Get Mystery Box with random crypto!

GRE – Amerikada magistratura/PHD Agar siz magistratura yoki | 4PREP Academy

GRE – Amerikada magistratura/PHD

Agar siz magistratura yoki PHD'da o'qimoqchi bo'lsangiz, unda sizga GRE sertifikati kerak bo'ladi. Amerikaning ko'plab universitetlari aynan shu sertifikatni talab qiladi.

GRE (Graduate Record Examinations) – imtihoni umumiy:

– 1 ta AWA (Analytical writing assessment);
– 2 ta Verbal reasoning;
– 2 ta Quantitative reasoning boʻlimlaridan iborat boʻladi.

Qoʻshimcha Verbal yoki Quantʼga oid test boʻlimi taqdim etiladi. Maksimal GRE balli 340 ballni tashkil qilib, bu Quant va Verbal qismlaridagi ballar yigʻindisidan iborat.

Analytical writing assessment — tahliliy yozishni baholash bo'lib, unda muammoni tahlil qilish va argumentni tahlil qilish soʻraladi.

Verbal reasoning – bu boʻlimda Text completion , Sentence equivalence hamda Reading comprehension (oʻqib tushunish)ga oid savollar boʻladi.

Ushbu sertifikat turi sizga qiziq bo'lsa, izohlarda "+" qoldiring va biz ushbu maqolaning ikkinchi qismini e'tiboringizga havola qilamiz.

Telegram | Instagram