Get Mystery Box with random crypto!

Menga alam qilayotgan bir xusus bor. Shunday ulug' zot bilan | Elyorbek To'raboyev | Blog

Menga alam qilayotgan bir xusus bor.

Shunday ulug' zot bilan hamasr ekanmiz. Lekin, men u zot haqlarida bir necha yil oldin turk tilidagi manbaalardan xabar topgan bo'lsam, xalqimizning katta qismi bugun vafotlarida xabar topdi.

U zot quddisa sirruhu butun dunyo ulamolari tomonidan 15-hijriy asr mujaddidi deb e'lon qilinganlar, bundan bir necha yil oldin.

Shunday buyuk olim, mujaddid, qutbul aqtob hazratlari haqida bizning biror o'zbek manbaasida ma'lumot yo'q!

Yaqin ikki oy ichida uyer buyerda ma'lumotlar ko'rinib qoldi. Unda ham bu zotga yetarlicha ta'rif berilmagan.

Qancha ulamolar, avliyolar olamdan o'tdi. Lekin biz - yoshlar ular haqida faqatgina o'limlarida xabar topdik. Kim ekan deb internet titdik.

Yurtimizda yashayotgan, yurt tashqarisida yashayotgan buyuk ahli sunnat olimlari haqida ma'lumot beradigan ijtimoiy tarmoqlarda biror sahifa ochilmasa, katta jamoatiga ega bo'lgan voizlarimiz ular haqlarida xalqqa ma'lumot bermasa biz yana necha olimi rabboniylarning duosidan bebaxra o'tib ketamiz!

Yana aytishadi: "Olimlarimizni borida qadriga yetmadik" deb. Ularni hatto bizga tanitmadingizku, qadrlashni endi nega bizdan talab qilasiz!

Xalqimizning katta yoshlilari, sizlardan iltimos - bizga bizdan bo'lgan ulug'larni taniting. Tanitingki, o'zimizni taniylik!
Bizga yaqinda chiqqan jiblajibonlarni, tili uzunlarni emas, xizmat ahli bo'lgan, haqiqiy olimlarni taniting. U xoh o'zbek, xoh qirg'iz, xoh tojik bo'lsin. Bizni ulardan mahrum qoldirmang! Qiyomatda zalolatga botgan yoshlarning qo'li sizlarning yoqangizga yopishadi!