Get Mystery Box with random crypto!

Telefonga o‘rtacha hisobda 5-6soat vaqt ajratyapman ekan. Ko‘p | F/💚

Telefonga o‘rtacha hisobda 5-6soat vaqt ajratyapman ekan. Ko‘pi bilan 8 soat..

Shu umrimga achindim(

Internetga foydali maqola o‘qish, video ko‘rish, podcast eshitish va ba'zi xulosalarni yozish uchungina kirishimga qaramay, shu vaqtlarimga achindim. Chunki, o‘zimni internetdan juda ko‘p foyda olyapman, deb aytolmayman. Ba'zida bo‘lmag‘ur, bekorchi narsalarga ham vaqtim ketadi.

Endi kanalgami, boshqa yergami, umuman, yozmoqchi bo‘lsam ham, o‘zim o‘ta foydali deb hisoblaganim masalalarnigina yozaman va o‘ta foydali deb hisoblaganim mavzudagi maqolalarni qidirib o‘qib, videolarni maxsus vaqt ajratib tomosha qilib olaveraman. Lenta aylantiri-ib o‘tirish yo‘q endi. Aqldan foydalanish vaqti keldi.
(Agarda siz ham telefonga juda ko‘p vaqt ajratsangiz, bugundan o‘sha vaqtning loaqal teng yarmini kitob o‘qish, yoki boshqa foydali ishga sarf qilishni boshlayvering, yaqin kelajakda afsus chekmang deyman)