Get Mystery Box with random crypto!

Elyorbek To'raboyev | Blog

Telegram kanalining logotibi elyorbek_turaboyev — Elyorbek To'raboyev | Blog E
Telegram kanalining logotibi elyorbek_turaboyev — Elyorbek To'raboyev | Blog
Kanal manzili: @elyorbek_turaboyev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.39K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy fikr va mulohazalar, hayot va ilmdagi tajribalarni yozib boraman InshaAlloh

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-07-01 09:22:36
Ҳурматли, абитуриентлар! Сизлардан илтимос, қаерда ўқиш ниятингиз бўлса, ҳозирдан ўша ерга топширинг. Переводни унутинг.

Мевачилик ва узумчиликка кириб, кейин шифокор бўламан, деган хомхаёлларни миянгиздан чиқариб ташланг. Мевачилик қаердаю тиббиёт қаерда.

Шифокор бўлмоқчимисиз, марҳамат, ҳозир яхши ўқинг ва жиддий тайёрланинг, тиббиёт йўналишларидан бирига топшириб, юқори балл билан талаба бўлинг.

Лекин “кейин перевод қиволаман” деган кўзбўямачиликка борманг, Худо хайрингизни берсин, илтимос.

Яна бир илтимос, қайси ҳудудда ўқиш сизга қулай бўлса, ўша ҳудудга топширинг.

Балл пастроқ бўларкан, деб узоқ ҳудудга ҳужжат топшириб, ўқишга киргач, 1 йилдан кейин “вой-дод, бу ерда қийналиб кетдимку, бизни дардимизни ҳам эшитадиган одам борми, мени яшаш жойимга, ота-онамнинг олдига перевод қилинглар” деб нолиб юрманг. Сизни ҳеч ким бошқа ҳудудга топширсин, деб мажбурлаётгани йўқ, қарорни ўзингиз мустақил қабул қиляпсиз, демак, ўзингиз жавоб беринг энди шунга.

Шароитингиз бўлса, бошқа ҳудудга топширинг, шароитингиз бўлмаса, топширманг. Переводдан умид қилманг. 99% ҳолатда перевод қилолмайсиз.

Келажагингиз учун масъулиятли бўлинг, қарор қабул қилишда жиддийроқ ёндошинг.


@xushnudbek
760 views06:22
Ochish/sharhlash
2022-06-30 11:39:08
Bo'ron Alp:

- Shayxim, Nafs qanday tiyiladi? Qanday tarbiyalanadi? Qancha kofirlarni bo'ynini uzdim, lekin nafsimning bo'ynini uzolmadim.

Shayx Edebali (q.s):

- Har insonning fitrati, mayli boshqa-boshqadir. Misol uchun, kimgadir namoz o'qish og'irlik qilsa, yana kimgadir ro'za tutish og'ir keladi. Kimgadir zakot berish og'ir kelsa, kimdir safarga chiqishga qo'rqadi, hajga borish ko'z o'ngida mashaqqatli bo'lib gavdalanadi.

Avval, o'zimizga bir nazar tashlaymiz. Bizga bulardan qaysi biri ko'proq og'ir kelsa, eng ko'p u bilan mashg'ul bo'lamiz. Farzlardan tashqari nafl ibodatlarni orttiramiz.


"Kuruluş: Osman" dizisinden alındı.
1.5K viewsedited  08:39
Ochish/sharhlash
2022-06-24 17:56:23
Маҳмуд Устаусмонўғли роҳимаҳуллоҳнинг жанозаларидан. Жанозада 3.000.000 дан кўпроқ мусулмон қатнашди. Аллоҳ таоло ҳазратни Ўзининг раҳмати ва мағфиратига олган бўлсин.

Абдуллоҳ Раҳим
———
Bayyina.uz | Обуна бўлиш
Ижтимоий тармоқларда бизни кузатинг!
taplink.cc/bayyinauz
1.7K views14:56
Ochish/sharhlash
2022-06-24 14:43:53 Menga alam qilayotgan bir xusus bor.

Shunday ulug' zot bilan hamasr ekanmiz. Lekin, men u zot haqlarida bir necha yil oldin turk tilidagi manbaalardan xabar topgan bo'lsam, xalqimizning katta qismi bugun vafotlarida xabar topdi.

U zot quddisa sirruhu butun dunyo ulamolari tomonidan 15-hijriy asr mujaddidi deb e'lon qilinganlar, bundan bir necha yil oldin.

Shunday buyuk olim, mujaddid, qutbul aqtob hazratlari haqida bizning biror o'zbek manbaasida ma'lumot yo'q!

Yaqin ikki oy ichida uyer buyerda ma'lumotlar ko'rinib qoldi. Unda ham bu zotga yetarlicha ta'rif berilmagan.

Qancha ulamolar, avliyolar olamdan o'tdi. Lekin biz - yoshlar ular haqida faqatgina o'limlarida xabar topdik. Kim ekan deb internet titdik.

Yurtimizda yashayotgan, yurt tashqarisida yashayotgan buyuk ahli sunnat olimlari haqida ma'lumot beradigan ijtimoiy tarmoqlarda biror sahifa ochilmasa, katta jamoatiga ega bo'lgan voizlarimiz ular haqlarida xalqqa ma'lumot bermasa biz yana necha olimi rabboniylarning duosidan bebaxra o'tib ketamiz!

Yana aytishadi: "Olimlarimizni borida qadriga yetmadik" deb. Ularni hatto bizga tanitmadingizku, qadrlashni endi nega bizdan talab qilasiz!

Xalqimizning katta yoshlilari, sizlardan iltimos - bizga bizdan bo'lgan ulug'larni taniting. Tanitingki, o'zimizni taniylik!
Bizga yaqinda chiqqan jiblajibonlarni, tili uzunlarni emas, xizmat ahli bo'lgan, haqiqiy olimlarni taniting. U xoh o'zbek, xoh qirg'iz, xoh tojik bo'lsin. Bizni ulardan mahrum qoldirmang! Qiyomatda zalolatga botgan yoshlarning qo'li sizlarning yoqangizga yopishadi!
2.2K viewsedited  11:43
Ochish/sharhlash
2022-06-24 13:38:19 To'yga chaqirsak, eplab bir necha yuz kishini yig'a olamiz. Ularning ham yarmi yuzxotir qilib noiloj keladi.

Lekim, biz o'lgach janozamizga faqat bizni sevganlar keladi.


Qaraylikchi, bizni kimgadir foydamiz tegayotganmikin? Odamlarga xizmat qilib, ularning hojatlarini ravon qilib qalblarini, muhabbatlarini qozona olyapmizmikin?

Xalqqa xizmat - Haqqa xizmatdir!
6.1K views10:38
Ochish/sharhlash
2022-06-24 13:24:02
Mahmut afandi quddisa sirruhu ning janozasiga yig'ilgan 10 minglagan ihvonlari!

Bular janozaga borganlari. Janozaga borolmagan biz kabi 40 mingdan ortiq sevganlari internetda jonli efirdan kuzatib turibdi.

"Sen va meni janozamiz hal qiladi" der ekan olimlar fasodchi, fitnachilarga qarab.
6.3K viewsedited  10:24
Ochish/sharhlash
2022-06-23 05:05:53
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun!



Payg'ambar alayhissalomning vafotlaridan keyin jumla ummat qiyomatgacha yetim qolgandik. Bizni yupatib, boshimizni silab, u zot alayhissalomga bo'lgan ayriliqni bir dam bo'lsada kamaytirib turgan rabboniy olimlar, Valiyullohlar birin-ketin vafot etib bizni yolg'iz tashlab ketishyapti!

Bu globallashayotgan, hayosizlashayotgan, dinsizlashayotgan, oqibatsizlashayotgan chirkin dunyoda yashab, jannat hidini taratib, asri saodatni eslatib turganlar bizni tashlab ketishyapti!

Ya Robbi, bizga rahm qil! Ularni o'rnini to'ldir! Bizni yolg'iz qoldirma!

Mahmut afandi hazratlariga g'oyibdan muhabbat qilgandik, diydor nasib qilmadi. Robbim qiyomatda ular bilan bir safda bo'lsihni nasib qilsin!
1.6K viewsedited  02:05
Ochish/sharhlash
2022-06-18 20:02:40

2.5K viewsedited  17:02
Ochish/sharhlash
2022-06-18 20:00:36

2.5K views17:00
Ochish/sharhlash
2022-06-16 15:37:10 Katta Orzular qilib, bugun mehnat qilmayotganlar diqqatiga!

Unaqa hadeb uchavermang. Bu ketishda qattiq yiqilasiz.

Pastga tushib, mehnat qiling.

Suv bilan bo'kib, gurkirab o'sib ketgan terak bir shamolda sinib yiqiladi.

Mehnatsiz natijaga erishmoqchilar ham shunday, o'sasiz, lekin kun kelib bir zarbada qattiq yiqilasiz.

Suvsiz joyda, sekin-asta, yillar davomida o'sgan eman juda qayishqoq, mustahkam bo'ladi.

Mehnat bilan, qiyinchiliklar bilan, uzoq vaqtda natijaga yetgan odamni ham ancha muncha narsa egib buka olmaydi.

P. S. : Nasihat avval o'zimga qaratilgan!

@elyorbek_turaboyev
2.7K viewsedited  12:37
Ochish/sharhlash