference imtihoni Yevropa Ittifoqida foydalanadigan chet tilini egallaganlik darajasini aniqlovchi tizimdir. Uning asosiy maqsadi esa umumiy Yevropa tillari uchun qabul qilinadigan baholash va o'qitish usulini taqdim etadi.

Multilevel test tizimi esa o'zbekistonlik til biluvchilarning darajasini aniqlashda foydalaniluvchi xalqaro tajriba asosidagi milliy test tizimidir.

CEFR sinov sertifikati bugungi kunda AQSH, Kanada, Avstraliya, Yevropa va Osiyoning ko'plab oliy o'wuv yurtlariga o'qish uchun topshirishda foydalanilsa, Multilevel sertifikatidan faqatgina O'zbekiston universitetlariga kirish uchun foydalanish mumkin.

Telegram | Instagram
327 viewsedited  09:06
Ochish/sharhlash
2023-02-28 08:13:20
Motivation letter nima va qanday yozish kerak?

Amerikaning deyarli barcha universitetida qabul jarayonida deyarli bir xil talab qilishadi: "statement of purpose" yoki "cover letter" nomlari bilan ataluvchi motivatsion xatdir.

Bu nega talab qilinadi? Ya'ni agar siz va ayni sizdek ko'rsatkichga ega nomzod o'qishni istasa, xatingiz orqali maqsadlaringizning qanchalik aniqligiga qarab o'qishga qabul qilishadi.

Xo'sh, uni qanday yozish kerak?

– Maqsadingizni to'g'ri ifodalashga urining!
– Yozayotganlaringizning shakli emas, mazmuni muhimligini inobatga olgan xolda qisqa va lo'nda yozishga harakat qiling!
– Mavzuni shaxsiylashtiring ya'ni uni o'zingizga qanchalik bog'liq ekanligini aks ettiring!
– Mavzuga kirish, asosiy pointlar va xulosalarni to'g'ri bering!
– CV dagi ma'lumotlarni qayta yozmang!
– Liderlik salohiyatlaringizni ko'rsating!
– Yozganingizni qayta o'qing va xatosiz ekanligiga ishonch xosil qiling!
Xulosangizning chiroyli tugating!

Telegram | Instagram
1.7K views05:13
Ochish/sharhlash
2023-02-27 16:59:23 Ishxonangizdan 50%lik ustama olishni istaysizmi?

Agarda siz O'zbekistonda ta'lim sohasida ishlasangiz va 50% qo'shimcha oylik olishni xohlasangiz, unda sizga Linguaskill sertifikati kerak bo'ladi.

Linguaskill imtihoni Cambridge Assessment English tomonidan tashkil qilinadigan onlayn imtihon turi bo’lib, asosan ta’lim institutlari tomonidan talabalarni baholash, ish beruvchilar uchun hodimlarining til bilish darajasini aniqlash maqsadlarida tashkil qilinadi.

Imtihon jami 4ta ko’nikma 3ta modulda o’tkaziladi:

– Reading and Listening;
– Speaking;
– Writing. Boshqa imtihonlardan farqli ravishda imtihon to’liq kompyuterda topshiriladi.

Test natijalari 48 soat ichida ma’lum bo’ladi. Natijalarni baholash CEFR bo’yicha bo’ladi va quyidagi ballar uchun quyidagi darajalar beriladi:
100-119 = A1 (Beginner) daraja
120-139 = A2 (Elementary) daraja.
140 -159 = B1 (Pre-Intermediate – Intermediate) daraja.
160 -179 = B2 (Upper-Intermediate) daraja.
180 + = C1 (Advanced) darajaga to’g’ri keladi.


O’zbekistonda Linguaskills imtihonini Samarqand shahridagi Innovative Centre hamda Toshkent shahridagi Smart Assessment tashkilotlari o'tkazishadi, imtihon topshirish narxi barcha ko’nikmalar uchun 980 ming so’m.

Sertifikatning amal qilish muddati 2 yil. Imtihondan C1 darajasi olinganda ingliz tili o’qituvchilarining oyligiga 50 % ustama haqi to’lanishi belgilangan.

Telegram | Instagram
368 viewsedited  13:59
Ochish/sharhlash
2023-02-27 13:17:01 SAT ni topshirish nima uchun kerak?

Keling, SAT’ni ko‘pchilik biladigan IELTS bilan taqqoslaymiz. IELTS — ingliz tilini qanchalik bilishingizni o‘lchab beradigan test hisoblanadi. SAT esa o‘quvchini kollej yoki universitet dasturiga qanchalik tayyorligini bildiruvchi test hisoblanadi. Unda matematika yoki ingliz tilidagi savollar har xil sohalarni o‘z ichiga olgan holda keng qamrovli bo‘ladi. Shu jihatdan IELTS’dan anchagina qiyin.

SAT’dagi matematika va ingliz tili biz maktab yoki kollejda o‘rganadigan matematika, ingliz tilidan ancha farqli va qiyin bo‘ladi. Sababi — bu xalqaro imtihon emas. Ma’lum bir davlatning kollej yoki universiteti uchun imtihon sanaladi.

Xo'sh, siz SAT sertifikatini oldingiz, endi bu sertifikatni qaysi davlatlar qabul qiladi? Dunyoning eng top univeristetlarining ko'pi aynan Amerikada joylashganini xisobga olsak, hozirgi kunda bu yerga SAT siz kelish xato fikr.

Shuningdek, SAT'ni :
– Kanada;
– Hindiston;
– Singapur;
– Malayziya;
– Avstraliya va boshqa yana ko'plab 170 davlatlarning eng nufuzli universitetlari qabul qiladi. Amerikada, umuman, xalqaro doirada SAT uchun o‘rtacha ball 1150—1200.

Bizning 4PREP Academy'da siz SAT imtihonlariga tayyorlanishingiz mumkin.

+998909555577
Muqumiy ko'chasi 142/1, Novza metrosi

Telegram | Instagram
1.7K viewsedited  10:17
Ochish/sharhlash
2023-02-27 06:37:12
GRE – Amerikada magistratura/PHD

Agar siz magistratura yoki PHD'da o'qimoqchi bo'lsangiz, unda sizga GRE sertifikati kerak bo'ladi. Amerikaning ko'plab universitetlari aynan shu sertifikatni talab qiladi.

GRE (Graduate Record Examinations) – imtihoni umumiy:

– 1 ta AWA (Analytical writing assessment);
– 2 ta Verbal reasoning;
– 2 ta Quantitative reasoning boʻlimlaridan iborat boʻladi.

Qoʻshimcha Verbal yoki Quantʼga oid test boʻlimi taqdim etiladi. Maksimal GRE balli 340 ballni tashkil qilib, bu Quant va Verbal qismlaridagi ballar yigʻindisidan iborat.

Analytical writing assessment — tahliliy yozishni baholash bo'lib, unda muammoni tahlil qilish va argumentni tahlil qilish soʻraladi.

Verbal reasoning – bu boʻlimda Text completion , Sentence equivalence hamda Reading comprehension (oʻqib tushunish)ga oid savollar boʻladi.

Ushbu sertifikat turi sizga qiziq bo'lsa, izohlarda "+" qoldiring va biz ushbu maqolaning ikkinchi qismini e'tiboringizga havola qilamiz.

Telegram | Instagram
1.7K viewsedited  03:37
Ochish/sharhlash
2023-02-26 10:34:40
Til o'rganishning ayni vaqti!

"Til o'rganishni bahordan boshlayman" deydiganlar uchun 4PREP Academy'da Siz bahorgi kurslarni:

– Beginner;
– Elementary;
– Pre-intermediate;
– Intermediate
darajalaridan boshlab o'qishingiz va IELTS hamda SAT imtihonlariga tayyorlanishingiz mumkin.

Qabul tugamasidan kurslarga yozilishga ulgurib qoling!

+998909555577
Muqumiy ko'chasi 142/1, Novza metrosi

Telegram | Instagram
426 viewsedited  07:34
Ochish/sharhlash
2023-02-25 17:33:23 SAT bilan to'liq qoplanuvchi scholarship yutib olish mumkinmi?

Demak, bu avvalo universitet yoki kollejning qay darajadagi reytingi, shuningdek, grantning to'lab berilish miqdoriga qarab belgilanadi.

Shuni bilishingiz kerakki, agarda siz Top universitetlarda scholarship yutib olishni istasangiz SAT ballingiz 1200 dan 1600 gacha bo'lishi kerak.

Agar siz Garvardda 25% dan 75% gacha qoplanuvchi scholarship yutib olishni istasangiz, unda sizning ballingiz o'rtacha 1450 dan 1570 gacha bo'lgani ma'qul. Yoki siz Stendfor universitetida o'qishni xohlasangiz, 1460 balldan 1570 ballgacha olgan bo'lishingiz kerak.

– Ha, yana dunyoga mashhur Kaliforniyaning Texnologiyalar univeristetida o'qishni xohlasangiz hisobingizda 1530 dan 1580 ball bo'lishi kifoya.

Grantlar haqida yana ham ko'proq bilishni istasangiz: havola !

Do'stlar bilan ulashishni unutmang!

Telegram | Instagram
445 views14:33
Ochish/sharhlash
2023-02-25 11:42:44 SAT practice!

Sizga SAT bo'yicha eng zo'r manbalarni ulashishda davom etamiz. Ushbu sayt orqali siz:

– eng so'ngi imtihonlarda tushgan savollar;
– savollar, javoblar hamda savollar qog'ozini alohida-alohida yuklab olishingiz;
– turli xil savol turlarini ishlab ko'rishingiz mumkin.

Havola: https://mcelroytutoring.com/blog-post.php?id=5138

Aytgancha, kechki soatlarda Amerika universitetlarining SAT bilan topshirgan xalqaro talabalarga ajratuvchi grantlar bilan tanishamiz!

P/s: SAT'chi do'stlaringizga jo'natib qo'yishni unutmang

Telegram| Instagram
471 viewsedited  08:42
Ochish/sharhlash
2023-02-25 08:38:10
GPA qanday hisoblanadi?

GPA ya'ni o'rtacha baho ko'rsatkichi bo'lib, u asosan bakalavr yoki magistraturani xorijda o'qimoqchi bo'lgan talabalar uchun kerak bo'ladi. GPA test emas, bu sizning o'qish davomida olgan baholaringizning o'rtacha miqdoridir.
GPA – xorijiy universitetlarga hujjat topshirayotganingizda sizning ushbu universitetda o'qishga salohiyatingiz qanchalik yetishini baholashlari uchun talab qilinadi.
Endi baholaringizni qanday qilib amerikacha hisoblashni ko'rib chiqamiz:
5 baho=A= 4,0,
4 baho =B= 3,0,
3 baho =C=2,0,
2 baho =D= 1,0.
Agar baholaringiz ball'da bo'lsa:
86-100 ball = a'lo = 4,0
71-85 ball = yaxshi = 3,0
56-70 ball = qoniqarli = 2,0
0-55 ball=qoniqarsiz=1,0

GPA'da eng asosiysi dars soatlarini to'g'ri hisoblashdir. Agar sizga ushbu jarayon qiyindek tuyilsa, unda ushbu rasmiy sahifa orqali oson hisoblab olishingiz mumkin:

https://oakland.edu/gpa-calculator/

Izohlarda o'z GPA ballingizni qoldiring! Postni do'stlarga ulashishni unutmang!

Telegram | Instagram
484 views05:38
Ochish/sharhlash