Get Mystery Box with random crypto!

F/💚

Telegram kanalining logotibi feratmosfera — F/💚 F
Telegram kanalining logotibi feratmosfera — F/💚
Kanal manzili: @feratmosfera
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4
Kanalning ta’rifi

All By #Fera_Komilovna 🦋

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-11 09:20:30 "BANDAMAN"

Bu jahon ayvonida bir lahza mehmon bandaman,
Gullarin sar-sar oʻrib ketgan guliston bandaman.

Bu hayot soʻqmoqlarida yoʻl yoʻqotdim bedarak,
Benavo bechoralik dashtida sarson bandaman.

Ham yurak nomli qabrga sirlarin koʻmgan tirik,
Zohiri boʻston, vale botin goʻriston bandaman.

Siyna sandigʻida choʻgʻ dardlarni sirli saqlagan,
Imtihonlar tiygʻidan dil pora, hayron bandaman.

Ruhim istarsiz agar, zulm ichra zulmatdan soʻrang,
Ashk — yogʻ, kiprik — pilik, shamʼi shabiston bandaman.

Lek hakim Robbimga shukr aylab qoʻyurman yerga bosh,
Roziman, har ne qadar qilsa, musulmon bandaman



Husaynxon Yahyo Abdulmajid soʻzi

Ijrochi va bastakor: Soliha
47 views06:20
Ochish/sharhlash
2022-08-10 19:26:43 ​​O‘zing va senga aloqador bo‘lgan narsalar: tuyg‘ularing, orzularing, maqsad, rejalaring yaqinlaringga aloqador hislaring haqida hech kimga aytma.

Yaqinlaringga ham aytma. O‘zlari haqida ham aytma, o‘zing haqingda ham va qolgan narsalar haqida ham. Sen tinglovchi bo‘l.
So‘zlovchi bo‘lging kelsa, general(umumiy) narsalar, kun tartibini qanday yuritish, o‘qish, ish haqida so‘zla. Umumiy so‘zla.O‘z hayotingdan tamsillar keltirma.
Maydagaplik qilib, o‘z sharafingdan ayrilma. Salobat-la sukut saqla sen. Ayqniqsa, o‘zing haqingda gapirishingga imkon tug‘ilishi bilan, og‘zingni yopib ol. Tamom!

#eslatma

@feratmosfera
36 views16:26
Ochish/sharhlash
2022-08-09 20:21:09 ​​Faqat o‘z ehtiyojlaringni qondirish uchun oila qurma.

Farzand tarbiyalay olasanmi, yo‘qmi, yaxshilab o‘ylab ko‘r. Avval o‘z ustingda ishla, o‘zingni isloh qil, yaxshi farzand tarbiyalashga ko‘zing yetgandan so‘nggina oila qur.

Farzandlaring seni bir paytlardagi psixologik travmalaringga javob qaytarib, chidab yashashga mahkum emas.
O‘zingni ruhan sog‘lom deb hisoblay olmaganing va atrofdagilar bilan muomalada bot-bot kamchiliklarga yo‘l qo‘yadigan shaxs bo‘lganing holda, oila qurma. Oila seni davolamaydi, unga yechim deb qarama.

Yechim — islohda. O‘qi, o‘rgan, qiynal, o‘zingni taftish qil. Ayolingni/eringni haqlarini ado qilolishingga aqling bovar qilsin.
Ana undan so‘ng, oila qur. Ana undan so‘ng, sening oilang tinch, go‘zal, baxtli bo‘ladi.
Manqurt emas, farzand yetishtirasan shunda. Shuning o‘zi, jamiyatga bergan eng ulkan foydang bo‘ladi.

@feratmosfera
36 viewsedited  17:21
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:28:49 Kishi baxt deganda o‘yin-kulgi va sayr-u sayohatni tushunishdan to‘xtagan kuni, baxtga erishadi.
33 views14:28
Ochish/sharhlash
2022-08-08 17:35:29 Yangi menga xush keldim men!)

...

Inshaalloh, negativlik, nifoq va fitnalardan uzoqlashib, qo‘limdan kelgan barcha yaxshiliklarni amalga oshirib yashayman umrimning qolgan qismida...
Oldingi o‘zimni o‘ldirmadim. Oldingi men yangi qurilgan, ammo ta'mirtalab uy edim. Ta'mir ishlari bitdi, deya olaman.

Yangi menga xush keldim men!

Bugun men uchun qutlug‘ kun, hammasiga shukur, axiyri bu so‘z chin dildan yangradi. Avvallari, yuzaki aytardim..
Alhamdulillah a'la kulli haal!
38 viewsedited  14:35
Ochish/sharhlash
2022-08-08 12:54:00
Bu dunyodagi eng zo‘r va eng chiroyli narsalarni ko‘rib, eshitib, yoki tegish orqali his qilib bo‘lmaydi.
Ular faqat qalb orqali his qilinadi.
Helen Keller

#tarjima
38 views09:54
Ochish/sharhlash
2022-08-07 21:37:57 Men musofirman.
Ha, o‘z qalbiga sig‘magan musofirman. O‘z ichki olamiga begona bir g‘aribman..
42 views18:37
Ochish/sharhlash
2022-08-05 16:34:21
Telefonga o‘rtacha hisobda 5-6soat vaqt ajratyapman ekan. Ko‘pi bilan 8 soat..

Shu umrimga achindim(

Internetga foydali maqola o‘qish, video ko‘rish, podcast eshitish va ba'zi xulosalarni yozish uchungina kirishimga qaramay, shu vaqtlarimga achindim. Chunki, o‘zimni internetdan juda ko‘p foyda olyapman, deb aytolmayman. Ba'zida bo‘lmag‘ur, bekorchi narsalarga ham vaqtim ketadi.

Endi kanalgami, boshqa yergami, umuman, yozmoqchi bo‘lsam ham, o‘zim o‘ta foydali deb hisoblaganim masalalarnigina yozaman va o‘ta foydali deb hisoblaganim mavzudagi maqolalarni qidirib o‘qib, videolarni maxsus vaqt ajratib tomosha qilib olaveraman. Lenta aylantiri-ib o‘tirish yo‘q endi. Aqldan foydalanish vaqti keldi.
(Agarda siz ham telefonga juda ko‘p vaqt ajratsangiz, bugundan o‘sha vaqtning loaqal teng yarmini kitob o‘qish, yoki boshqa foydali ishga sarf qilishni boshlayvering, yaqin kelajakda afsus chekmang deyman)
50 views13:34
Ochish/sharhlash