Get Mystery Box with random crypto!

F/💚

Telegram kanalining logotibi feratmosfera — F/💚 F
Telegram kanalining logotibi feratmosfera — F/💚
Kanal manzili: @feratmosfera
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4
Kanalning ta’rifi

All By #Fera_Komilovna 🦋

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-19 21:13:40 SUHBATDOSH

Qaniydi uchrasa shunday bir odam:
Sen yoqa boʻlganda u ham yeng boʻlsa.
Yoshi, martabasi teng boʻlmasa ham,
Albatta sen bilan koʻngli teng boʻlsa.

Qaniydi uchrasa shundayin bir zot,
Gaplashsak jaydari yoronlarga xos.
Deylik: yulduzlarda bormikan hayot,
Qaysi darmondori qaysimizga mos.

Qaniydi uchrasa shunday suhbatdosh,
Bir-birin asabin arralashmasa.
Biri koʻz boʻlganda, biri boʻlsa qosh,
Suhbatga gʻiybat hech aralashmasa.

Abdulla Oripov
11 views18:13
Ochish/sharhlash
2022-08-18 20:08:20 — Sevib qoldim — Kimni? — O‘zimni))
17 views17:08
Ochish/sharhlash
2022-08-18 20:05:42 — Sevib qoldim
— Kimni?
— O‘zimni))
17 views17:05
Ochish/sharhlash
2022-08-18 07:25:36
Ba'zilar yerda taniqli, ammo osmonlarda noma'lum.
Ba'zilar esa osmonlarda taniqli yerda esa ularni hech kim tanimaydi.

#tarjima
17 views04:25
Ochish/sharhlash
2022-08-17 08:42:17 Eng ulkan vafosizlik bu sizga ishongan biriga yolg‘on so‘zlashingizdir.
21 views05:42
Ochish/sharhlash
2022-08-17 08:41:47 ​​Hamma tuyg‘ularni qadrlayman. Men tuyg‘u-hislar bilan yashaydigan odamman, chunki.

Ammo hech bir tuyg‘uni vafochalik qadrlamayman.

Men uchun eng qadrli tuyg‘u — vafo.

Bu hisni qanchalar qadrlasam, unga hurmatsizlik qilgan, ya'ni vafosizlik qilgan odamni shunchalik yomon ko‘rib qolaman. Ko‘p martta birovlar bilan do‘stlashganman, oxirida, ularni yomon ko‘rib qolishimga majbur qilishgan..

Shuning uchunmi, ko‘p odamlarga, ikkilanish bilan, gumonsirabroq qaraydigan bo‘lib qolganman. Xuddi vafosizlik qiladigandek tuyulaveradi.

O‘zim, aytganimdek, hissiyotlarni anchagina qadrlovchi odamman. Birovning tabassumi, xursandchiligi uchun o‘z qalbim chil-parchin bo‘layotgan bo‘lsa ham, qo‘limdan kelganini qilaman.
Ammo ular, buni bilishmasa, ne qilmoq kerak..
Oq kema asarida Mo‘min cholga nisbatan: "Oltin hamma joyda sochilib yotsa, qadri qolmaganidek, uning ham jonkuyarligini hech kim qadrlamasdi" qabilida ta'rif keltirilgan.
O‘zimni ba'zida xuddi o‘shandoq his qilib ketaman.
"Bo‘ldi, tamom, endi oldingi men yo‘q, hazilkashroq, samimiy, endi jiddiy odamga aylanaman, tupurdim hissiyotlarga ham" deyman-u, bilmadim.. Bunaqa fitrat menga qayerdan singgan.. Umuman yo‘qotib bo‘lmaydi. Yana ochiq chehra, hazil-huzul, fikr almashish.. Tund qiyofa, kamgaplik.. Uff, bu qiyin.

Jiddiy bo‘lib olisham shunaqa qiyin bo‘ladimi-ya(

Birovning menga ochiq chehra bilan qilgan muomalasiga xuddi shunday javob bermasam, o‘zimni xiyonatkordek his qilaman. Kayfiyati yo‘q odamni kuldirolmasam, o‘zimni xiyonatkordek his qilaman.
Begonalar orasida-ku ancha jiddiyman, telbalikdan yiroq bu xislatim.. Ammo aynan shu xislatim tufayli kekkayib muomala qilguvchi do‘stlar, yaqinlar orasida ham shunday, jiddiy bo‘lishni istab ketaman.
Bunday qilganimda esa, o‘zimni o‘z fitratiga xiyonat qilgan jirkanch shaxsdek his qilaman.

O‘zim bilan chiqisholmay qoldim..

Vafo, muhabbat, do‘stlik, ishonch, samimiylik, mehribonlik.. Hammasi, kitoblarda qolib ketgan, shekilli.
23 views05:41
Ochish/sharhlash
2022-08-14 20:32:57 Oyoqning uchida yuribman arang,
Uygʻotib yubormay deya sogʻinchni...
33 views17:32
Ochish/sharhlash
2022-08-14 14:57:13
So‘zlaringiz sukutingizdan go‘zalroq bo‘lsagina so‘zlang.

Hazrat Ali
33 viewsedited  11:57
Ochish/sharhlash
2022-08-11 22:10:22 Kekkaygangayam kekkaymay qo‘yaver.
Egilgangayam egilma.

Doim to‘g‘ri tur.
42 viewsedited  19:10
Ochish/sharhlash