Get Mystery Box with random crypto!

Elyorbek To'raboyev | Blog

Telegram kanalining logotibi elyorbek_turaboyev — Elyorbek To'raboyev | Blog E
Telegram kanalining logotibi elyorbek_turaboyev — Elyorbek To'raboyev | Blog
Kanal manzili: @elyorbek_turaboyev
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.39K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy fikr va mulohazalar, hayot va ilmdagi tajribalarni yozib boraman InshaAlloh

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-08-09 14:15:46
1.3K views11:15
Ochish/sharhlash
2022-08-09 14:15:41
1.1K views11:15
Ochish/sharhlash
2022-07-01 16:08:23 Bugungi fitnaning hidi kelib turgan vaqtda talabalarimga aytilgan gaplar. Menimcha boshqa talabalarga ham tegishli!
975 views13:08
Ochish/sharhlash
2022-07-01 16:07:43 Sizlar ham bundan keyin qayerda millatchilik, ayirmachilik ko'rdingizmi bilib oling bu bir fitnaning hidi!

Kimdir hadeb davlatga, Prezidentga, hukumatga tosh otyapti, bo'layotgan islohotlarni nazarga olmayaptimi u fitnachi! Yoki fitnachilarning o'yinchog'i!

Bu bir kishi - blogerdir, bu bir kompaniya - OAV saytlaridir.

Va siz - yoshlar ikki quloq bilan eshiting!

Yur ketdik desa mitinglarga, ommaviy bayramlarga qo'yga o'xshab ketavermang!

Sizni hissiyotingizni qo'zitib ko'chaga olib chiqib, qo'lingizga qurol berib o'z birodaringiz, vatandoshingizni qotiliga aylantirishadi!

Ogoh bo'ling. Bunaqa fitnalardan uzoq turing.

Men shogirdlarimga ta'kidlayman doim.

Muammo hamma joyda bor, muzokara qilib o'tirilsa Alloh xohlagan vaqtda hal bo'ladi.

Buni har kimga, har joyda vaysab gapiraverish kerakmas. Shiltalanib! Juda yomon ko'raman shunaqa mijg'ovlarni!

Muammoga e'tibor berilaversa muammoga o'ralashib qolaverasiz.

Qarang oldingizda qancha qiladigan ishingiz bor! Balo bormi bunaqa mayda-chuydalar bilan o'ralashib!
970 views13:07
Ochish/sharhlash
2022-07-01 16:06:24 Qoraqalpoq xalqi - bizning birodarlarimiz.

Men shu kungacha nechta qoraqalpoqlar bilan o'qiganman. Lekin Alloh haqqi biror marta ham bu qoraqalpoq degan narsa hayolimni bir chetiga kelmagan!

Bundan keyin ham shunday bo'ladi!

Agar yaqin tarixda Qoraqalpoq birodarlarimizga hukumat tomonidan bee'tiborlik qilingan bo'lsa buni tuzatishning ming xil yo'li bor. Tuzatiladi, va birdamlik saqlanib qoladi InshaAlloh.

Agar kimdir sizga buning yo'li Mustaqil Qoraqalpog'iston deyishdimi, bilingki bu ovoz tashqaridan kelyapti! Bizni bo'lib tashlab boshqarishni xohlaganlardan kelyapti!

Bugun shuni aytganlar ertaga tinch qoladimi? Aslo!

Andijon, Namangan, Farg'ona alohida davlat bo'lishi kerak deb baqirib chiqishadi. Unga Farg'ona vodiysi yoki Qo'qon islom davlati deb nom qo'yib olishadi.

Keyin Buxoro, Samarqand alohida bo'ladi.

Keyin Qashqadaryo, Surxondaryoga keladi navbat.

Keyin Toshkent, Jizzax, Sirdayo deyishadi.

Qarabsizki, mayda davlatchalar bor. Lekin biri Rossiyani akam deydi. Yana biri Xitoyni tog'am deydi. Boshqasi AQSH ni dadam deydi!

Vaholanki hammasi bir tilli (turkiy), bir millat (turk), bir davlat edi. Qarashsaki, bunaqa davlat buyuklikka qarab boryapti. Boshqara olishmayapti. Mana bunaqa surbetlarcha bizni ajratib olib boshqarishadi.
838 views13:06
Ochish/sharhlash
2022-07-01 16:06:15 Bunday misollar bizning tarixda juda ko'p!

Nikolay II (oqposhsho) bizni bosib olishdan oldin uzoq yil tayyorlangan. Sizga osonmi katta bir Turkistonni bosib olish? Juda uzoq tayyorlangan.

Buxoro amirini Qo'qon xoniga, ikkalasini Xiva xoniga gij-gijlagan. Buyoqdan Eron hujum qilib Xiva xonligini chalg'itib turgan, buyoqdan Xitoy hujum qilib Qo'qon xonligini chalg'itib turgan.

Va o'zi kirib kelib bosgan. Ya'ni, bizning birdamligimizni buzib turib bosgan.

Chingizxon ham bizga bostirib kirganda Jaloliddin Manguberdi Chingiz qo'shinlarini 2 marta yenggandi. Uchinchisida Jaloliddinning otasi 100 minglik qo'shinni jangga birdan olib chiqishiga ruxsat bermadi. Uni 10 mingtadan qilib viloyatlarga bo'lib berdi. O'zlaringizni himoya qiling deb. Chingizxon esa 10 mingtalik qo'shinchalarni navbati bilan bosib yanchib o'tdi.

Bo'linish - tanazzuldir. Bizni bo'lish - tashqaridagilarning ishi.

Ogoh bo'linglar!
976 views13:06
Ochish/sharhlash
2022-07-01 16:06:08 Turkiyada yoshlarga Abdulhamidxonni qotil, qonxo'r, zolim qilib ko'rsatgan juda ko'p gazetalar bo'lgan.

Xalq, ayniqsa yoshlar gazetalarni yoqtirib o'qishgan. Oddiy gazetadan ham ko'ra ko'proq taqiqlanganlariga qiziqishgan. "Hürriyet" kabi gazetalarga. Xuddi siz hozir "BBC", "Ozodlik", "Eltuz" kabi hissiyotli postlar qo'yadigan saytlarga qiziqqaningiz kabi.

O'sha "Hürriyet" kabi gazetalarning egasi, ya'ni jurnalistlarga oylik beruvchisi Rotshildlar oilasi bo'lgan.

Rotshildning orzusi Usmonli hilofotini parchalab, Falastin yerlaridan yahudiylar uchun yer olib Isroil davlatini qurish bo'lgan. Tabiiyki Abdulgamidxon ham Hilofotning parchalanishiga, yangi Isroil davlati tashkil topishiga ko'nmagan.

Rotshild esa turli fitnalar uyushtirgan, "Hürriyet" gazetasida Abdulhamidxon va atrofidagilarni yomonlayvergan. Xalqning e'tiborini 95 foiz bo'layotgan islohot va yaxshi ishlardan 5 foizli muammolarga qaratgan. Yoshlar shunday sug'orilganki butun hayot qorong'u, Abdulhamidxon qotil, atrofidagilar ham qonxo'r deb o'ylab qolishgan.

Keyin nima bo'ldi? O'sha gazetada xabarlar tarqatishdi. Abdulhamidxonni taxtdan yiqitinglar, hokimiyatni yoshlar boshqaringlar, bu sizlarni davlatingiz deb.

Yoshlar aytganimdek baqir-chaqir, ura-uralar bilan davlatni parchalashdi! O'z davlatlarini o'z qo'llari bilan parchalashdi! O'z otasini o'z qo'llari bilan o'ldirishdi!
979 views13:06
Ochish/sharhlash
2022-07-01 16:05:59 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari O'zbekistondan hijrat qilib Makkaga borganlarida bir qozoq olimi so'ragan ekan. Siz nega davlatingizni tanqid qilmaysiz deb. Hazrat bunday ishni mayda odamlar qiladi deb javob bergan edilar.

Ya'ni, u zot shunday aql egasi bo'lganki, buning orqasida qanaqangi siyosiy fitnalar, siyosiy haos, tartibsizliklar kelib chiqishini bilganlar.
937 views13:05
Ochish/sharhlash
2022-07-01 16:05:52 Yoshlarning bunday xususiyatidan 3-4 asrdan beri juda ustalik bilan foydalanib kelishyapti.

Hozir qayoqqa qaramang biz kabi yoshlar siyosiy tizimga, hokimiyatga, hokimiyat vakillariga, ma'muriyatga qarata faqat achchiq gaplar aytib, tosh otishyapti.

Nega bunday? Chunki, yoshlarning ongi hokimiyatga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradigan axborotlar bilan boyitilyapti. Ya'ni, qayerga qaramang hukumat tanqid qilingan, imomlar tanqid qilingan. Yoshlarning bo'sh onglarini shunaqangi fitna bilan to'ldirib olishyapti.

Bilib oling! Siz o'qiyotgan OAV saytlari you tube kanallari, telegram kanallari, blogerlar kimlarningdir o'yinchoqlari! Ularga mana shunaqangi fitnali axborot tarqatgani uchun pul to'lashadi.

Ular chetda turgan pul baronlari, katta siyosiy kuchlarning malaylari. Sizlar esa ongsiz ravishda bu axborotlarni haqiqat sanab o'z hukumatingizga nisbatan g'araz bilan shakllanib qolasiz. Har tomonga qarab minusni ko'raverasiz.

Bundan esa ana shu kuchlar shunday ustalik bilan foydalanishadiki. Buni hozir batafsil aytaman.
824 views13:05
Ochish/sharhlash
2022-07-01 16:05:23 Talabalar asosan yoshlardan iborat. Yoshlar har doim kuch-quvvatga, energiyaga boy bo'ladi. Ularda aqldan ko'ra hissiyot ustun turadi.

Shu sababdan ham ularning hissiyotlariga o'ynab yo'ldan og'dirish va boshqa yo'lga solish juda ham oson.

Ozgina baqir-chaqir, ozgina ura-ura bilan siz va men kabi yoshlar quyushqondan chiqadi.
816 views13:05
Ochish/sharhlash