Get Mystery Box with random crypto!

SAT ni topshirish nima uchun kerak? Keling, SAT’ni ko‘pchil | 4PREP Academy

SAT ni topshirish nima uchun kerak?

Keling, SAT’ni ko‘pchilik biladigan IELTS bilan taqqoslaymiz. IELTS — ingliz tilini qanchalik bilishingizni o‘lchab beradigan test hisoblanadi. SAT esa o‘quvchini kollej yoki universitet dasturiga qanchalik tayyorligini bildiruvchi test hisoblanadi. Unda matematika yoki ingliz tilidagi savollar har xil sohalarni o‘z ichiga olgan holda keng qamrovli bo‘ladi. Shu jihatdan IELTS’dan anchagina qiyin.

SAT’dagi matematika va ingliz tili biz maktab yoki kollejda o‘rganadigan matematika, ingliz tilidan ancha farqli va qiyin bo‘ladi. Sababi — bu xalqaro imtihon emas. Ma’lum bir davlatning kollej yoki universiteti uchun imtihon sanaladi.

Xo'sh, siz SAT sertifikatini oldingiz, endi bu sertifikatni qaysi davlatlar qabul qiladi? Dunyoning eng top univeristetlarining ko'pi aynan Amerikada joylashganini xisobga olsak, hozirgi kunda bu yerga SAT siz kelish xato fikr.

Shuningdek, SAT'ni :
– Kanada;
– Hindiston;
– Singapur;
– Malayziya;
– Avstraliya va boshqa yana ko'plab 170 davlatlarning eng nufuzli universitetlari qabul qiladi. Amerikada, umuman, xalqaro doirada SAT uchun o‘rtacha ball 1150—1200.

Bizning 4PREP Academy'da siz SAT imtihonlariga tayyorlanishingiz mumkin.

+998909555577
Muqumiy ko'chasi 142/1, Novza metrosi

Telegram | Instagram