Get Mystery Box with random crypto!

'BANDAMAN' Bu jahon ayvonida bir lahza mehmon bandaman, Gulla | F/💚

"BANDAMAN"

Bu jahon ayvonida bir lahza mehmon bandaman,
Gullarin sar-sar oʻrib ketgan guliston bandaman.

Bu hayot soʻqmoqlarida yoʻl yoʻqotdim bedarak,
Benavo bechoralik dashtida sarson bandaman.

Ham yurak nomli qabrga sirlarin koʻmgan tirik,
Zohiri boʻston, vale botin goʻriston bandaman.

Siyna sandigʻida choʻgʻ dardlarni sirli saqlagan,
Imtihonlar tiygʻidan dil pora, hayron bandaman.

Ruhim istarsiz agar, zulm ichra zulmatdan soʻrang,
Ashk — yogʻ, kiprik — pilik, shamʼi shabiston bandaman.

Lek hakim Robbimga shukr aylab qoʻyurman yerga bosh,
Roziman, har ne qadar qilsa, musulmon bandaman



Husaynxon Yahyo Abdulmajid soʻzi

Ijrochi va bastakor: Soliha